Milliy turizm mahsulotlari va brendlari
Download 418.19 Kb.
|
Majua
1- jadval
O‘zbekistondagi turizm sohasida kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlashdagi ulushi4
1- rasm. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan 2007–2011- o‘quv yillari davomida turizm sohasi uchun tayyorlangan bakalavrlar. Rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, turizm sohasidagi bakalavrlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Agar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti bitiruvchilarini ham qo‘shib hisoblaganda, katta miqdorni tashkil etadi. Bu o‘quv maskanlarida qator fanlar, jumladan, mutaxassislik fanlari o‘qitilib, ularda kasbiy bilimga taalluqli muammolar o‘z yechimini topmoqda. Shunday fanlar qatorida turizm asoslari fani ham o‘z o‘rniga ega. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo‘nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman, turizm ilmi bilan bog‘liq barcha masalalar haqida bilim berish, turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini atroflicha sharhlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu alohida predmet darajasidagi masala hisoblanadi. Shularni e’tiborga olgan holda turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi bo‘lgan turizm asoslari fani ham aynan shunday vazifani bajaradi. Ushbu kursning asosiy maqsadi – turizmga oid fanlarni o‘qitishda va amaliyotda zarur bo‘lgan tushuncha va atamalar hamda turizmning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berishdan iborat. Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: turizm xizmatlarining tasniflanishi, turoperator va turagentlik faoliyatining xususiyatlari, turizm xizmatlari va mahsulotlari, turizm industriyasi va infratuzilmasi, turizmni rivojlantirishda turistik yo‘nalishlarni shakllantirish texnologiyasi, turistik firmasini ochish va litsenziya olish bosqichlari,turizmga oid rasmiyatchilik va turizmda huquqiy asoslar. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi o‘quvchilarda turistik mahsulotni shakllantirish va turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ishlash jarayonida har bir talaba o‘zining bo‘lajak turistik firmasini ochish bo‘yicha tegishli ko‘nikmalar oladi. Mazkur fan turizm menejmenti, turizm marketingi, turizm faoliyatini tashkil etish, turizm geografiyasi, xalqaro turizm, ish yuritish kabi fanlar bilan uzviy aloqador hisoblanadi. Kursni o‘zlashtirish jarayonida va o‘qitishda turistik ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish; turizm xizmat bozori, Xalqaro Toshkent turizm yarmarkasida ishtirok etish; mehmonxonalar faoliyati, turistik firmalar ishi bilan tanishish, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi multimedia, slaydlardan, buklet, yo‘nalishlar xaritalarini ishlab chiqish, internet aloqa tizimidan turli ma’lumotlar olish muhim ahamiyatga ega. Turizm asoslari kursi turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarining 1- bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr etilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalardan hamda jurnal va gazetalardagi maqolalardan, internet saytlaridan, turistik firmalarning namunaviy yo‘nalishlari, bukletlari va yo‘l ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Turizm sohasining rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozir ham davom etmoqda. O‘zbekistonda 1993–2010- yillarda turizm sohasida xizmatlar hajmi oshishining barqaror sur’atlari kuzatilmoqda. Agar 1993- yilda O‘zbekistonda turizmning barcha turlari bo‘yicha 461 ming kishiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, «O‘zbekturizm» MKning ma’lumotlari bo‘yicha 2011- yilda xizmat ko‘rsatilgan chet ellik va mahalliy turistlarning umumiy soni 1 mln kishidan oshgan bo‘lib, shu jumladan, turizm sohasi korxonalari tomonidan 463,4 ming nafar chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatilgan5. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993- yilda mamlakatimizda bor yo‘g‘i 4 ta xususiy turistik firmasi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda turizm xizmatlarining nodavlat sektorida 738 ta turistik firmasi, shu jumladan, umumiy sig‘imi 12,8 ming o‘rindan iborat 241 ta mehmonxona va 500 ga yaqin turoperator va turagentlar faoliyat olib bormoqdalar6. Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulotini yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda olib borilayotgan turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsakbo‘ladi. Download 418.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling