Milliy universiteti amaliy matematika va intelektual texnolohiyalar fakulteti
ADABIYOTLAR…………………………………………………...21
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurashidov Avazbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Kompyuter grafikasi
7. ADABIYOTLAR…………………………………………………...21
3
Kirish. Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor
) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash (“koʻrinadigan “qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari ) ni,
multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.
Kompyuter grafikasi - kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashxur yo‘nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz xar qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‘pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo‘llanila boshlandi.
Bugungi kunda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bizni o'rab turgan jamiki narsalar — bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo‘ lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo‘lgan aqliy ish mahsulidir. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Atrofdagi haqiqat ob'ektlarini vizual idrok etish jismoniy va psixologik jihatlarga ega bo'lgan murakkab jarayondir. Ko'z ko'rib chiqilayotgan sahnaning o'rtacha yorqinligiga moslashadi, shuning uchun fon o'zgarganda, sahnani idrok etish o'zgaradi. Masalan, qorong'i fonda bir xil rangdagi maydon ochroqdan ko'ra yorqinroq ko'rinadi. Bundan tashqari, u yanada kengroq deb qabul qilinadi (1-rasm). |
ma'muriyatiga murojaat qiling