Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishda erkak va ayollarda teng huquq imkoniyatlarini ta'minlash
Download 160.42 Kb.
|
O\'zbek jamiyatidagi gender tengligi rivojlanish istiqbollari
2.3. Tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishda erkak va ayollarda teng huquq imkoniyatlarini ta'minlash.“Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida “ayollar huquqi” deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib tug‘ilish kerak. Shaharga o‘qishga yo olimpiada-seminarlarga xorijga ketish uchun kechalari uxlamay “ishqilib ruxsat berishsin” deb Ollohdan iltijo qilib chiqish kerak. Kelin bo‘lib ko‘rish kerak. Qo‘lingga bitta uzukni mahr deb tutqizib, ota-onang yemay-ichamay, qizim tinch bo‘lsin deb 5-10 ming dollarga qilgan sepidan ayb topishlariga chidashing kerak. Eringdan bunga qarshi bir og‘iz e’tiroz kutma, o‘sha paytda u kar-ko‘r bo‘lib oladi. Tug‘ruqxonada to‘lg‘oqdan sutkalab azoblansang-da, vrachlar “kesarcha kesaylik” deganiga qaynonang va ering ruxsat bermasa, o‘z tanangga o‘zing ega chiqolmay, ming azobda oxiri ko‘zing yoriganda boshi qattiq lat yegan nogiron farzandni qo‘lingga tutqizishsa, “kasalmand bola tug‘ding” deb ta’nalarga ko‘mishsa, ovoz chiqarmay ko‘zyoshlaringga ko‘milishing kerak. Ering bilan birga nonushta qilganing uchun qaynonang dodingni berganida, kechqurun ishdan qaytgach unga tabassum qilishga ham qo‘rqish nimaligini tuyishing kerak. “Nuqul xo‘mrayib kutib oladi” deb ustingga xotin olganida esa, ko‘nishing kerak. Ko‘nib ham biron marta eringga “ikki xotin aro adolat qil” demasliging lozimki, yo musht tagida qolasan, yo javobingni olasan. Mabodo ishlashga ruxsat berishsa, ish kuning soat 6 da tugasa-da, soat 6 yarimda kechki ovqating pishmasa, tamom. Lekin oyligingni tiyinigacha olib qo‘yishlari mumkin. Ishxonangda esa seni “bu ayol, tug‘adi, bolasi kasal bo‘ladi” deb lavozimlarga loyiq ko‘rmasliklari mumkin. Shunday yashab, chidab, oxiri yaxshi qaynona bo‘lolmasang, faqat o‘zing aybdorsan. Bunga chidamay, ajrashsang ham sen aybdorsan. Umuman, sen har doim aybdorsan. Buni gapirsang, aybdorsan. Jim tursang, aybdorsan. Ketsang, aybdorsan. Qolsang, aybdorsan. Erkaklar, hamma mas’uliyat menda, sen uyda o‘tir, itoatkor bo‘l degan erkaklar bu holatni o‘zgartirmasalar, islohni o‘zlaridan boshlamasalar, Islomdan ham, an’analardan ham faqat o‘zlariga yoqadigan tomonlarini olib, omuxta va qulay bir tutumlarni yaratib olgan bo‘lsalar, bu tutumlar onalari, opa-singillari, qizlariga ham zarar yetkazishini bilib ham, vaziyatni o‘zgartirmasalar, chidaysan! Tushunmaydilarki, har qanday isyonlar zulm ortidan kelib chiqadi. Isyondan keyin hammasi battarroq bo‘lishi mumkin, ammo isyon qiluvchilar ahvolni yaxshilash uchun emas, holatga chiday olmaganlaridan dod demoqdalar... “Gender tenglik” desa sakrab tushayotgan, ayollar huquqlari haqida gapirganlarga turli yorliqlar ilayotganlar, Sizlar oqibat bilan kurashyapsizlar. Sabablarni ham ko‘ring, adolat qiling!” Xotin-qizlar huquqlari haqida gap ketganda, nafaqat bu huquqlarni ta’minlash haqida, balki bu muammo qay darajada dolzarbligini tushuntirib borish ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada quyidagi raqamlarning o‘zi katta ma’noga ega: 2021 yida ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39 343 ta murojaat kelib tushgan va shuncha xotin-qizni himoya qilish maqsadida himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan. Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning juda kam qismi tegishli joyga murojaat qilishi, ularning aksariyati qo‘rquv va boshqa sabablar bilan tazyiqlarga toqat qilishga majbur ekanini inobatga olsak, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqoriligini anglash mumkin. Download 160.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling