Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


Download 160.42 Kb.
bet2/11
Sana15.11.2023
Hajmi160.42 Kb.
#1774730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'zbek jamiyatidagi gender tengligi rivojlanish istiqbollari

Kurs ishimizning predmeti — Gender tengligini va fàoliyatini tahlil etish va uning amalga oshirayotgan islohotlarini tahlil etish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi,
Kurs ishining o'rganilganlik darajasi: O'zbekiston Respublikasidagi Gender tengligining davlat siyosatining asosiy istiqbollarini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyati, ko'p olimlar tomonidan o'rganilgan. Genderchilikda gender farqlarning tashkil topish jarayoni odatda ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bogʻlanadi. Ijtimoiylashtirish – bu, individ tomonidan jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida faoliyat yuritish imkonini beruvchi bilim, meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashtirish oʻz ichiga taʼsir etishning ijtimoiy nazorat qilish jarayonlarini qamrab oladi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishimiz tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob, o'z navbatida har bir bob uch bolimdan iborat, shuningdek kurs ishimiz xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.


I bob Yangilanayotgan o'zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari.
1.1.Yangilanayotgan o'zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari.
Ma’lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g’risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma’qullangandi. Hozir davrda O‘zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar»,2 deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta’minlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o‘zi kifoya emas. Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida universitetda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llabquvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan.
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan.
Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.3
Jamiyatda, oilada xotin-qizlar bilan bogʼliq ijtimoiy masalalarni yaxshilash bilan shugʼullanadigan Oʼzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʼmitasi hamda uning barcha viloyatlardagi boʼlinmalari, Oliy Majlisning «Mehnat, ijtimoiy masalalar va bandlik qoʼmitasi», «Oila va ayollar muammolari komissiyasi» (2000-2004 y.), “Sogʼlom avlod” jamgʼarmalari va “Huquqshunos ayollar”, “Ilm-fan va ayol”, “Ijodkor ayollar”, “Tashabbuskor ayollar”, “Аyol va salomatlik”, “Faxriy ayollar” jamoatchilik uyushmalari hamda boshqa jamoat tashkilotlarining faoliyati muhimdir. Hozirgi kunga kelib, ayollarning haqhuquqlarini ilgari surish hamda rivojlantirish boʼyicha milliy mexanizmlar, shuningdek, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha qatlamidagi rolini kuchaytirish boʼyicha milliy institutlar tashkil etilgan. Buning tasdigʼini ayollarning siyosiy partiyalardagi faolligi 36 foizdan 50 foizgacha oshganida kuzatishimiz mumkin. Bugungi kunda ayollarimiz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Jumladan, sanoatda 52%, xalq taʼlimi tizimida 70%, sogʼliqni saqlash tizimida esa 73% ayollar mehnat qilmoqdalar4
Rivojlangan davlatlarda ayolning huquq va erkinliklari muhim omil sifatida e’tirof e’tiladi. Bunga sabab oddiy ya’ni ayolning qadr-qimmati uning jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi. Ayollar qanchalik ilm-fan sohasida, yoki ijtimoiy -siyosiy sohalarda faolligi oshgansari jamiyat ham yuksala boshlaydi. Ayollarning intellektual salohiyati yuksalishi, jamiyatda komil insonlarning kamol topishi uchun zamin yaratadi. Jamiyatda erkak va ayolning teng huquqli ekanligi, oilaning mustahkamligini huquqiy jihatdan mustahkamlsa, ayollarning yuksak ma’naviyati esa oilani axloqiy jihatdan mustahkamlaydi. Chunki davlat tomonidan ayollarga berilgan har qanday e’tibor bu kelajak sari tashlangan yuksak qadamdir.
Koʻpchilik qonunning uzoq yillardan beri shakllanib kelgan va anʼanaga aylangan urfodatlarga zid kelishi, ularning ildiziga bolta urishi va oilaviy munosabatlarga aralashib, ularni izdan chiqarishi toʻgʻrisidagi xavotirlarini bayon etmoqdalar. Hatto feminizmning gʻarbga xos salbiy oqibatlarini misol keltirmoqdalar.Ularni xotirjam qilish uchun taʼkidlash lozimki, Qonun oilaviy munosabatlarga aralashmaydi, hech kimni hech nimaga majburlamaydi yoki mavjud huquqlarni cheklamaydi. Faqat tomonlar uchun yangi huquqlar va imkoniyatlar taqdim etish orqali munosabatlarni muvozanatlash imkonini beradi. Undan foydalanish yo foydalanmaslik, albatta, tomonlarning oʻzlariga havola.Masalan, farzand dunyoga kelgach beriladigan taʼtil borasida Qonunda shunday deyilgan:“Ham ota, ham ona bola tugʻilishi munosabati bilan haq toʻlanadigan taʼtil olish huquqiga ega. Bolaga qarash boʻyicha taʼtilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga koʻra ular oʻrtasida taqsimlanishi mumkin, bunda ota-ona taʼtildan qismlarga boʻlgan holda foydalanishlari mumkin”.Yaʼni ota va ona oʻzaro kelishsalar, farzandga navbatma-navbat qarashlari mumkin. Bu, masalan, sessiya topshirmoqchi boʻlgan talaba qizlar, xorijga stajirovkaga ketishi lozim boʻlgan olima ayollar, uzoq vaqt mehnat faoliyatidan uzilishi natijasida malakasini yoʻqotib qoʻyishi mumkin boʻlgan kasb egalari uchun katta imkoniyat. Agar er-xotin oʻzaro kelishib shunday qarorga kelsalar, Qonun buni qoʻllab-quvvatlaydi va huquqni amalga oshirish imkoniyati bilan taʼminlaydi.Qonun oilada, jamiyatda turli illatlar, anʼana niqobi ostidagi ojizlarga zulm, ularning huquqini toptash holatlariga qarshi kurashadi.Biz anʼanalar bilan yashaydigan xalqmiz. Lekin taraqqiyot istasak, qonunlar bilan ham yashashni boshlashimiz kerak. Urf-odatlar shunchaki urf-odat boʻlgani uchun emas, inson shaʼni va qadr-qimmatini ulugʻlagani, turmushini qulay qilgani, munosabatlarni uygʻunlashtirgani bilan qadrli. Ijobiy urf-odat va anʼanalarni insonni kamsituvchi va tahqirlovchi illatlardan farqlashda oʻrtada faqat bir mezon turadi: inson shaxsi va uning huquqlari. Biz koʻzi ochiq millat sifatida bu farqni ajratib olishimiz lozim.Gender tenglik toʻgʻrisidagi qonun ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollarning rolini oshirish uchun zamin yaratadi. Hozirda jamiyatimizda “ilgʻor ayol” obrazi tobora xiralashib bormoqda. Butun mamlakat boʻylab bironta ayol hokim yoʻq, oliy taʼlim muassasalaridan faqat bittasida ayol kishi rektorlik qilmoqda, ayol vazirlar va vazir oʻrinbosarlari barmoq bilan sanarli, ayol elchilarimiz umuman yoʻq (hatto urushdan endi chiqqan Afgʻonistonning ham xorijda 5 nafar ayol elchisi bor).Ayolga imkoniyat va vakolat



Download 160.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling