Milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1396007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
bmk 5 YIL PROGNOZ

7. Kompleks usulli modellari.  
  
Iqtisodiy tizimning murakkablashuvi, tasodifiy kattaliklar va noaniqlik 
omillarini hisobga olish zaruriyati, joriy natijalar va kelgusi hodisalarning o‘zaro 
bog‗liqligi dinamikligi, o‘rganilayotgan ko‘pchilik hodisalar o‘rtasida kompleks 
bogliqlik tufayli bunday murakkab tizimga adekvat bo‘lgan an‘anaviy IMMni 
tuzish murakkabroqdir.
Odatda, murakkab tizimlarni modellash vazifaning yirik o‘lchamliligiga, 
ichki o‘zaro bog‗lanishlar soniga, turli xil ehtimolli tavsiflarga duch keladi.
Aralash axborot asosidagi usullar kombinatsiyalashganligi davlat «SES»i 
kabi murakkab tizimlarni prognozlashda qo‘llaniladigan quyidagi usullarni kiritish 
mumkin:

tarixiy o‘xshatish usuli;

ssenariy tuzish usuli;

ekonometrik modellar; - imitatsion modellar.


Xulosa 
Korrelyatsiya koeffitsiyenti yordamida iste‘mol narxlari indeksi va Yaim 
deflyatori mohiyatiga ko‘ra, bir xil hodisani xarakterlashi isbotlangan. Ular orasida 
farq katta emas. Shuning uchun omilli tahlilda bir o‘zgaruvchini boshqasiga 
almashtirishi uning natijalariga statistik ahamiyatli ta‘sir etmaydi. O‘z navbatida
iste‘mol narxlari indeksi ko‘rsatkichini Yaim deflyatori indeksi ko‘rsatkichi bilan 
almashtirish va aksincha, inflyatsiya sur‘atlarini boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkich 
bilan boglab turuvchi hollarda sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin 
emas.
Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar inflyatsiya sur‘atlarini taxlil qilish va 
prognozlashda 1 ta ko‘rsatkichni o‘rganishi yetarli emasligini, turli 
ko‘rsatkichlarning kompleks tahlili kerakligini ta‘kidlaydilar.
Inflyatsiya dinamikasini prognozlash uchun iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni va mos ravishdagi vaqt oraligini belgilash kerak.
Odatda esa, masalani o‘rganish pul massasi dinamikasi va iste‘mol narxlari 
indeksi tahlili bilan cheklaniladi. Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyotning 
xususiyatlarini hisobga oluvchi inflyatsiya darajasini prognozlashning turli 
modellari ishlab chiqilmoqda. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan inflyatsiya 
darajasini hisoblashning MODJS modeli. Bu ekonometrik modelda quyidagi 
omillar - argumentlar qo‘llanilgan:

hukumat ko‘zda tutayotgan egri soliqlarning o‘zgarishi (narx
ichidagi soliqlarning); 

davlat subsidiyalari (subvensiya va dotatsiyalari)ning taxminiy
o‘zgarishi;

davlat nazoratidagi ba‘zi tovar va xizmatlar guruhi narxining taxminiy 
o‘zgarishi;

hukumat
va
fermer
uyushmalari
o‘rtasida qishloq 
xujalik
mahsulotlari narxi bo‘yicha mehnat bitimlari va kelishuvlarining ma‘lum 
holati;



transfert to‘lovlari.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar boshqaruvchi (instrumental), chunki 
hukumat qarorlariga bog‗liq va shu ma‘noda ular endogen hisoblanadi. Modelda 
omillar sifatida ba‘zi ekzogen o‘zgaruvchilar ham qo‘llanilgan:

import mahsulotga prognoz narxlar; - bandlik darajasi prognozi va 
boshqalar.
Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy modellarni EХM uchun ishlab chiqish va 
dasturlash, odatda, ko‘p mehnat va vaqt sarflari bilan bogliq. Chunki ularning har 
biri o‘zicha ajoyibdir. Iqtisodiy modellar asosida prognozlash o‘z ichiga bir qancha 
asosiy bosqichlarni oladi:
tadqiqot vazifasini belgilash, prognozlanayotgan tizimni o‘rganish,
emperik axborotlarni to‘plash, modellashning asosiy muammolarini ajratish; 
iqtisodiy
modellarni shakllantirish,
model
va
uning ostki 
modellarini ifodalashning strukturasi va prinsiplarini tanlash, shuningdek, yo‘l 
qo‘yiladigan soddalashtirishni tanlash, o‘lchanadigan parametrlar va model sifati 
mezonlarini tanlash;
kiritilgan ma‘lumotlar bilan iqtisodiy modelning adekvatligini va 
modellashtiruvchi algoritmning nazorat tajribalari natijalari muvofiqligi va 
chegaraviyligi darajasiga ko‘ra, aniqlik va yaroqliligini baholash;
ko‘p 
variantli 
tajribalarni 
rejalashtirish, 
tadqiqot 
uchun 
prognozlanayotgan tizimning funksional tavsifini tanlash, tajriba natijalarini qayta 
ishlash usullarini belgilash;
model bilan ishlash, hisob - kitoblar va imitatsion tajribalar o‘tkazish; 
natijalar tahlili, modellash ma‘lumotlari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish
yakuniy prognoz ishlab chiqish.
Aytish kerakki, imitatsion sistemadan foydalanish rejimini imitatsion biznes 
o‘yin shakliga o‘tkazish mumkin. Buning uchun, birinchidan, imitatsion tajribada 
ekspert-eksperimentatorlar guruhi ishtirok etishi, ikkinchidan esa ishtirokchilarning 
faoliyati alohida o‘yin qoidalari ko‘rinishida aks etgan va chegaralangan bo‘lishi 
zarur.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling