a)
umumiy ta‘lim darajasi;
b)
kasbiy ta‘lim darajasi
v) ko‘nikma darajasi (kasb bo‘yicha ishlagan vaqt);
g) mehnatga haq to‘lash darajasi va tizimi.
Ishlab chiqarish fondlari (moddiylashgan mehnat):
1.K miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar:
a)
fondlarning qancha vaqt ishlatilishi va
potensial quvvatlardan
foydalanish darajasi;
b)
fondlarning aylanma tezligi.
2.Ishlab chiqarish fondlari baholanishiga ta’sir etuvchi omillar:
a)
fondlar texnologik darajasi va ma‘naviy eskirish darajasi;
b)
fondlarning tarmoqlararo taqsimlanishi;
v) fondlarning hududiy taqsimlanishi;
g) ishlab chiqarish ko‘lami.
Omilli
yondashuvning
rivoji
ishlab
chiqarish
funksiyasi
usuli takomillashuvidan ko‘ra, iqtisodiy va statistik
ishlar chuqurlashuvini
ko‘zda tutadi.
Omil tahlil va prognozlashda tarmoqlararo nuqtai
nazarlarga yondashish
maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, tarmoqlarning omillar
va xususiyatlari roli
kuchayadi, oraliq harajatlar (hom ashyo, yoqilgi, elektrenegiya, yarimfabrikatlar)
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan jonli mehnat va ishlab chiqarish
fondlarini differensiyalash
imkoni paydo bo‘ladi (masalan, ish kuchini kasblar
va malaka darajasiga qarab
guruhlash). Uchinchidan bir tarmoq o‘sishi boshqa tarmoq o‘sishiga asos bo‘lgani
uchun, omil tahlil tarkibiy tahlil bilan birikib ketadi.