Milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
bmk 5 YIL PROGNOZ
Bu yerda: D-YaIM deflyatori; N n -nominal YaIM; N p -real YaIM. Ma‘lumki, bu ko‘rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar indeksi (va mos ravishda o‘sish sur‘atlari) nisbatan soddaligi va hisob - kitoblarning operativligi bilan Yaim deflyatori indeksi oldida ustunlikka ega. Katta harajatlarsiz narxlar indeksini nafaqat yillik, balki oylik, hatto haftalik oraliqlar uchun aniqlash mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng foydalaniladi - aholi daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy hisob - kitoblarigacha. Yaim deflyatsiyasi hisob-kitoblarining keng ko‘lamliligi tufayli u chorakda bir marta, odatda bir yilda bir marta nominal va real Yaimning yillik hajmi aniqlanishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Yaim tarkibini hisob - kitoblaridagi doimiy to‘g‗rilashlar tufayli uning hajmi, o‘z navbatida Yaim deflyatorining hajmi bir necha marta qayta qo‘rib chiqiladi (ba‘zida yillar o‘tib). Bu holat nafaqat o‘tish davridagi mamlakatlarga, balki nisbatan mukammalroq statistikaga ega rivojlangan davlatlar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun Yaim deflyatoridan amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi. Shunga qaramay, deflyatorning iste‘mol narxlari indeksi oldida bir muhim ustunligi bor, chunki deflyator Yaimning barcha komponentlari uchun xisoblanadi (xususiy va davlat iste‘moli, investitsiyalar, tashqi savdo), shuning uchun unda investitsion jarayonlar, kamida nazariy, unda to‘liqroq hisobga olinishi kerak. Korrelyatsiya koeffitsiyenti yordamida iste‘mol narxlari indeksi va Yaim deflyatori mohiyatiga ko‘ra, bir xil hodisani xarakterlashi isbotlangan. Ular orasida farq katta emas. Shuning uchun omilli tahlilda bir o‘zgaruvchini boshqasiga almashtirishi uning natijalariga statistik ahamiyatli ta‘sir etmaydi. O‘z navbatida, iste‘mol narxlari indeksi ko‘rsatkichini Yaim deflyatori indeksi ko‘rsatkichi bilan almashtirish va aksincha, inflyatsiya sur‘atlarini boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkich bilan boglab turuvchi hollarda sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin emas. Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar inflyatsiya sur‘atlarini taxlil qilish va prognozlashda 1 ta ko‘rsatkichni o‘rganishi yetarli emasligini, turli ko‘rsatkichlarning kompleks tahlili kerakligini ta‘kidlaydilar. Inflyatsiya dinamikasini prognozlash uchun iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni va mos ravishdagi vaqt oraligini belgilash kerak. Odatda esa, masalani o‘rganish pul massasi dinamikasi va iste‘mol narxlari indeksi tahlili bilan cheklaniladi. Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga oluvchi inflyatsiya darajasini prognozlashning turli modellari ishlab chiqilmoqda. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan inflyatsiya darajasini hisoblashning MODJS modeli. Bu ekonometrik modelda quyidagi omillar - argumentlar qo‘llanilgan: - hukumat ko‘zda tutayotgan egri soliqlarning o‘zgarishi (narx ichidagi soliqlarning); - davlat subsidiyalari (subvensiya va dotatsiyalari)ning taxminiy o‘zgarishi; - davlat nazoratidagi ba‘zi tovar va xizmatlar guruhi narxining taxminiy o‘zgarishi; - hukumat va fermer uyushmalari o‘rtasida qishloq xujalik mahsulotlari narxi bo‘yicha mehnat bitimlari va kelishuvlarining ma‘lum holati; - transfert to‘lovlari. Yuqorida keltirilgan barcha omillar boshqaruvchi (instrumental), chunki hukumat qarorlariga bog‗liq va shu ma‘noda ular endogen hisoblanadi. Modelda omillar sifatida ba‘zi ekzogen o‘zgaruvchilar ham qo‘llanilgan: - import mahsulotga prognoz narxlar; - bandlik darajasi prognozi va boshqalar. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling