“Milliy urf-odat va an’analar” mavzusiga oid keys.
Bekzod hozirda 23 yoshda. Yaqinda to'yi va u to'yni oilaviy an'analariga zid kelgan holda kichik bir ko'rinishda, faqat yaqin mehmonlar bilan o'z uyida o'tkazmoqchi. Bundan tashqari u kelinni hamma ko'rishiga ham norozilik bildirmoqda. Lekin onasi bunga qarshi. U to'yni o'z oilaviy an’analariga ko'ra katta bir to'yxonada, yuzlab mehmonlarni chaqirgan holda o'tkazmoqchi. Kelayotgan kelinining chiroyini hammaga ko'z-ko'z qilishni, ayniqsa dugonalari oldida maqtanishni xohlamoqda. Artistlarning ham eng mashhurlari kelishini ta’kidlab, o’g’liga qarshilik qilmoqda.
Bekzod va onasi o‘rtasidagi bu qarama-qarshilikka qanday yechim qilinishi kerak?
Onasiga ustanovka bo’lib qolgan bu stereotipni qanday yo’l bilan yo’q qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |