Ilk mustamlakachilik davri adabiyoti
Turkiston general-gubernatorligining tashkil qilinishi va istilochilik harakatlarining yangi davri.
Rusiya mustamlakachiligining madaniy va adabiy hayotga ta’siri.
Ilk mustamlakachilik davrida janriy o‘zgarishlar.
|
XIX asrning II yarmi XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti mumtoz adabiyotimizning an’analarini saqlagan holda o‘zida yangiliklar yaratib, XX-XXI asr adabiyoti uchun poydevor bo‘lgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida mumtoz she’riyatdagi tur va janrlar (g‘azal, ruboiy, tuyuq, muammo, muxammas, musaddas, muamman, masnaviy, ta’rix kabilar) bilan bir qatorda sayohat taassurotlari tasviri sifatida bo‘lmish sayohatnoma (Muqimiy, Furqat, Nodim), she’riy hikoya (Muqimiy, Furqat), maktubot (Muqimiy, Nodim) janrlari vujudga keldi va rivojlantirildi. Shuningdek, matbuot mahsuli o‘laroq publitsistika va badiiy ocherk ham badiiy ijodda o‘z o‘rni va mavqeini topa boshladi.
|