Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti fanining maqsad va vazifalari
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti fanining maqsadi, vazifalari.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti atamasi haqida.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ilk bosqichi.
Davrning ijtimoiy-madaniy qiyofasi.
|
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixi va boy madaniyati bilan jahon adabiyoti xazinasiga o‘z ulushini qo‘shib kelgan. Shuningdek, XIX asrning II yarmi XX asr boshlaridagi tarixiy davr va adabiy hayot ana shunday g‘oyat ulkan ulushdir. Negaki, bu davr tarixiga nazar tashlasak, jahon sivilizatsiyasi beshigi sanalgan ko‘hna Turkiston osmonini qora bulutlar qoplagan yillar bo‘lgan. Bu yillarda, ya’ni mustamlakachilik siyosatini o‘rnatgan chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi, ona-diyorda til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlar poymol etildi. Ushbu fanning mazmuni va maqsadi xuddi shu davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda yetakchi tamoyillarini ochib berishdan iborat.
|
2
|
Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi
Feruz adabiy merosi va uning o‘rganilishi.
Shoirning tarjimayi holi.
Feruz – shoh va shoir.
Feruz – adabiyot va san’at homiysi.
Feruz va Xorazm adabiy muhiti.
Feruz lirikasi.
Feruzning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi o‘rni.
|
Feruz adabiy merosi va uning o‘rganilishi masalasi yuzasidan fikrlar turli tarixiy, adabiy asarlar misolida izohlanadi. Shoirning tarjimayi holi tanishtirilib, Feruzning shoh va shoir, adabiyot va san’at homiysi sifatidagi qiyofasi Feruz va Xorazm adabiy muhiti masalasi misolida yoritiladi. Feruz lirikasining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil etilib, Feruzning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi o‘rni xususida so‘z yuritiladi.
|
2
|