Milliy xavfsizlik strategiyasi


Download 17.23 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1107905
Bog'liq
strategiyalar bo\'yicha tahlil F.Fayozov


TDSHU Jahon siyosati Arab ingliz 1 guruhi talabasi Fayozov Feruzning AQSh va Rossiya Federatsiyasining “Milliy xavfsizlik strategiyasi” bo’yicha qiyosiy va kontent tahlili

Bizga ma’lumki, dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan hisoblangan Aqsh hamda Rossiya federatsiyasiyasining maqsad va vazifalari bir-biriga o’xshash desak mubolag‘a bo’lmaydi. Har ikkala davlatning Milliy xavfsizlik strategiyalarida umumiy (keyingi o‘rinlarda” strategiya”) 2 asosiy yo’nalishni ko’rishimiz mumkin. Bular:



Biroq, qaysidir jihatlari umuman o’xshamasligini ham takidlab o’tishimiz kerak.
Birgina Rossiya Federatsiyasining strategiyasida An’anaviy qadriyatlarga alohida to‘xtalib o’tilgan. Bundan asosiy maqsad esa g‘arbparastlarning kirib kelishini oldini olish hisoblanadi. Shuningdek, Rossiya hududining niyohatda kattaligi milliy xavfsizlikni taminlashni bir muncha qiyinlashtirishini aytib o’tishimiz lozim. Ayni paytda NATOning sharqqa kengayish siyosati ham o’z navbatida Rossiya manfaatlariga nisbatan xavf soladi. Bugungi kunda,jahonda savdo iqtisodiy sohalarning roli oshib borishi ichki bozorga ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bozor dinamikasini samarali ushlab turish ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Aqsh strategiyasida esa mutlaqo boshqacha, uning maqsadi dunyoning nodemokratik davlatlarini demokratlashtirish va bu orqali butun dunyoda tinchlikni taminlash hisoblanadi.Aynan shu narsa orqali, u o’z tinchligini ham taminlashi mumkin bo’ladi Shuningdek, Aqsh doktrinasida ko’proq tashqi siyosatga e’tibor berilishi ham bilvosita o’z farovonligi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, Amerika harbiy qudrati jihatdan dunyoda yetakchi hisoblanishi barchamizga ma’lum, bu esa boshqa davlatlar siyosatiga ta’sir etishini osonlashtiradi. Asosiy maqsad esa gegemonlikni saqlab qolish va hech bir davlatni o’zidan rivojlanib ketishiga yo’l qo’ymaslik strategiyaning muhim bo‘g‘ini ham aynan shu hisoblanadi.
XULOSA
Bundan xulosa shuki, har ikkala davlat ham bugungi globallashuv sharoitida o’z mavqeini saqlab qolishga intilmoqda. Rossiya o’z navbatida mamlakat hududining g’arbiylashuvni oldini olish va hududiy daxlsizligini taminlashi murakkablashayotgan bir paytda, har tomonlama xavfsizlikni taminlash uchun o’zaro ittifoqlarning samaradorligini oshirish hamda NATOni ushlab turuvchi kuchni vujudga keltirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Aqsh ham bugungi kunda demokratiya tamoyili (yoki boshqa vositalarni asoslash orqali) asosida dunyoning barcha mintaqalariga kirib bordi. Bugungi kunda Aqsh o‘zining harbiy salohiyati bilan butun dunyoga ta’sir eta oladigan davlat sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida tashqi ta’sirning ham ortishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Xitoy iqtisodiyotining kuchayishi va hokazo sablarni keltirib o’tish mumkin.
Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling