Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalfga oshirilayotgan ishlar


Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi


Download 38.65 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi38.65 Kb.
#1613982
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy Xavsizlik

Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi.
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy
masala bo‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1-deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz.
Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni
ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik
masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning
uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi.
Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining
asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun
iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil
24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon
qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik
to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida
bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy
xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi.
О`zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” 1, - deb qayd qilgan edi.
Bundan ко rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat
va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur.
“Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir
tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida
tashkil qilinadi.
Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat:
- boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi
tajovuzlarning oldini olish;
- xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv
xavfsizlik tizimida ishtirok etish;
- harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar
xususiyatiga mosligini ta’minlash;
- yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni,
egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
- Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday
tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi;
- mudofaani yetarli darajada bo'lishi;
- harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash.
Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak.
Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan. Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi. O'zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to'g'risida” 2 maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan
aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro
masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi.
U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish
va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan
Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning mavjudligi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada
Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko'rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizIigini himoya qilish uchun tuziladi” , - deb qayd qilingan. Bu bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning
vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir.
U shu maqsadda tuziladi.Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa to'g'risida”gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli
mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.
(Qonunning 6-moddasi).

Download 38.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling