Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar


Download 16.27 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi16.27 Kb.
#1418062
Bog'liq
mavzu-4


MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi 
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. 
“Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. 
O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. 
“Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. 
O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov.
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. 
“O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. 
Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. 

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). 


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.


1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.


Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. 
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.
Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling