Mineral boG’lovchilar asosida tayyorlangan sun’iy tosh materiallar va buyumlar Tayanch iboralar


Download 141.83 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi141.83 Kb.
#1383435
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Силикат буюмлар


Mineral boG’lovchilar asosida tayyorlangan sun’iy tosh materiallar va buyumlar
 
Tayanch iboralar: silikat bog’lovchilar, silikat g’ishti, silikat buyumlar, gips, gips-karton listlar, gips plitalari, asbeststement buyumlar, magnezial bog’lovchi, magnezial bog’lovchilar asosidagi buyumlar, resurs tejamkorlik, mustahkamlik, atmosfera muhitiga bardoshlilik.
Umumiy ma’lumotlar
Sun’iy tosh materiallar va buyumlarga portlandsement asosida tayyorlangan beton, temirbeton, qorishmalardan tashqari gips, ohak (silikat bog’lovchi) va magnezial bog’lovchilar ishlatilib hosil qilingan kompozitlar kiradi. Sun’iy tosh materiallari olishda to’ldirgichlar sifatida kvars qumi, shlak, kul, pemza yog’och qipig’i va tolasi, qog’oz sanoati chiqindisi va boshqalar ishlatiladi. Bu materiallarni ishlab chiqarish umumiy texnologiyasi bog’lovchilar va to’ldirgichlarni aralashtirib qorishma tayyorlash, qoliplash va qotishini tezlashtirish kabi asosiy jarayonlardan iboratdir.
Ohak (silikat) bog’lovchisi asosida silikat, ohak-shlakli va ohak-kulli g’ishtlar, silikatli va ko’piksilikatli va boshqa zich va yacheykali silikat betonlar va temirbetonlar tayyorlanadi. Gips asosida pardadevor plitalar, gipsbeton toshlar, qoplama listlar, arxitektura qismlari va boshqa kompozistion buyumlar olinadi.
Silikat buyumlar
Silikat buyumlar ohak yoki u asosidagi aralash bog’lovchilar, qum, kukun giltuproqli qo’shimchalar va suv qorishmasini qoliplash va reaktor-avtoklavlarda 0,8-1,3 MPa bosim ostida va 175-2000С haroratda ishlov berib tayyorlanadi. Avtoklavda silikat buyumlar bug’ yoki bug’-havo aralashmasi yordamida ishlov beriladi.
Ohak bog’lovchi (so’ndirilgan yoki so’ndirilmagan kukun ohak), kvarst qumi va suv aralashmasidan tayyorlangan mahsulot avtoklavda ishlov berilganda kalstiy gidrosilikat hosil bo’ladi:
Сa(ON)2SiO2mH2OCaO.SiO2.nH2O
Qorishmani tashkil etuvchilarning tarkibiga qarab turli gidrosilikatlar hosil bo’ladi: tobermorit 5СaO.6SiO2.5H2O, kuchsiz kristallangan gidrosilikatlar: (0,8-1,5) СaO.SiO2.H2O va (1,5-2) СaO.SiO2.H2O. Yuqori miqdorda ohakli qorishmalardan gillebrandit 2СaO2.SiO2xH2O hosil bo’lishi mumkin.
Avtoklav gorizontal holda joylashgan po’lat stilindr bo’lib, yon tomonlari zich yopiladigan qopqoqlar bilan jixozlangan (1-rasm). Avtoklavning uzunligi 21-30 m, diametri 2,6-3,6 m. Avtoklav uzluksiz bosimni o’lchashga mo’ljallangan monometr va bosim me’yordan oshib ketganda avtomatik ravishda ochiladigan saqlagich klapan bilan jihozlangan. Avtoklavning pastki qismiga buyum ortilgan vagonetkalar yurishga mo’ljallangan relslar yotqizilgan. Avtoklav, issiqlikni saqlash maqsadida, issiqlik izolyastiyasi materiallari bilan qoplanadi. Avtoklav ishlov berish jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish maqsadida mahsus moslama, prostessor yoki kompyuterlar bilan jixozlanadi.
Avtoklavga buyum yuklangach qopqoqlari yopiladi va asta-sekin bug’ kiritiladi. Avtoklavda ishlov berish jarayonida buyumda ichki zo’riqishlar me’yordan ortiq hosil bo’lmasligi uchun harorat 1,5-2 s davomida asta-sekin qo’tariladi. Izotermik ishlov berish 175-2000С haroratda, 0,8-1,3 MPa bosim ostida 4-8 s davomida amalga oshiriladi va 2-4s davomida bug’ bosimi tushiriladi. Silikat buyumlar tayyorlash umumiy jarayoni 8-14 soat davom etadi.

Download 141.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling