Mineral boG’lovchilar asosida tayyorlangan sun’iy tosh materiallar va buyumlar Tayanch iboralar


Ohak-shlakli va ohak-kulli g’isht


Download 141.83 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi141.83 Kb.
#1383435
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Силикат буюмлар

Ohak-shlakli va ohak-kulli g’isht
Ohak-shlakli g’isht ohak bog’lovchisi va donador domna shlaki aralashmasi asosida tayyorlanadi. Aralashma tarkibida ohak 3-12%, shlak 88-97% hajm bo’yicha bo’ladi.
Ohak-kulli g’isht ohak bog’lovchisi (20-25% hajm bo’yicha) va kul (75-80%) asosida olinadi. Shlak kabi kullar toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir kabi yoqilg’ilarni issiqlik-elektr markazlarida yoqishda hosil bo’ladi. Shuning uchun kullar arzon hom ashyo bo’lib, beqiyos zahiraga egadir.
Changsimon qattiq yoqilg’ilarni (kukun toshko’mir va sh.k.) yoqilganda o’choqda kul-shlak chiqindisi qoladi, juda mayda kullar esa tutun bilan birga chiqib ketadi va maxsus kul tutqichlar yordamida ushlab qolinadi va transport vositasida kul saqlanadigan joyga yuboriladi. O’ta kukun kullar kul-changlari (zola-unos) deyiladi va kulning boshqa turlariga nisbatan aktiv bo’ladi.
2-rasm. Silikat g’ishti ishlab chiqarish texnologik sxemasi
Kul suvga aralashtirilganda odatda qotmaydi, shu sababli kulga aktivlashtiruvchi modda sifatida ohak yoki portlandsement qo’shish kerak.
Kul-ohak asosida etarli mustahkamlikdagi buyumlar tayyorlash uchun avtoklavda ishlov berish tavsiya etiladi.
Ohak-shlakli, ohak-kulli bog’lovchilar asosida g’isht ishlab chiqarish texnologiyasi silikat g’ishti ishlab chiqarish texnologiyasi singaridir.
Shlakli va kulli g’ishtlarning o’rtacha zichligi 1400-1600 kgm3, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,5-0,6 W(m.0C). Siqilishdagi mustahkamligiga ko’ra shlakli va kulli g’ishtlar 75,50 va 25 markalarda bo’ladi. Shlakli g’ishtning sovuqqa chidamliligi silikat g’ishti singari bo’lib, bog’lovchi sifatida ohak-kul ishlatilganda sovuqqa chidamlilik pasayadi.
Issiqlik energetikasi chiqindisi bo’lgan kullar va sanoat chiqindisi shlaklar asosida qurilish g’ishti tayyorlash iqtisodiy jihatdan samarali bo’ladi.
Shlakli va kulli g’ishtlarni uch qavatdan yuqori bo’lmagan binolarning devori qurilishida ishlatish tavsiya etiladi. O’zbekistonda donador domna shlaklari bo’lmasada, qattiq yoqilg’i kullari, kul-shlaklari chiqindi sifatida ko’plab hosil bo’ladi. Angren GRES, Bekobod metallurgiya zavodi va boshqa ishlab chiqarish shlak va kullari shular jumlasidandir.

Download 141.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling