Mineral boG’lovchilar asosida tayyorlangan sun’iy tosh materiallar va buyumlar Tayanch iboralar
Download 141.83 Kb.
|
1.Силикат буюмлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Kvars qumi dispersligi va miqdorining silikat beton mustahkamligiga ta’siri.
Silikat betonlar
Silikat betonlar tayyorlashda havoyi ohak va kukun kvarst (kremnezem) aralashmasi bog’lovchi sifatida ishlatiladi. Kukun kvarst o’rniga kukun domna shlaki yoki kullar ishlatilishi mumkin. Ohak-kremnezemli bog’lovchi mustahkamligi ohakning aktivligiga- CaOSiO2 nisbatiga, kvarst qumining dispersligiga va avtoklavda ishlov berish rejimiga bog’liq bo’ladi. Kvarst qumi dispersligi va CaOSiO2 nisbati optimal bo’lganda CaO va SiO2 asosida kichik tartibdagi kalstiy gidrosilikatlar to’liq hosil bo’ladi (3-rasm). Silikat beton tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: Ohak-kremnezemli bog’lovchini tayyorlash, silikat beton qorishmasini tayyorlash va gomogenlashtirish, buyumni qoliplash va avtoklavda ishlov berish. Silikat betoniga avtoklavda ishlov berilganda betonning hamma komponentlari o’rtasida kimyoviy reakstiyalar ketadi va strukturani zichlashtiruvchi yangi mahsulotlar (ayniqsa kvarst qumi bilan) hosil bo’lishi mumkin. Kukun kvars qumi miqdori, % Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa 3-rasm. Kvars qumi dispersligi va miqdorining silikat beton mustahkamligiga ta’siri. 1-kvars qumining dispersligi 1500 sm2/g; 2- 2500 sm2/g; 3- 4500 sm2/g. Og’ir silikat beton buyumlarning o’rtacha zichligi 1800-2500 kgm3. Uning siqilishdagi mustahkamligi silikat beton tarkibiga, avtoklavda ishlov berish rejimiga va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, katta oraliqda o’zgaradi. Oddiy tarkibdagi silikat betonning (ohak 8-11%, massa bo’yicha) mustahkamligi 15-30 MPa. Uning tarkibiga 15-30% dispers kremnezem kiritilsa mustahkamlik 40-60 MPa gacha oshadi. Silikat betonlari, sementli betonlar singari og’ir, engil va yacheykali bo’ladi. Maxsus texnologik usullar tufayli og’ir silikat beton mustahkamligini 80 MPa gacha oshirish mumkin. Og’ir silikat betonning suvga chidamliligi qoniqarli, suvda mustahkamlikni 25% ko’p yo’qotmaydi. Sovuqqa chidamliligi bo’yicha markasi /25 va / 35, portlandsement qo’shib /100 gacha oshirish mumkin. Og’ir silikat betondan yuk ko’taruvchi tashqi devor bloklari, panellari, qavatlararo plitalar va panellar, ustunlar, to’sinlar, zina supasi va marshlari, stokol bloklari va boshqa temirbeton konstrukstiyalar tayyorlanadi. Download 141.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling