Minerallar tasnifi. Ekzogen geologik jarayonlar Geologik hodisalar haqida. Endogen geologik hodisalari


Download 0.83 Mb.
Sana25.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1721645
Bog'liq
slayd123


Minerallar tasnifi.Ekzogen geologik jarayonlar
1. Geologik hodisalar haqida.
2. Endogen geologik hodisalari.
3. Ekzogen geologik hodisalari.
Ekzogen jarayonlar — energiya hisobiga yer yuzasining us qismida birlamchi hosilalarni oʻzlashtirishda ishtirok etuvchi jarayon, majmuasi. Bularga, asosan, denugsh (nurash, defolyatsiya, korroziya, ab] ziya, ekzoratsiya), materiallar koʻchi (eol, suv oqimi, dengiz, muzlik) hak choʻkindilar paydo boʻlishi jarayonla kiradi. Yer yuzasida Ekzogen jarayonlar paydo boʻlish ning asosiy shakllariga — togʻ ji silarining buzilishi va ular tark topgan minerallarning kimyoviy qa ta hosil boʻlishi (fizik, kimyovi organik nurash), muz, shamol va s; yordamida buzilib, maydalangan t< jinslarining bir joydan boshqa jo: ga koʻchishi va bu mahsulotlarnsh quruqlikda va suv havzalari tubvd choʻkib, muntazam ravishda choʻkindi t< jinslariga (sedimentogenez, diagene katagenez) aylanishi kiradi. Ekzogen jarayonlar end< gen jarayonlar bilan birgalikda Yer rel! yefi shakllanishiga, choʻkindi togʻ jin si qatlamlari va ular bilan bogʻli boʻlgan foydali qazilma konlarin; hosil boʻlishiga sababchi boʻladi
Tabiatda uchraydigan tog‘ jinslarining kimyoviy va fizik kuchlar tahsirida paydo bo‘lish jarayoniga geologik hodisalar deyiladi. Yerning ichki va sirtqi qatlamlarida o‘zaro munosabatdagi ichki va tashqi kuchlar tahsirida uzluksiz geologik hodisalar sodir bo‘lib turadi. Geologik hodisalar ikki xil bo‘lib, ular endogen va ekzogen hodisalarga bo‘linadi. Endogen hodisalar yerning ichki dinamik kuchlari – katta bosim va yadroning yuqori temperaturasi tahsirida kelib chiqadi. Ular tashqi muhitga kamdan-kam bog‘liq bo‘ladi. Ekzogen hodisalar yerning sirtqi qismida bo‘lib, ko‘pincha tashqi dinamik kuchlari kam bosim va past temperatura tahsirida vujudga keladi.
Endogen hodisalari yerning relg‘yefini (qiyofasini: materik, tog‘lar, okean, chuqurliklarni), tektonik dislokatsiyalangan tog‘ jinslarining yotish shaklini, magmatik va vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinsla-rining joylashishini, yer sirtining xarakatlanishini, shu jumladan yer qimirlash hodisalari natijasidagi o‘zgarishlarni va litosferaning oldingi xolatining buzilishini vujudga keltiradi.
Ekzogen hodisalar quyosh energiyasining kuchli oqimi tahsirida yer sirtida har xil tashqi dinamik o‘zgarishlarning ro‘y berishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yahni bu o‘zgarishlar suv va havo massalarining uzluksiz bir joydan ikkinchi joyga oqib o‘tishi, jismlarning kimyoviy va fizik xolatining o‘zgarishi natijasida nurashi, yemirilishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilib yotqizilishi kabi o‘zgarishlar ekzogen hodisalarga kiradi. Ekzogen hodisalari tashqi omillarning hal qiluvchi roliga qarab klassifikatsiyalanadi: yer sirtidagi oqar suvlar-ning, muzliklarning, dengiz to‘lqinlari va oqimi hamda yer osti suvlarining f Endogen hodisalari yerning relg‘yefini (qiyofasini: materik, tog‘lar, okean, chuqurliklarni), tektonik dislokatsiyalangan tog‘ jinslarining yotish shaklini, magmatik va vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinsla-rining joylashishini, yer sirtining xarakatlanishini, shu jumladan yer qimirlash hodisalari natijasidagi o‘zgarishlarni va litosferaning oldingi xolatining buzilishini vujudga keltiradi.
Endogen hodisalari natijasida yer qahrida tog‘ jinslari qatlamlarining yotish sharoitlarining buzi-lishi, sinishi, uzilishi, siljishi va joylanish shakllarining o‘zgarishi kabi hodisalarnngi ro‘y berish jarayoniga geotektonik hodisalar deyiladi.
Tektonik o‘zgarishlar natijasida yer yuzida tog‘lar paydo bo‘ladi. Tog‘ deb balandligi dengiz sathidan 200 metrdan ziyod bo‘lgan tepalikka aytiladi. U yoki bu qadar cho‘zilgan shakldagi tepaliklar xrebtlar va katta uzunlikdagisi esa tog‘ zanjiri deyiladi. Tog‘lar yer qahrida paydo bo‘ladigan ichki vertikal va yonbosh bosimlar xarakati natijasida paydo bo‘ladi. Bunga tektonik xarakat deyiladi. Tektonik xarakat natija-sida tog‘ jinslari qatlamlarining oldingi yotish xolatlari buzilib, yangi shaklda taxlangan, to‘kilgan, siljigan xolatlarda va boshqa tektonik shaklda yota-dilar, unga tog‘ jinslarining dislokatsiyasi deyiladi. Shu yo‘sinda paydo bo‘lgan tog‘larga tektonik tog‘lari deyiladi.
Tektonik tog‘ jinslari dislokatsiyasi – yotish sharoitlari bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi: 1. Burmali – plikativ dislokatsiya (qatlam-qatlam bo‘lib taxlangan xolatda joylashgan tog‘ jinslari). Bular uzilmagan bir butun joylashgan tog‘ jinslarini tashkil etadi. 2. Tashlandiq uzilmali – dizyuntiv dislokatsiyalar (ayrim-ayrim joylashgan uzik xolatdagi tog‘ jins-lari). Qatlam-qatlam bo‘lib joylashgan tog‘ jinslari oddiy monoklinal shaklda, yahni qiya yotqizilgan xolatida ko‘proq uchraydi. Ular antiklinal va sinklinal ko‘rinishida joylashadilar. Yahni tog‘ jinslarining qatlamlarini kuzatib borsak, uning yuqoriga ko‘tarilganini, sekin-asta egilib gumbaz hosil qilganini va yonbag‘irlari qiyalashib pastga tushganini ko‘ramiz, uning ustida yotgan barcha qatlamlar ham xuddi shu tarzda egilib-bukilganini ko‘ramiz. Bunga burmali dislokatsiya deyiladi.
Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, lekin muz Mineral deb qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi koʻrinishi kristallarga oʻxshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi metamikt minerallar farq qilinadi.
Har bir Mineral (mineral turi) muayyan tarkibli faqat oʻziga xos kristallik strukturaga ega boʻlgan tabiiy birikmadan iboratom massasining bir xil tarkibli modifikatsiyasi (mas, olmos — grafit, kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall tuzilishga ega boʻlgan Mineral har xil Mineral turiga mansub; aksincha, muayyan chegarada tarkibi oʻzgarib, birok doimiy strukturaga ega boʻlgan 
Mineral tarkibining murakkabligi va yetarlicha barkaror emasligi izomorfizm hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. Mineralda submikroskopik kiritmalar quyidagi qollarda roʻy berishi mumkin: eritma, qorishma va boshqa muhitning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari, dala shpatidagi gematit kiritmalari); temperatura sharoitlarining oʻzgarishi natijasida qattiq qorishmalarning parchalanishi (dala shpatlarida pertitlarning hosil boʻlishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlarning parchalanishi)dan; metamikt oʻzgarishda; bir Mineral oʻrniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikkilamchi oʻzgarishlar natijasida. Koʻpgina Minerallar (mas, magnetit) tarkibida doim turli qoʻshimchalar zarralari boʻladi.
Tabiatda tarqalgan jami Minerallarning chorak qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid va gidrokiyedlar, 13% ini sulfid va uning analoglari, 18% chasini fosfatlar, arsenat (vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy birikmalar tashkil etadi. Yer poʻstining 92% silikat, oksid va gidroksidlardan tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga koʻra, Mineral oddiy (tugʻma elementlar) va murakkab tarkibli (binarli va boshqalar)ga boʻlinad
Minerallarning tashqi qiyofasi ularning ichki strukturasi va vujudga kelish sharoitlari bilan belgilanadi. Ayrim Mineral individlarining oʻlchami 1 — 100 nanometrdan (kolloid minerallar) 10 m gacha (mas, pegmatitlardagi spodumen kristallari) boʻladi. Kristall strukturasi va oʻsish sharoitlariga bogʻliq holda Mineralning turli qiyofadagi izometrik (masalan, galit, galenit, sfalerit, olivin), varaqsimon va tangasimon (molibdenit, slyudalar, talk), taxtachasimon (barit va boshqalar), ustunsimon va ignasimon (rutil, akti-nolit, turmalin) kristallari vujudga keladi. Mineralning baʼzi kristallarida oʻziga xos shtrix chiziqlar, shunin-gdek, oʻsish va erish shakllarini kuzatish mumkin.
Mineralogiya mamlakatimizda sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan mineral xom ashyoni ko’paytirishga xizmat qiladi. Hozirgi paytda xalq xo’jaligining biron-bir sohasi yo'qki, unda mineral ishlatilmagan bo’lsin. Zamonaviy sanoatimiz Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha kimyoviy elementlardan foydalanadi, bu elementlarning barchasi minerallardan olinadi. Metallurgiya sanoatining rivojlanishi, tarkibida metall boigan minerallar, qishloq xo’jaligining rivojlanishi esa o’q'it olinadigan minerallar bilan bog’liq. Mineral xom ashyoning ishlatilishi ko’p jihatdan zamonaviy kimyo sanoatiga bog’liq. Mineralogiya qidirish va razvedka ishlarida juda katta ahamiyatga ega, chunki u minerallarning sanoat ahamiyatini va zarur bo’lgan mineral konlarining hosil bo’lish jarayonlarini aniqlashda yordam beradi. Bundan tashqari mineralogiya sanoat uchun zarur bo’lgan minerallarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlab beradi. Mineralogik bilimlar asosida kimyoviy elementlar va minerallarning tabiiy majmualari aniqlanadi, buning natijasida qidirish va razvedka qilish hamda madandan kompleks foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi
Minerallar tarkibini har tomonlama o’rganish konlarni kompleks o’zlashtirish uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari mineral xom ashyoni boyitishning samarali usullarini aniqlashda va qayta ishlashning texnologik jarayonlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, ma'danlarni boyitish uchun minerallarning o’lchamlari va o’simtalar xarakterini, hamda eng muhim bo’lgan fizik xususiyatlarini (solishtirma og’irlik, magnitlik, elektr o’tkazuvchanlik xususiyati va boshqalar) o’rganish zarur.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling