Minerallar


Download 1.74 Mb.
bet3/6
Sana31.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1144528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Minerallar

Umuman minerallarni o‘rganishda ularning birinchi galda paydo bo‘lish sharoiti, sababi, tarkibi, kiristallanishi hisobga olinib klassifikatsiyalanadi. Hozirgi vaqtda minerallar paydo bo‘lishiga (genetik), tarkibiga (kimyoviy), tuzilishi (kristallanish) ga qarab klassifikatsiyalangan.

Minerallar ko‘pincha kimyoviy xususiyatiga qarab tekshiriladi va o‘rganiladi. CHunki minerallarning kimyoviy tarkibi asos qilib olingan. Minerallar shu klassifikatsiya bo‘yicha bir necha sinflarga bo‘linadi. Har bir sinfda keltirilgan minerallarning fizik xossasi va kimyoviy tarkibini bilish kerak.

Minerallarning xossalari ularning ichki tuzilishiga hamda kimyoviy tarkibiga chambarchas bog‘liqdir. Mana shu belgilar minerallarni klassifikatsiyalashda asos qilib olinib, ular quyidagi sinflarga ajratiladi:

1. S o f e l e m e n t l a r s i n f i. Tabiatda uchraydigan sof metallar alohida-alohida elementdan tashkil topgan bo‘lib, sof holda uchraydi. Masalan, metall xillariga – oltin, kumush, mis va boshqalar ; sof nometall elementlarga – oltingugurt, olmos, grafit kiradi. Bulardan tashqari, sof elementlarga suyuq holdagi simob va oltingugurt kristali ham kiritiladi. Qattiq holda uchraydigan sof elementlar yaxshi kristallangan holda uchraydi.


Galenit RbS Molibdenit Mo S2
Sfalarit ZnS Antimonit Sb2 S3
Xalkopirit CuFeS2 Vismunit Bi2 S3 
Bornit Cu5 Fe S2 Kirovar Hg S
Xalkozin Cu2 S Realgar As S
Kovellin Cu S Arsenopirit Fe As S
Pirit Fe S2 Kobaltin Co As S 
Markazit Fe S2 Stannin Cu2 Fe Sn S4
Pirrotin Fe1-xS Pentlandit (Fe, Ni)9S8 
Sulfidlar sinfiga kiruvchi minerallar koni ko‘p, jumladan, O‘zbekistonda Olmaliq , Qo‘rg‘onishkon, Ingichka va boshqa konlar. 
2. S u l f i d l a r s i n f i. Metallarning oltingugurt bilan birikkan elementlarining soni 40 dan ortiq , mis, rux, qo‘rg‘oshin , margimush (mishyak) , kumush va boshqalar shular jumlasidandir. Sulfidlar er po‘stidagi minerallarning 15% ini tashkil etadi. Bu sinfdagi minerallar sanoatda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, qo‘rg‘oshin, mis, nikel, kobalt va boshqa metallar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bu sinf minerallaridan eng muhimlari:
3. Ga l o i d l a r s i n f i. Bu sinfga vodorodli kislotalarning tuzlari va yodidlar hosil qilgan minerallar kiradi.
Er po‘stida tog‘ jinslari orasida galoidlar sinfi minerallari 200 ga yaqin. Galoidlar sinfidan xloridlar va ftoridlar ko‘p o‘chraydi. Xloridlardan: galit –osh tuzi – Na CI, silvin – KCI, karnallit – MgCI2 . KCI.6 H2O minerallari xarakterlidir.
Galoidlar sinfiga kiruvchi minerallar O‘zbekistonning Qurama, CHotqol, Hisor tog‘larida va tekisliklaridagi tuz konlarida uchraydi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling