Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rodoxrozit – Mn(CO3)
- Magnezit – MgCO 3 .
Kalsit – CaCO3. Tarkibida CaO – 56%, CO2 – 44%. Aralashma holda Mg, Fe, Mn – 8% gacha, kamroq - Zn – 2% gacha va Sr va boshqalar bo`ladi. Kalsit-trigonal singoniyali, qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 2,8, ulanish tekisligi mukammal, ancha mo`rt mineral. Uning yaxshi kristallari mavjud, kalsitning shakli o`ziga xos belgi bo`lib, hosil bo`lish sharoitiga bog`liq (9-rasm).
9-rasm. Kalsit. Toza, shaffof kalsit – island shpati deyiladi. U rangsiz nurni ikkilantirib sindirish ko`rsatkichi nihoyatda yuqori. Tabiatda magmatik kalsit karbonatitlarda dayka va kichik shtoklar hosil qiladi. Magmatik kalsit ishqorli magmatik jinslarda va ularning turlarida ko`proq uchraydi. Kalsit gidrotermal sharoitda ham paydo bo`ladi va benihoya yirik kristallar hosil qiladi. Masalan, AQSHning Nyu-York, Meksika shtatidagi vulqon mo`rilari tomirlarida 30 tonnalik kristallari aniqlangan. Kalьcitning qalin qatlamlari va yirik uyumlari biogen va xemogen usulda yuzaga keladi, ular – ohaktosh, mergel, bo`r jinslari bilan birga bo`ladi. Uning minerallari – sement hamda optik (island shpati) asboblar tayyorlashda asosiy manba hisoblanadi. Rodoxrozit – Mn(CO3) – yunoncha «rodon» – atirgul. Tarkibida – MnO – 61,7%, SO2 – 38,3%. Izomorf aralashma sifatida – Fe, Mg, Zn, Co ishtirok etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi, odatda mayda donador, zich massa holda bo`ladi. Rangi pushti (malina rangiga o`xshash) bo`lib, donador mayin tuproqsimon massalarga o`xshaydi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi – 3,5-4,5, solishtirma og`irligi – 3,6, ancha mo`rt mineral. Marganesning kam uchraydigan gidrotermal temir yoki metasomatik konlarida rodoxrozit, sulfid va marganes oksidlari bilan bir assotsiasiyada braunit, gausmanit, baritlar bilan birga bo`ladi. Rodoxrozit yirik massalar holida dengiz cho`kindi konlarida ko`proq uchraydi. Magnezit – MgCO3 .Tarkibida MgO – 47,6%, CO2 – 52,4%. Tabiatda yirik kristallari ham uchraydi. Uning rangi –oq, sarg`ish va kul rang bo`lib tovlanadi. Uning yaltirashi shishadek, qattiqligi – 4,1-4,5, solishtirma og`irligi – 2,9-3,1, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha mukammal, sinishi notekis. Tabiatda keng tarqalgan magnezit, o`taasos intruziv jinslari – dunit, peridotit va piroksenitlarning so`ngi jarayonlarda o`zgarishi va nurash oqibatida paydo bo`ladi. Ushbu magnezitlar bronzit, serpentin, talьklar bilan birga uchraydi. Quyidagi holda yuzaga kelgan magnezit, ba`zan yirik konlar hosil qiladi. Ayrimda yirik konlar gidrotermal-metasomatik jarayonlarda paydo bo`ladi, unda magnezit, dolomit, kalsit, barit, talk, kvars, pirit, xalьkopiritlar bilan paragenetik assosiatsiyada yuzaga keladi (Satka – Rossiya, Veytch – Avstriya, Kvebek – Kanada). Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling