Mineralogiya
Minerallarning rangi va chizig`ining rangi
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Minerallarning rangi va chizig`ining rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va h.k. rangda bo`lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. Chunonchi, sutdek oq, somondek sariq va h.k.
Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit havo rangli, xlorit yashil rangli (grek. "xloros"-yashil), rodonit - pushti (grek. "rodon"-pushti), rubin - qizil (lot. "rubens"-qizil), auripigment - oltin rangli (lot. "aurum"-oltin, "pigment"-bo`yoq). Minerallar rangi uch xil o`ziga xos omillar bilan belgilanadi: a) idioxromatik (grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganes minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganec to`q siyohrang beradi; b) ko`pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog`liq bo`lgan alloxromatik (grek. "allos"-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo`ladi; v) va nihoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o`zgarib turadi. Bunday rang p s ye v d o x r o m a t i k (grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo`lsa-da, yuzasiga nur tushganda har xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega. Jadvalda minerallar rangi quyidagicha belgilangan: 1-shaffof, oq, rangsiz; 2-oq, kulrang; 3-qalaydek oq; 4-qo`rg`oshindek kulrang; 5-sariq; 6-jezdek sariq; 7-oltindek sariq; 8-qizil, pushti, qizg`ish-sariq; 9-misdek qizil; 10-yashil rang; 11-havorang, ko`k; 12-jigarrang, qo`ngir; 13-qora, kulrang-qora; 14-temirrang qora; 15-boshqa ranglar. Ba`zi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig`ining rangidan foydalaniladi. Mineral chizig`ining rangi - kukun holidagi mineral rangidir. Ayrim hollarda mineral chizig`ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, azurit chizig`ining rangi-ko`k, auripigmentniki sariq. Ayrim minerallar chizig`ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi. Masalan, piritning rangi - somondek sariq, chizig`ining rangi esa qora. Temir rudalarini behato aniqlashda mineral chizig`ining rangi katta yordam beradi. Ko`rinishi bir xil bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig`ining rangi sariq-qo`ng`ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo`ladi. Mineral chizigining rangi rangsiz, oq (I); kulrang, qora, qo`ngir (II); ko`k, yashil, to`q ko`k (III); havo rang, yashil-qora (IV); qizil (V) sariq jigarrang (VI); qizil-sariq (VII); sariq (VIII) va h.k. bo`ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling