Mingboyeva Yulduz Boboxol qizining ilmiy pedagogik ishi va malakaviy amaliyotiga rahbar xulosasi


Download 13.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.38 Kb.
#1581634
Bog'liq
amaliyot xiobot


Jizzax davlat univеrsitеti 70110601-Aniq va tabiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) mutxassisligi 2-kurs magistranti Mingboyeva Yulduz Boboxol qizining ilmiy pedagogik ishi va malakaviy amaliyotiga rahbar


XULOSASI

Dunyoda matematik ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, uning ilmiy-metodik, axborot-dasturiy ta’minotining konseptual asoslarini, an’anaviy o‘qitishga muqobil texnologiyalar (face-to-face learning, F2F, «Distance Education» «E-Learning»)ni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar muhim o‘rin egallamoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy o‘quv-axborot resurslari bankini yaratish, ijodiy fikrlashining matematik apparatini kengaytirish, o‘qitishda bilish ehtiyojini faollashtiruvchi supertyutorlar (mashq qildiruvchi dasturlar) va «Blended Learning» metodini qo‘llash Vatanimiz intellektual resurslari salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. Maktab o‘quvchilarining matematika fanidan jahon olimpiadalarida faol ishtirok etishini ta’minlash, mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlarni tashkil etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Amaliyot davomida magistrant Mingboyeva Yulduz Matematika va informatika yo’nalishi 2-3 kurslarga Matematika o‘qitisdh texnologiyalri va loyhalashtirish faning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga doimiy ravishda metodika o‘rganish va tahlil qilish maqsadida darslarga qatnashdi. Shu davrda 113-20 guruh talabalaridan laboratoriya ishlarini qabul qilishga va baholashga yordam berdi. Shu bilan birga o‘zining magistrlik dessirtatsiyasi mavzusi bo‘yicha zarur ma’lumotlarini to‘plab va rasmiylashtirib bordi.
Magistr Mingbayeva Yulduz o‘quv rejada nazarda tutilgan amaliyotni to‘liq o‘tadi va ijobiy yakunladi.


Amaliyot rahbari: N.Ernazarova
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling