Mini kompyutеrlar (MiniComputer)


Download 28.98 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi28.98 Kb.
#1429000
  1   2   3   4
Bog'liq
Mini kompyutеrlar


Mini kompyutеrlar (MiniComputer) – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyutеrlar cho‘ntak kompyutеrlari (palmtop) dеb ataladi.
Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EHM) - ishonchli,
uncha qimmat boimagan, foydalanishda qulay kompyuterlar,
meynfreymlarga qaraganda birmuncha kam imkoniyatlarga ega.
Mini-kompyitterlar (ulardan eng quwatlilari supermini-kompyuterlaf)
quyidagi ko‘rsatkichlarga ega boiadi:
• unumdorligi - 1000 MIPS gacha;
• asosiy xotira sig‘imi - 8000 Mbayt gacha;
• diskli xotira sig‘imi - 1000 Gbayt gacha;
• qoilanadigan foydalanuvchilarning soni - 16 - 1024.
Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 - raziyadli
mikroprotsessorlar to‘plamlari asosida loyihalashtiriladi. Ularning
asosiy xususiyatlari:
• aniq tatbiq sohasidan kelib chiqqan holda unumdorlikning keng
oralig‘i;
• axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko‘pchiligini
apparatli joriy etilishi;
• ko‘p protsessorli va ko‘p mashinali tizimlarni oddiy joriy
etilishi;
• uzilishlarga ishlov berishning yuqori tezligi;
• turli uzunlikdagi axborotlar o'lchami bilan ishlash imkoniyati;
Mini-kompyuterlarning afzalltklariga quyidagilar kiradi:
• yuqori modulli o‘zigaxos arxitekturasi;
• meynfreymlarga qaraganda unumdorliknarx nisbatining yaxshiligi;
• hisoblashlaming yuqori aniqligi.
Mini-kompyuterlar boshqaruvchi hisoblash majmua sifatida ishlatilishga
mo‘ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo‘lgan tashqi
qurilmalarning ko‘p turliligi protsessorlararo aloqa bloklari bilan
to‘ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi o‘zgaruvchan hisoblash
tizimlarini joriy etilishi ta’minlanadi. Mini-kompyuterlarning
texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ularni
ko‘p foydalanuvchilar uchun moijallangan hisoblash tizimlarida,
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida, murakkab bo‘lmagan
obyektlarni modellashtirish tizimlarida va sun’iy intellekt tizimlarida
muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Hozirgi zamonaviy mini-kompyuterlarning avlodini boshlovchisi
bo‘lib DEC firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuter lari hisoblanadi
va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM -
EXM Kichik Tizimi) : SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va hokazo.
Hozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasiga ko‘p sonli
model 1 ami o‘z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gacha; minikompyuterlarning
quwatli guruh modellariga 8000 (VAX-8250, -
8820); supermini-kompyuterlaming guruh modellariga 9000 (VAX-
9410, -9430) kiradi va hokazo.
VAX modellari keng oraliqdagi ko‘rsatkichlarga ega:
• protsessorlar soni - 1 dan 32 tagacha;
• unumdorligi - 10 dan 1000 MIPS gacha;
• asosiy xotira sig‘imi - 512 Mbayt dan 2 Gbayt gacha;
• diskli xotira hajmi - 50 Mbayt dan 500 Gbayt gacha;
• kiritish-chiqarish kanallar soni - 64 tagacha.
VAX mini-kompyuterlari shu guruh kompyuterlarining ko‘rsatkichlarining
to'liq oralig‘ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani
hamda meynfreymlar o'rtasidaga chegarani yuvib yuboradi.
Boshqa mini-kompyuterlar o‘rtasidagi quyidagilami qayd qilib
o'tishimiz kerak:
• bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;
• ko‘p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000;
• supermini-kompyuterlar: HS 4000, ko‘rsatkichlari bo‘yicha
meynfreymlardan qolishmaydi.


Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling