Miniatyura va kitob grafikasi
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari haqida
Download 113.11 Kb.
|
Bitimalish JO'RAB(1)АбдМ
2.2. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari haqida
O’zbek mumtoz shoiri, masalnavis Muhammad Sharif Gulxaniy taxminan XVIII asrning oxirida Qo’qonda tavallud topgan. Hayoti va ijodi haqida “Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy), “Tuhfat ul-axbob” “Sabot ul-bashar va tarixiy muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning Ko’histon mulkidan ekanligini ta’kidlasa, Bozeh uni Namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qo’qonda yashagan, oz vaqt hammomda o’t yoquvchi – g’o’lax vazifasida ishlagan. Qo’qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo’lgan. Mustaqil mutolaa yo’li bilan mumtoz adabiyotni o’rgangan. Amir Umarxon Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g’azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so’ng vataniga qaytib, ko’proq oddiy insonlarga manzur bo’luvchi she’rlar yoza boshladi. O’tli hajvlar yaratdi. Gulxaniy o’zbek va tojik tillarda ijod qilgan. Bizgacha bir necha g’azali hajviyalari hamda “Zarbulmasal” (Yapaloqqush) nasriy asari yetib kelgan g’azallarda lirik qahramonning ruhiy kechinmalari bahor, real hayotiy manzaralar o’z ifodasini topgan. (Barmog’im, Ey to’ti, Lola ko’ksidek bag’rim) “Bideh” radifli g’azalida shoir navkarlik davridagi hayotini ta’svirladan. Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala o’z davrining harbiy tartibi, rasm – rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. G’azalida lirik qahromonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan. Gulxaniy o’zining zo’r iste’dodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xaqchil ijodkor sifatida ko’ringan. Shoirning bizga ma’lum g’azallarining ayrimlari Amiriy she’rlariga nazira tarzida yaratilgan bo’lib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay, barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga ko’tarilgan. Gulxaniyning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo’lmasada, XIX asr o’zbek milliy adaboyiti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. O’z davri voqeligini majoziy usulda badiiy ifoda etgan axloqiy – pandnoma va tanqidiy hajviy yo’nalishdagi “Zarbulmasal” asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muamolar, turli toifadagi odamlar o’rtasida munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so’z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko’chirib ta’svirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham qushlar misolida o’z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo’lgan. Buxoro va qo’qon xonliklari o’rtasidagi munosabat yomon bo’lib, ular o’zlari urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go’yoki vayronalarga boy muzofot singari tasvirlansada, Qo’qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo’g’li, Yapoloqqush, Ko’rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o’rab olgan. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyog’liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va asosan tunda ov qiladigan qushlarni o’z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko’rqush tilida nasihat qiladi: Ulug’ni borgohinda xiratmandi donish va aqli xiradi bahush har qancha ko’p bo’lsa ham, oz bo’lur. Xususan podshohiy odilg’a uch toifadin guzir yo’qdur, deb aytgan. Zarbulmasal arabcha zarb va masal so’zlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, masal yig’indisi ma’nosini beradi. Masal so’zi o’tmishda biz hozir qo’llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so’zga maqol qo’shib gapirish, o’xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo’lish – el og’ziga tushish, afsona bo’lish, mashhur bo’lish ma’nolarida ham keladi. Ma’lum bo’ladiki Gulxaniy o’z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan. Asar qahramonlari o’z nutqlarida vaziyatga mos ko’plab maqollarni keltiradilar, to’g’rirog’i maqollar yordamida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masal va hikoyatlarni aytib beradilar. Zarbulmasalda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyar mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og’zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi “Kalila va Dimna” Abdaraxmon Jomiyning “Silsilat uz – Zahab” asarlari, shuningdek Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So’fi Olloyor kabi ulug’ so’z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi asarning ta’sirchanligi va o’qimishliligini oshirgan. Zarbulmasal xalq orasida Yapaloqqush hikoyasi nomi bilan mashhur bo’lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Zarbulmasalda hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi o`rnida maqol, matallar keltiriladi. Biror-bir hatti-harakati tufayli kishi el orasida mashhur bo’lib ketishi, og’izga tushishi, ya`ni Zarbulmasal bo’lishi mumkin. Zarbulmasalni adabiy asar sifatida oladigan bo’lsak, u adabiyotimiz tarixida o`ziga xos ta`sirchan adabiy janr sifatida yashab kelgan. Zarbulmasal ko’proq axloqiy-ta`limiy hikoyalardan iborat bo’lib, maqol, matallar, ularning tarbiyaviy xulosasi sufatida keltirilgan. Bu janrdagi asarlarning asosiy xususiyati ularda majoziy usul `ollanilganidadir, ya’ni voqea va hodisalar, hayvonlar, qushlar tilidan hikoya qilinadi. Mualliflar tanqid qilinajak kishilar ta’qibidan cho’chib shu usulni qo’llaganlar. Zarbulmasal nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. Unda samarali tarzda foydalanilgan masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog’lanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining quad-anda bo`lishi sarguzashtlari majoziy, o’tkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning o`zaro murakkab munosabatlari asosida o’z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. Gulxaniy ijodini M. Sal’e, Fitrat, B.Karimov, R.Muqimov, H.Yoqubov, F, Ishoqov kabi olimlar tadqiq etganlar. Bizgacha Gulxaniyning o’zbek va tojik tillatidagi 12 g’azali, Qo’qon xoni Amir Umarxonga bag`ishlangan 1 ta qasidasi va mashhur Zarbulmasal asari yetib kelgan. Xullas, bir so’z bilan aytganda bu nodir asar adabiyotda katta burilish yasadi va ochiq tanqidiy yo’nalishni boshlab berdi. 1 Дониёров А. Ўзбекистон этнографияси тарихидан лавҳалар. (XX асрнинг 20–80- йиллари). – Т., 2003 Б. 245 2 Dala tadqiqotlar Buxoro viloyati olot tumani chandir qishlog’I 2017 yil 3 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q, Xalq, so’zi. 1998 yil 28 iyul 4 Саотова С.А. Юқори Зарафшон воҳаси ўзбекларининиг никоҳ тўйи маросимлари диссертация Т.1999 36- 5 Hoshimov O’. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. – Toshkent: Sharq, 2009. 109 – bet. 6 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 4 жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2008. 229 бет. 8 Hoji Muin. To’y va aza marosimi haqinda // Mehnatkash tovushi, 1919. 22 – mart. 9 O’zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2005. 463 – bet. 10 O’zbek xalq ertaklari. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2006. 11 Alpomish. – Toshkent: Sharq, 2010. 12-bet. 12 Alpomish. – Toshkent: Sharq, 2010. 160 – bet. Download 113.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling