Министерства высшего и среднего специального образования республики узбекистан
Download 1.67 Mb.
|
1 2
Bog'liqBafoyev J 2-HGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBLAShGA DOIR KO‘RSATMALAR
- HISOBIY SEYSMIK KUChLARNI ANIQLASh
- RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent arxitektura qurilish universiteti «Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi» kafedrasi «BINO VA INShOOTLAR ZILZILABARDOShLIGI» fanidan “IKKI QAVATLI TYeMIRBYeTON KARKASLI SANOAT BINOSINI SYeYSMIK KUChLAR TA'SIRIGA HISOBLASh” mavzusidagi hisob-grafik ishlari to’plamini bajarishga doir USLUBIY KO‘RSATMA Toshkent – 2022 HISOBLAShGA DOIR KO‘RSATMALAR Zilzilaviy hududlarda quriladigan karkas(sinch)li bino va inshootlarni loyihalashtirish ishlari quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: a) karkas qismlarida doimiy va muvaqqat yuklar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash; b) karkas qismlarida seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash; v) karkas qismlarida qisqa muddatli yuklar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash; g) konstruksiyalarda hisobiy jamlama kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash; d) konstruksiya elementlarining hisobiy yuklar ta'siridagi mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish. Mazkur metodik ko‘rsatmalarda faqat seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlashga doir asosiy hisoblash qoidalari bayon etiladi. Seysmik kuchlar ta'siriga hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) quriladigan joyning seysmikligi va binoning hisobiy seysmikligi aniqlanadi; b) bino erkin tebranishlarining davr va shakllari hisoblanadi; v) binoga ta'sir etadigan hisobiy seysmik kuch topiladi; g) bino karkasi seysmik kuchlar ta'siriga hisoblanadi va hisobiy seysmik zo‘riqishlar aniqlanadi. HISOBIY SEYSMIK KUChLARNI ANIQLASh Hisobiy seysmik kuchlar deganda, zilzila jarayonida tebranayotgan binolarda vujudga keladigan gorizontal inersiya kuchlari tushuniladi. Ushbu kuchlar binoga statik ravishda qo‘yilgan deb qaraladi. Odatda, binolarni seysmik kuchlar ta'siriga hisoblash ishlari yaxlit bino uchun bir yo‘la amalga oshiriladi. Bunda binolar bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda alohida hisoblanadi. Agar bino takrorlanuvchi bir xil qismlardan tashkil topgan bo‘lsa, binoning birgina qismi hisoblansa kifoya. RASMIYLAShTIRISh TARTIBI Hisob-grafik ishi A-IV formatdagi (297x210 mm) varaqlarga siyohda yoziladi yoki elektron Microsoft Word formatda rasmiylashtirlishi mumkin. Chizma va epyuralar qo’lda bajarilganda qalamda yoki komp’yuter grafika dasturlari(AutoCad)da chiziladi. Muqova(titul)da ishning nomi, fakul’tet, kurs, talabaning ismi-sharifi to‘liq ko‘rsatiladi. VAZIFA Ikki qavatli sanoat binosining karkasida (1 va 2 rasmlar) seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlar aniqlansin. Hisoblash uchun kerakli ma'lumotlar shifrga ko‘ra 1-jadvaldan olinsin. Binoning karkasi bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda bikir tugunli rama shaklida qabul qilinsin. Rigellar tavr shakliga ega. Devorlari tasmasimon oynali panellardan iborat. Binoga ta'sir etuvchi vertikal normativ (me'yoriy) yuklar 2-jadvalda keltirilgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling