Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Tomirli ko`rinishga ega bo`lgan konlarda


Download 0.68 Mb.
bet14/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Tomirli ko`rinishga ega bo`lgan konlarda WO3 ning miqdori baland (0,5 – 2%) bo`ladi va zahirasi va qazib olinishi bo`yicha katta rol o`ynaydi.
Bu konlarda volframit, gyubnerit va sheelitning ko`p qismi uncha qalin bo`lmagan (joylashish qalinligi 0,3 – 1 m) kvartsli tomirlarda joylashadi. Yo`ldosh minerallarga quyidagilar kiradi: pirit, xalkopirit, molibden minerallari, qalay, mishyak, vismut va oltin.
SHtokverkli konlar kam miqdorda WO3 ga ega bo`lib, bu konlarning o`lchami va zahirasi juda kattadir. Ular kelajakda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Skarnli konlar asosan sheelit va molibdenitdan tashkil topadi. Bu turdagi konlar volframni qazib olish va zahirasi bo`yicha muhim rol o`ynaydi.
Kontakt turdagi konlar granit va oxaktosh jinslarining kontakti bilan bog’liq bo`lib, ular uchun sheelit skarnlari xarakterlidir. Ko`pincha sheelit bilan birgalikda molibden va povellit uchraydi. Bu turdagi konlar MDH davlatlarida, AQSH va Kanadada keng tarqalgan.
Sochma konlar zahirasi jihatdan katta rol o`ynamasada, lyokin volframni qazib olishda katta rol o`ynaydi. Tomirli konlarni nurashi ta`sirida volframit va sheelit yig’ilib, sochma konlar hosil qiladi. Volframitli sochma konlar tarkibida kassiterit uchraydi. Undagi WO3 ning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan miqdori (0,03 – 0,1% WO3) tomirli konlarga qaraganda aytarlicha kam. Lyokin ularni qayta ishlash ancha oson va iqtisodiy samaralidir. Volframitning eng yirik sochma konlari Xitoyda va Malayziyada joylashgan.
MDH davlatlarida volfram va molibdenning asosiy zahirasi skarnli konlarda joylashgan. Bu konlarning ko`p rudalari kompleks (Tirnauz, CHorux-Dayron, Mayxurin konlarida) bo`lib, uning tarkibida volframdan tashqari molibden, mis, qalay, rux, oltin, vismut uchraydi. Volfram va molibden skarnli konlarda asosan sheelit, molibdenit, povellit va molibdo-sheelit ko`rinishida uchraydi.
Volfram tomirli konlarda volframit (gyubnerit, ferberit), gohon sheelit ko`rinishida uchraydi.
Volfram boyitmalarining sifati boyitilayotgan rudaning xossalariga va boyitmani iste`mol qiluvchi sanoat korxonalarining talablariga bog’liq. Yupqa donador zarrachali foydali komponentlarga ega bo`lgan murakkab polimetal rudalardan yuqori navli boyitma olish juda qiyindir.
YUpqa donador zarrachali sheelit rudalari odatda flotatsiyalanadi. Ruda tarkibida boshqa kaltsiytarkibli engil flotatsiyalanuvchi minerallar – kaltsit, flyuorit, apatit, barit, dolomit, talk va boshqalar bo`lganda yuqori navli boyitma olish og’irlashadi. Ruda tarkibida povellit SaMoO4 uchraganda esa minerallarni selektiv ajratish qiyinlashadi.
YUqori navli volfram boyitmasini olishda yirik donador zarrali volfram rudalari, asosan volframitli sochma kon rudalari muhim rol o`ynaydi. Volfram boyitmalarida zararli qo`shimchalar fosfor, oltingugurt, mishyak, qalay, mis va boshqalar hisoblanadi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling