Muqaddima
“Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyalari” fani foydali qazilmalarni boyitish yo`nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar uchun o`qitiladigan, talabalarning kasbini belgilovchi eng asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Talabalar bitiruv ishining kattagina qismi mana shu fan asosida bajariladi.
Ma`ruzalar matnida har qaysi foydali qazilmalar minerallarining xossalari, qo`llanilish o`rinlari, ularning minerallari va rudalari, boyitishning an`anaviy usullari – gravitatsiya, flotatsiya haqida nazariy ma`lumotlar, bu jarayonlarda ishlatiladigan dastgohlarning tuzilishi, ishlash tartibi, ularning asosiy texnologik parametrlari, bu jarayonlarga ta`sir qiluvchi omillar atroflicha talqin qilingan, boyitish jarayonlari va dastgohlarni takomillashtirishning mumkin bo`lgan yo`nalishlari ko`rsatilgan.
Taqdim etilayotgan to`plam mualliflarning «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyalari» fani bo`yicha o`zbek tilida o`qiyotgan ma`ruzalari asosida tuzilgan.
Shu kungacha «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyalari» fanidan o`bek tilida yozilgan adabiyotning kamligi, ayrim texnik atamalarning tarjimasi hali qabul qilinmaganligi sababli, to`plamda yo`l qo`yilgan so`z tuzilishidagi kamchiliklarni e`tirof etib, ular haqida fikrlar ko`rsatilsa, mualliflar mamnuniyat bilan qabul qilgan bo`lar edi.
Ma`ruza №1. Kirish. Foydali qazilmalarni xalq xo`jaligidagi o`rni. Mis rudalarini boyitish texnologiyasi
Reja:
1. Misning asosiy xususiyatlari va qo`llanilish sohalari.
2. Misning minerallari va rudalari.
3. Misning flotatsiyalanish xususiyati.
4. Boyitishning texnologik sxemalari.
Foydali qazilmalar xalq xo`jaligining asosi hisoblanib, hech bir soha yo`qki, foydali qazilmalar yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar qo`llanilmasa.
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya`ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo`jaligida keyingi ishlatish uchun qo`yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi.
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo`shimchalar, yo`ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |