Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Ma`ruza №2. Mis-rux rudalarini boyitish texnologiyasi


Download 0.68 Mb.
bet6/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Ma`ruza №2. Mis-rux rudalarini boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Ruxning asosiy xususiyatlpri va qo`llanilish sohalari.
2. Ruxning minerallari va rudalari.
3. Ruxning flotatsiyalanish xususiyati.


1. Rux- D.I. Mendeleev davriy jadvalining II guruhiga kiruvchi kimyoviy element bo`lib, uning atom nomeri 30, nisbiy atom massasi 65,3 ga teng. Geksogonal kristall panjaraga ega. Ruxning zichligi 7,1 g/sm3.
Ruxning o`rtacha tarkibi er yuzasida 8,3∙10-3 %. Su-Zn qotishmasi hisoblangan latun qadimdan insoniyatga ma`lum. Metall holdagi rux birinchi marta 1746 yili Angliyada olingan.
Rux faol metall va yaxshi tiklovchi, uning oksidlab-tiklovchi potentsiali 0.76 V. erish harorati 419,5 oC, qaynash harorati 906 oS. Ruxning qattiqligi Moos shkalasida 2,5-2,9 ga teng.
Tabiatda rux faqat turli xil minerallarda birikma holida uchraydi va erkin holda uchramaydi. Rux 100-150 oC haroratda egiluvchan va cho`ziluvchan xususiyatga ega bo`ladi, 200 oC dan yuqori haroratda esa mo`rtlashadi va diamagnitli xususiyatga o`tadi. Ruxning qo`rg’oshin yoki mishyak bilan ifloslanishi uning mo`rtlashishga olib keladi.
Ruxning juda kup qotishmalari aniklangan: Al, Cu, Sn, Mg, Ca, Ni, Pb, Cd, Fe, Ag, Hg, Au, Pt, W va boshqa metallar bilan.
Havoda 100 oC haroratda karbonatli qobiq bilan qoplanadi va rangsizlashadi.
Nam havoda uglerodli gazlar ishtirokida rux asosiy karbonatlar hosil qilib, odatdagi haroratda ham parchalanadi. Kuchli kislotali minerallari ruxni tuzlar hosil qilgan holda yaxshi eritadi.
Rux III analitik guruhga kirib, kationlari qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiladi. Rux sulfidi boshqa III guruh elementlariga nisbatan (Ai,Fe,Co,Ni) aytarli drajada qiyin eriydi.
Jahon miqyosida olinayotgan ruxni qariyb 40% ruxlantirishga, ya`ni ruxni yupqa qatlam qilib (10 – 50 mkm) temir va uning qotishmalari yuzasiga atmosfera korroziyasini oldini olish maqsadida qoplashga sarflanadi.
O`zining yaxshi quyma olish va past haroratda erish xususiyatlaridan kelib chiqib, rux turli xil, asosan alyuminiy, mis, magniy bilan qotishmalar tayerlashda keng ishlatiladi. Bu qotishmalar o`ta baland bo`lmagan erish harorati, yaxshi oquvchanligi, bosim ostida oson ishlov beriluvchanligi, payvandlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Rux qo`rg’oshinni nodir metallardan tozalashda ishlatiladi, kimyo-metallurgiya jarayonlarida tiklovchi sifatida qo`llaniladi. Uning birikmalari juda muhim yarimo`tkazgichli material va lyuminofora hisoblanadi. Metalli rux kumushni ko`rg’oshinli kumushdan ajratib olishda va galvanik elementlar tayyorlashda qo`llaniladi.
Butun er yuzasi bo`ylab olingan ruxning umumiy miqdori (1978y) 4578 ming.tonnani tashkil qilgan. Eng ko`p ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga Kanada, AQSH, Avstraliya, Peru, Yaponiya va Meksika kirsa, ko`p ishlatuvchilar AQSH hisoblanib, 1978 yilda 1140 ming t. rux ishlatilgan, shuning 40% ruxlantirishga ishlatilgan. 32,5% eritma tayyorlashga, 11.5% latun va bronza olishda qo`llanilgan. Ruxning taxminan 10%i rux oksidi olishda ishlatiladi.


2. Tabiatda tarkibida rux bo`lgan 66 ta minerallar aniqlangan, biroq uning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan minerallari bu sulfidli rudalarda sfalerit, oksidli rudalarda esa smitsonit va kalamindir.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling