Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


-jadval. Rux minerallarining qisqacha tasnifi


Download 0.68 Mb.
bet7/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

4-jadval. Rux minerallarining qisqacha tasnifi

Minerali

Formulasi

Ruxning miqdori, %

Zichligi,
g/sm3

Qattiqligi

Sfalerit

ZnS

67,1

3,5 – 4,2

3 – 4

Smitsonit

ZnCO3

59,5

3,5 – 3,8

2,5

Kalamin

2ZnO∙SiO2∙H2O

53

3,4 – 3,5

4 – 5

TSinkit

ZnO

80,3

5,7

4

Villemit

2ZnO∙SiO2

59,1

4,1

5 – 6

Franklinit

(Zn,Mn) O∙Fe2O3




5 – 5,2

6



Sfalerit, ZnS – ruxning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan asosiy minerali. U odatda gidrotermal zalejlarning barcha turlarida uchraydi. Izomorfli zararli qo`shimchalar ko`rinishida temir (26%), marganets, kadmiy, galliy, germaniy, indiy, kobolt va simob uchraydi. Temir bilan boy bo`lgan sfaleritnang turi –martit, tarkibidagi temir miqdoriga qarab qo`ng’ir, jigarrang yoki hatto qora rangi bilan ajralib turadi.
Oddiy sulfidlar orasida eng yomon elekt o`tkazkich sfalerit hisoblanadi.
Sfaleritning strukturasi (3-rasm) oltingugurt atomidan tashkil topgan zich-kub qadoq bo`lib, tetraedrik bushliqlarda rux atomlari joylashgan. Sfalerit yaltirashi olmosdek.
Toza sfaleritning solishtirma qarshiligi 1012 Om∙m. Ayrim sfaleritning elekrt o`tkazishi tarkibidagi keraksiz qo`shimchalar bilan tushiniladi, ayniqsa, temir, ion radiusi ruxniki bilan o`zaro yaqin bulib, uni izomorf kristall panjaralarda almashtiradi.





3-rasm. Sfaleritning kristall panjarasi.


Smitsonit ZnCO3 birlamchi sulfidli rux rudalari konlarining oksidlangan zonasi minerali. U tabiiy karbonatlar guruhiga kiradi: tarkibida temir, marganets, kadmiy, kobalt, magniy, qo`rg’oshin kabi keraksiz qo`shimchalar uchraydi. Oq rangdan sarg’ish ranggacha, gohon qo`ng’ir rangda buladi.
Kalamin yoki gemimorfit, galmey, 2ZnOSiO2H2O suvli rux silikatlariga kiradi. Rux-qo`rg’oshin kondarida oksidlanish zonalarida hosil bo`ladi. Rangi oqdan to yashimtir va ko`kimtirgacha bo`ladi( mis qo`shimchalari bilan). Mis-rux rudalarining zahiralari ko`proq MDH davlatlarida, Kanada, Finlyandiya, Norvegiya va Yaponiyada uchraydi.


3. Sfaleritning flotatsion xususiyati to`liq o`rganilgan. Uning flotatsiyalanuvchanligi juda ko`p izlanishlar (kristall pancharalar tarkibiga kirgan keraksiz izomorf qo`shimchalardan tortib, to tarkibiy qismigacha) natijasida o`rnatilgan. Ular sfaleritni yiguvchilar, faollashtiruvchilar va tazyiqlovchilar bilan aloqasiga ta`sir ko`rsatadi.
Sfaleritning flotatsiyalanishiga ikki valentli temirga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Biroq sfaleritning flotatsiyalanishi va uning tarkibidagi temirning miqdori (64-19,5%) orasidagi bog’liklik kuzatilmaydi. Sfaleritning flotatsiyalanish xususiyati nafaqat keraksiz qo`shimcha bo`lgan temirning miqdoriga, balki, uning qanday shaklda (izomorfli keraksiz kushimchalar yoki pirrotining emul’sion donadorligiga) uchrashiga ham bog’liq. Keraksiz qo`shimcha bo`lgan temirning shakli izomorfli shaklida bo`lganda sfaleritning flotatsiyalanuvyaanligi temirning kamayishi bilan oshib boradi. Agar temir pirrotin ko`rinishida bo`lsa, bunday bog’liqlik kuzatilmaydi.
Tarkibida temirning miqdori kam bo`lgan sfalerit yaxshi flatatsiyalanadi. Sfaleritning kristall panjaralardagi temir miqdorining oshib borishi faollashtirilmagan sfaleritning flotatsiyalanish qobiliyatini pasaytiradi, chunki, ksantogenatning biriktirish qobiliyatini pasaytiradi. Faollashtirilmagan sfaleritning yangi ochilgan yuzasi etarli darajada tabiiy flotatsiyalanuvchanlik kasb etib, nordan muhitda ham birgina ko`pik hosil qiluvchi yordamida yaxshi flotatsiyalanadi.
Uglevodorod qo`shimchalari, masalan, kerosin, shunaqa sfaleritning flotatsiyalanishini oshiradi. Sfaleridning yuzasini oksidlanishi boshqa sulfidlarga qaraganda uning flotatsiyalanishini pasayishiga olib keladi, bu esa yuzalar gidratatsiyasini oshiruvchi SO42- va Zn2+ ionlarini hosil bo`lishini ta`kidlaydi. Rux sulfidlarining oksidlanish maxsusotlariga pH 5-5,2 bo`lganda rux karbonati ZnSO3, pH ko`rsatkichi yuqori bulganda Zn(ON)2 lar kiradi. Neytral, kuchsiz nordon va kuchsiz ishkorli muhitda sfaleritning oksidlanishining ikkala mahsulot xam tarkibida bo`ladi. Agar sfalerit tarkibida temir bo`lsa, unda oksidlanish reaktsiyasi maxsulotnda Fe (ON)3, Fe (ON)2 va FeSO3 uchraydi.
Oliy ksantogonatlar faollantirilmagan sfaleritlarni yaxshi flotatsiyalay oladi. Biroq, odatda sfaleritning flotatsiyalanuvchanligini oshirish uchun yiguvchilar bilan birikishidan oldin uni faollashtirish zarur. Sfaleritning eng yaxshi faollantiruvchilari bu ogir metallarning tuzlari, ular ksantogenatlar bilan ruxga nisbatan murakkab eriydigan birikmalar hosil qiladi. Qariyb, barcha sfaleritni kayta ishlash boyitish fabrikalarida , sfaleritni faollashtirish uchun mis kuporosi qo`llaniladi. Faollanish sfaleritning kristall panjarasidagi rux kationarini mis kationi bilan o`rin almashinuvi evaziga sodir bo`ladi va qo`yidagi reaktsiyada boradi:



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling