Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Download 0.68 Mb.
bet8/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

ZpS]zh2++Su2+ ZnS]Su2++Zn2+.

CuS monoqatlami hosil bo`lishi bilan almashinuv to`xtaydi. Misning maksimal adsorbsiyalanishi pH 6 bo`lganda kuzatiladi. Tarkibida kam miqdorda temir bo`lgan sfaleritni flotatsiyalash uchun uning yuzasida 22-25% ga yaqin CuS monoqatlam so`rilishi etarli hisoblanadi. Tarkibida ko`p miqdorda temir bo`lgan sfalerit uchun o`ta mustahkam sorbtsiyali qatlam zarur. Mis ionlari bilan sfaleritning boshlangich faollashtirish yig’uvchi reagentning so`rilishini oshiradi va uning birlashish mustahkamligi ancha oshiradi.


Faollantirilgan sfalerit tsianidlar bilan tazyiqlanadi. Bu faollashtiruvchi mis ionlarini sfalerit yuzasidan yo`qotish orqali amalga oshiriladi.
Amaliyotda selektiv flotatsiyalashda sfaleritni tazyiqlash uchun tsianid va rux kuporosini birgalikda qo`llash juda keng tarqalgan, ularning ta`siri sfaleritda hosil bo`lgan ksantogenatlarning erishi bilan bog’liq. Sfaleritni tazyiqlashda tsianid va rux kuporosi aralashmasining nisbati 1:2 dan 1:10 gacha oraliqda bo`lib, pH 7,5—9 muhitda tsianidning sarfi 1 t rudaga 25—150 g ni tashkil etadi.
Bulardan tashqari flotatsiya amaliyotida sfaleritni taniqli tazyiqlovchilariga sulfidli gazlar sulfid kislotasi, natriy sulfidti va bisulfiti, shuningdek natriy sulfidi va rux kuporosi qo`shilmalari kiradi. Oksidlangan rux minerallari, ayniqsa smitsonit va kalamin juda yomon sulfadlanadi. Bundan tashqari, bu minerallar rangli metallar rudalarida oksidlanish zonalarida uchraydi. U erda faqat oddiy temirdan iborat minerallar (limonit) emas, balki eriydigan tuzlar ham bo`lib, ular oksidli minerallarni flotatsion xususiyatini tenglashtiradi va ularning selektiv flotatsiyalanishini birqancha murakkablashtiradi.
Oksidlangan rux minerallarining sulfidilash jarayoni natriy sul’fidi bilan amalga oshirilib, u kichik rN muhitda va 50—60 °C haroratda faollashtiruvyai reagent (mis kuporosi) ishtirokida bir kancha yaxshilanadi. Bunday sharoitda smitsonit va kalaminni sulfidlantirilgandan keyin ksantagenatlar bilan flotatsiyalanishi mumkin.
Smitsonit va kalaminni flotatsiyalanishining eng yuqori natija berishi kation yig’vchilarini (birinchi navbatda to`g’rizanjirli alifatik aminlarni) qo`llanilishi orqali ta`minlanadi. Bu yig’uvchilarning adsorbtsiyalanishi minerallarni mis kuporosi yoki natriy sulfidi bilan ishlov bkrilgandan keyin yaxshilanadi. Bu Italiya fabrikalaridagi amaliyotlarda ma`lum bo`ldi.
Mis-rux rudalari selektiv flotatsiya o`tkazish nuqtai nazaridan qaralganda murakkab hisoblanadi. Yuqorida ta`kidlanganidek, bu ularning murakkab moddiy tarkibi bilan, qimmatbaho minerallarning donadorlik xarakteristikasiga va mis va rux minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlarning bir biriga yaqinligi bilan izzohlanadi. Mis-rux rudalari tug’ri selektiv yoki kollektiv-selektiv flotatsiya sxemalarida boyitiladi.
Tug’ri selektiv flotatsiyada yanchish jarayoni 85-95% -0.074 mm sinfgacha etkazilishi, ya`ni mayindispers xalkopirit, sfalerit va piritning yuzalari ochilishi zarur. YAnchishga xalkopiritni flotatsiyalash va sfalerit va piritni tazyiqlash uchun reagentlar qo`shiladi. Mis flotatsiyasi chiqindilaridan sfaleritni mis kuporosi bilan faollantirilgandan keyin rux boyitmasi olinadi. Bunday sxema yirik donador mis-rux rudalarini flotatsiya qilishda mis minerallari asosan xalkopirit ko`rinishida bo`lganda, sfalerit esa mis ionlari bilan faollantirilmagan bo`lganda qo`llanadi.
Mis-rux rudalarini selektiv flotatsiyasi Sibay fabrikasida (MDH), «Rutten», «Foks», «Ekstol» va «Kvemont» (Kanada) fabrikalarida, hamda Finlyandiya va Norvegiya fabrikalarida qo`llaniladi.
Mis boyitmasini sifatini oshirish maqsadida uni qayta tozalash jarayonidan oldin yanchiladi. YAnchishdan so`ng yanchilgan boyitma odatda alohida tsiklda flotatsiyalanadi. Boyitma qayta tozalashga, chiqindi esa chiqindi saqlash joyiga yuboriladi.
Yirik donador rudalar kollektiv flotatsiyadan oldin 45-60% – 0,074 mm o`lchamda dag’al yanchiladi, bunda sulfidli minerallarning asosiy qismi puch tog’ jinsi minerallaridan ajratiladi. Yaxlit rudalarni qayta ishlashda sulfidlarni kollektiv flotatsiyasi 85-90% – 0,074 mm sinfgacha yanchilgandan so`ng va piritning asosiy qismini tazyiqlash maqsadida albatta oxakli muhitda (200-500 g/m3 erkin SaO) o`tkaziladi. Yig’uvchilar sifatida fabrikalarda asosan ksantogenat va ditiofosfatlar (150-200 g/t), ko`pik hosil qiluvchi sifatida esa T-66 qo`llaniladi.
Agar rudada sfaleritning iiki xil turi uchrasa, unda kollektiv boyitmaga avval mis sulfidi va yuqori faollangan sfalerit ajratiladi, qolgan sfalerit rux fltatsiyasida mis kuporosini bilan faollantirilgandan so`ng ajratib olinadi.
Kollektiv mis-rux boyitmasi ajratilishidan avval albatta oxakli muhitda yanchiladi va natriy sulfid (0,2-3 kg/t rudada) hamda faollantirilgan ko`mir (0,3 kg/t) yordamida desorbtsiyalanadi.
Desorbtsiya chanlarda kattiklik miqdori 55-60% bo`lganda o`tkaziladi.
Kollektiv miis-rux boyitmasi tsianidli va tsianidsiz usul bilan ajratilishi mumkin. Birinchi ko`rinishda yanchishda tegirmonga yoki changa mis flotatsiyasidan oldin tsianid aralashmasi va rux kuporosi beriladi. Ikkinchi ko`rinisha esa, tsianid natriy sulfidi yoki natriy tiosulfati bilan almashtiriladi, u rux kuporosi bilan birgalikda sfaleritning yaxshi tazyiqlovchisi hisoblanadi. Urarning sarfi odatda quyidagicha, kg/t rudada: 0,1—0,2 natriy sulfidi; 0,2—0,3 natriy tiosulfati va 0,3—0,5 rux kuporosi.
Mis flotatsiyasi ksantogenat va ko`pik hosil qiluvchi reagent ishtirokida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonida mis boyitmasining sifatini oshirish maqsadida natriy sulfidi, rux kuporosi va albatta oxak (500—700 g/m3 erkin CaO) qo`shiladi. Mis flotatsiyasining chiqindilaridan mis kuporosi (0,1—0,3 kg/t) bilan faollantirilgandan so`ng sfalerit flotatsiyalanadi. Piritni tazyiqlash uchun asosiy rux flotatsiyasida bo`tanaga 800-1000 g/m3 gacha erkin CaO, qayta tozalash flotatsiyasida esa 1100—1200 g/m3 gacha erkin CaO qo`shiladi.
Kolchedanli mis-rux rudalarini flotatsiyalashda rux flotatsiyasining chiqindisi ko`p hollarda tayyor pirit boyitmasi hisoblanadi, donador rudalar flotatsiyasida esa pirit tarkibli chiqindilar olinadi, ular kuchsiz nordon muhitda flotatsiyalanib, pirit boyitmasiolinishi mumkin.
Agar olinayotgan rux boyitmasida ruxning miqdori 37-40% dan oshmasa, unda u missizlantirish va temirsizlantirish jarayonlariga yuboriladi. Bunda olingan rux boyitmasi 60 % qattiqlikkacha quyultirilgandan so`ng yanchiladi, agar bu zarur bo`lsa. Quyultirgichda yuviladi, soda va rux kuporosi bilan aralashtirilib, pH 7-8 muhitda mis-pirit flotatsiyasiga yuboriladi. Kupikli mahsulot - mis-pirit boyitmasi tayyor mis boyitmasi bilan birlashadi, kamera mahsuloti esa maromiga etgan rux boyitmasi hisoblanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling