Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Ma`ruza №3. Milibden va mis-molibden rudalarini boyitish texnologiyasi


Download 0.68 Mb.
bet9/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Ma`ruza №3. Milibden va mis-molibden rudalarini boyitish texnologiyasi
Reja:
1. Molibdenning asosiy xossalari va qo`llanilishi.
2. Molibdenning ruda va minerallari.
3. Milibden va mis-molibden rudalarini flotatsiya usulida boyitish sxemalari va reagent rejimi.


1. Molibden Mendeleev davriy sistemasida 6 guruhga mansub metalldir. U kumushran-oq mettall, zichligi 10,2 g/sm3 ga teng.
Molibdenning erish harorati 2625 oC, qaynash harorati – 4880 oC. Molibden yuqori emirilishga bardoshli metall, egiluvchan, past kontsentrlangan sulfat kislotada, xlorid kislotasida, ishqorda erimaydi, kuchli nitrat kislotada kam eriydi, qaynoq sulfat kislotasida, shoh arog’ida va nitrat-sulfat kislotasi aralashmasida oson eriydi.
Tozalanmagan metall holidagi molibden birinchi bo`lib 1870 yilda Xel’mom tomonidan olingan. Sof holdagi molibdenni birinchi bo`lib 1910 yilda olingan.
O`zining fizik va kimyoviy xossalari sababli molibden metali zamonaviy texnologiyaning ko`p sohalarida qo`llaniladi. Ishlab chiqarilgan metallning 90-95 % i metallurgiyada ishlatiladi. Moliden po`lat va cho`yan qotishmalari olishda ligerlovchi qo`shimcha sifatida ham keng qo`llaniladi.
Po`lat quyish sanoatida molibdenning 3 oksidi, temir molibdeniti va CaMoO4 shaklida qo`llaniladi. Maxsus po`latlarda molibdenning miqdori 0,2-1,2% dan 8% gacha etadi. Molibdenning temirli qotishmalardan tashqari ko`plab titanli, xromli, vanadiyli, vol’framli, nikelli va kobal’tli qotishmalarini uchratish mumkin. Qotishmalarga molibdenning qo`shilishi ularning tarkibini, mexanik mustahkamligini, emirilmaslik xossalarini va erish haroratini oshiradi.
So`nggi yillarda molibden ishlab chiqarishning o`rtacha ko`rsatgichi 85 ming tonnani tashkil qildi. Xususan AQSH da (60ming.t.), Kanadada (15 ming.t.), Chilida (10 ming.t.) yiliga.
Kam miqdordagi molibdenni YAponiya, Argentina, Meksika, Nigeriya, Peru, Ispanii va MDH davlatlari qazib oladi. Kelgusida molibden qazib olish yiliga 115-120 ming tonnaga etishi kutilmoqda. Molibdenning asosiy iste`molchilari AQSH da (30ming.t.yiliga), Buyuk Britaniya (4,50 ming t.yiliga), Frantsiya (4,6 ming t. yiliga), YAponiya (11,5 ming t. yiliga), Germaniya, SHvetsiya, Italiya, Kanada (1.8 ming t.yiliga) hisoblanadi.
Sof holidagi metall radiotexnika va elektrotexnikada, radiolampalarda, rentgen quvurlarida, raketasozlikda, atom reaktorlarida, kimyo, meditsina tarmoqlarida keng qo`llaniladi.
Jahon bozorida 1 t. molibden metalining narxi 7 ming AQSH dollarni tashkil etadi.

2. Molibden noyob metallar turkumiga mansub bo`lib, er sharida kam tarqalgan (1,710 - 4 %). Er qobig’ida molibden ko`p miqdorda oltingugurt va kam miqdorda kislorod bilan bog’langan shaklda bo`ladi.
Molibden rudalarida to`rt valentli sulfid molibdenit minerali shaklida MoS2 uchraydi, kislorodli birikmasi esa olti valentli povellit minerali shaklida CaMoO4 uchraydi.
Rudalar tarkibida molibdenning 20 ga yaqin minerali uchraydi, ammo ulardan faqatgina 4 tasi sanoat ahamiyatiga molik hisoblanadi (5-jadval), ulardan: molibdenit, povelit, ferromolibdit (molibdenit), vul’fenit. Jahonda qazib olinadigan molibdenning 98% molibdenitning hissasiga to`g’ri keladi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling