. Lipidlar gidroliz mahsulotlarning so’rilishi. - Lipidlar gidroliz mahsulotlarning so’rilishi o’ziga xos xususiyatga ega. Yog’ kislotalarining so’rilishi uglevododrod zanjirlarining uzunligiga bog’liq.
- Qisqa zanjirli yog’kislotalari (10-12 uglerod atomlarigacha) ichak epiteliysiga yengil diffuziya orqali transport qilinadi.
- Uzun zanjirli yog’ kislotalari (14 uglerod atomlaridan ko’pi) o’t kislotalari bilan transport komplekslari hosil qiladi. Bu komplekslar xolein kislotalari deb ataladi. Bu shakldagi yog’ kislotalari ichak epiteliysiga membranalar orqali o’tadi. Buni yengil transport deb hisoblash mumkin bunda o’tkazuvchi vazifasini yog’ kislotalari bajaradi. Ichak devori ichida xolein kompleksi parchalanadi va o’t kislotalari portal vena va jigarga tushadi. Ular jigardan qayta o’t bilan ichakka qayta tushadi. Bu doira ichak-jigar o’t kislotalari sirkulatsiyasi deb ataladi.
- Bundan tashqari, glitserin, fosfatlar natriyli va kaliyli tuzlari shaklida, xolin va boshqa spirtlar, sfingozin va xolesterin oson so’riladi. Ularning bunday oson so’rilish xususiyati hali ma’lum emas. Ularning b’azi birlari passiv transport shaklida so’rilsa bazilari o’zkazuvchilariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |