Ovqat hazm qilish fermentlari to'rt guruhga bo'linadi : - Uglevodlarni hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar (amilolitik yoki glyukanolitik fermentlar);
- Oqsillar va peptidlarni hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar (proteolitik fermentlar);
- Nuklein kislotalarni (nukleazalar yoki nukleolitik fermentlar) va nukleotidlarning gidrolizini hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar;
- Lipidlarni hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar (lipolitik fermentlar).
- Uglevodlar hazmlanishi og'iz bo'shlig'ida so'lak α-amilazasi ta’sirida boshlanadi. α-Amilaza bitta polipeptid zanjiridan iborat bo’lib, kalsiy bilan barqarorlashadi, pH ko’rsatgichi 7,1 ga teng bo’lib, xlor ionlari bilan faollashadi. α-amilaza β- va γ-amilazalardan farqli o'laroq polisaxaridlarning a-1,4-glikozid bog’larini gidrolizlaydi. β-amilaza o’z navbatida polisaxarid oxiridan disaxarid maltozani, γ-amilaza esa monosaxarid glyukozani ketma-ket ajratib turadi. Shuning uchun bu amilazalar ekoamilaza hisoblanadi. γ-amilaza jigar to'qimasida mavjud bo’lib, glikogenning parchalanishida ishtirok etadi (inson tanasida β-amilaza yo'q; u bakteriyalar tarkibida bo’ladi).
- Oshqozon α-amilazasi oshqozon kislotali muhitni inaktivlaydi va uglevodlarning hazm bo'lishi to'xtadi. Ichakda og’iz bo’shlig’ida hosil bo’lgn α-limitdekstrindan tashqari barcha polisaxaridlar monosaxaridlargacha to'liq gidrolizlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |