Miniven tipidagi avtomobil kuzoviga havoning qarshilik kuchini aniqlash


Download 93.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi93.86 Kb.
#1568501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maqola jurnAL 2023

2.2.5. Dinomometr
Sinov natijalari aniq chiqishi uchun tenzometrik turidagi dinomometrlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari elektromagnitli yuklanishni oʻlchash 
vositalari ham qoʻllanilmoqda. Sinalayotgan model va dinomometr orasida magnit 
oqimi orqali natijalar olinadi. Lekin sinov modelini magnitli materialdan va sinov 
maydonini nometall materiallardan tayyorlash birmuncha qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Tenozmetrik tipdagi dinomometrlar bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan oʻlchami 
kichik ikkinchidan esa yuqori aniqlikka ega. Ushbu dinomometrlardan foydalanish 
qulayligi va soddaligi uchun koʻplab tadqiqotchilar tomonidan foydalanilmoqda. 
Aerodinamik tadqiqotlarda aynan tenzometrik turdagi dinomometrlar qoʻllaniladi [15].
Tenzometrik datchik oʻrnatilgan tayanchga tushgan kuch natijasida deformatsiyalanadi 
va undagi tok qarshiligi oʻzgaradi. Sezgir sxema yordamida qarshilik qiymati 
aniqlanadi va mos ravishda kuchlanish qiymatiga integratsiyalanadi. 
 
3.TAJRIBA METODI 
Yopiq ishchi qismli va ochiq konturli aerodinamik truba tok manbasiga ulanadi. Talab 
etiladigan kuchlanish 200-220V. Sinov stendida oqimning qiymatini oʻzgartirishga 
ventilatorga kelayotgan kuchlanishni oʻzgartirish orqali erishiladi.
Sinalayotgan model ishchi qismga oʻrntiladi. Bunda modelning boʻylama oʻq chizigʻi 
oqim yoʻnalishiga paralelligi ta’minlanishi kerak.
Dinomometr va anemometr ishchi holatga tushiriladi, soʻngra havo oqimini hosil 
qilinadi. Ya’ni ventilatorga kuchlanish beriladi. Dastlab past diapozonlarda, sekin asta 
yuqori diopozonlarga oshirib boriladi. Har bir bosqichda havoning tezligi va yuklanish 
qiymati qayd etib boriladi. 
Sinov uchun minivan tipidagi avtomobilning masshtablashtirilgan modeli tanlab 
olindi. Modelning old yuzasi - 12213mm
2
.



Download 93.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling