Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Download 68.3 Kb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi68.3 Kb.
#1707735
1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot

Bank tarixi:
2006-yilda Tadbirkor bank negizida Mikrokreditbank tashkil etildi.
2007-yilda Mikrokreditbank Polshadagi Halqaro Mikromoliyalash Markazi a'zoligiga qabul qilindi.
2008-yil yakunlari bo‘yicha “Fitch Ratings” kompaniyasi xulosasiga ko‘ra bankning reytingi “B-” Barqaror deb baholandi.
2009-yilda “PricewaterhouseCoopers” auditorlik kompaniyasi tomonidan Mikrokreditbank faoliyati yuksak baholandi.
2010-yilda Mikrokreditbank Osiyo Bankirlari Uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi. Shu yili London shahrida bo‘lib o‘tgan “Bank of The Year Awards-2010 ” taqdimot marosimida “Financial Times” kompaniyasi tomonidan “2010 yilda O‘zbekistonning Eng yaxshi banki” deb e'tirof etildi.
2011-yilda “MICROFINANZA RATINGS” kompaniyasi bank reytingini “sBB” deya baholadi hamda “Fitch Ratings” reyting ko‘rsatikichi esa “B-”da “B” ga oshirildi.
2012-yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan, «Child and Youth Finance International» birinchi butunjahon sammitida “Mikrokreditbank” yoshlar uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yetakchi banki sifatida e'tirof etildi.
2014-yilda Qishloq ho‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD) va Ispaniya trast fondi bilan sub-qarz mablag‘larini ajratish bo‘yicha kreditlash kelishuvi imzolandi.
2017-yilda Mikrokreditbank nufuzli “MIX-MARKET” agentligi (AQSH) tomonidan 5 olmosli mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bank” sifatida e'tirof etildi.
2020-yilda Mikrokreditbank “Global banking & Finance Awards-2020” tanlovining “Mijozlarning bank xizmatidan qoniqishi va mamnunligi” (Customer Satisfaction & Happiness Awards) nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.
2021 yilda, “Mikrokreditbank” ATB ISO 9001:2015 Sifat Menejmenti Tizimi bo‘yicha Sertifikatiga ega bo‘ldi.
2009-yilda “PricewaterhouseCoopers” auditorlik kompaniyasi tomonidan Mikrokreditbank faoliyati yuksak baholandi.
2007-yilda Mikrokreditbank Polshadagi Halqaro Mikromoliyalash Markazi a'zoligiga qabul qilindi.
2008-yil yakunlari bo‘yicha “Fitch Ratings” kompaniyasi xulosasiga ko‘ra bankning reytingi “B-” Barqaror deb baholandi.
2007-yilda Mikrokreditbank Polshadagi Halqaro Mikromoliyalash Markazi a'zoligiga qabul qilindi.

Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining missiyasi, maqsad va vazifalari


“Mikrokreditbank” ATB ning missiyasi - Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
“Mikrokreditbank” ATB ning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:

  • Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;

  • Bank infratuzilmasini takomillashtirish;

  • Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish;

  • Bank faoliyatini avtomatlashtirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;

  • Xodimlar malakasini oshirish.

Barcha qatlamdagi insonlarga moliyaviy ko‘mak berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik, ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, insonlar turmush darajasini oshirish va keng ko‘lamdagi zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatib mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Bank o‘z faoliyatini mijozlar talablarini to‘liq qondirish, zamonaviy va raqobatbardosh moliya muassasasiga aylanish, xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘z oldiga maqsad deb qo‘ygan.
Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari:

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi va sharoitlarini rivojlantirish;

  • Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

  • Moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish;

  • HR funksiyalarini rivojlantirish;

  • Biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;

  • Sotuv tarmoqlari va bank mahsulotlarini rivojlantirish.

Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi


Tashkiliy tuzilma yoki tashkiliy model. Bu kompaniyani vakolat, aloqa vositalari, vazifalar va resurslarni taqsimlash yo'nalishlarini o'z ichiga olgan ma'lumot bazasi orqali belgilaydi. Faoliyat (vazifalarni belgilash, muvofiqlashtirish va nazorat) maqsadlarga erishish uchun qanday yo'naltirilganligini aniqlaydi. Barqaror raqobatbardosh ustunlikka erishish uchun tashkilotlar samarali, moslashuvchan va innovatsion bo'lishi kerak.

Bu tuzilma boshqaruv turlarining muntazam - funksional turi hisoblanadi.
Boshqaruvning muntazam - funksional tizimi turida muntazam - funksional va shtabli bo‘linmalar qo‘llaniladi. Bu bo‘linmalar o‘rtasida har xil o‘zaro bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamining doimiy ravishda o‘sishi, boshqaruv mehnatining yanada murakkablashishi, yangi boshqaruv vazifalarining ajralib chiqishi bo‘linmalar ixtisosining chuqurlashishiga olib keladi. Bu esa boshqaruv mehnatini samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Boshqaruvning muntazam funksional tuzilishining foydali tomoni aniq ish natijalariga javobgar mas’ul shaxslarning mavjudligidan, xodimlarning kasb mahoratini o‘sishidan iborat.
Doimiy o‘zgaruvchi ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga ko‘nikmaslik darajasini balandligini, mustaqillik va rasmiyatchilikka moyillik, teng huquqli yopiq bog‘lanishlar muvofiqlashtirilishining murakkabligi, ishlab chiqarish birlashmasi yiriklashgani sari buyruqbozlik kuchayishlar muayyan boshqaruv tizimining kamchiligi hisoblanadi. Kamchiliklarga qaramay mazkur boshqaruv tizimi respublikamiz sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan. Hozirgi vaqtda barcha korxonalar, zavodlar, kombinatlar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida mazkur boshqaruv tizimini qo‘llamoqdalar.

O’zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyatining xodimlar harakati


Kadrlar siyosati. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari, taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati avvalo, kadrlar zaxirasini to‘g‘ri tanlash, shakllantirish va boshqarishga bog‘liq. Bank oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda kadrlar siyosatining asosiy maqsadi professional kadrlar jamoasini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
Yuqori malakali xodimlar bilan ta'minlash:

  • xodimlarga bo'lgan talabni o'rganish, prognozlash, xodimlarni tanlash tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish;

  • zaxirani shakllantirish, xodimlarni rasmiy darajaga ko'tarishni rejalashtirish;

  • xodimlarni kasbiy tayyorlash.
Motivatsiya tizimini takomillashtirish:

  • bank rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va rag‘batlantirish;

  • bank tuzilmasini optimallashtirish, uslubiy ishlar darajasini oshirish;

  • xodimlar bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish.
Korporativ madaniyatni rivojlantirish:

  • xodimlarni bank oldiga qo'yilgan vazifalar to'g'risida ma'lumotlar bilan ta'minlash;

  • kompleks dastur orqali korporativ madaniyatni oshirish;

  • ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash.

Kadrlar siyosatini optimallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirish har bir xodim faoliyatini sifatli va samarali amalga oshirish, mehnat faolligini oshirish, malakasini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Rahbar xodimlar zaxirasini tashkil etish maqsadida Bank Boshqaruvi tomonidan bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy muvofiqlikni aniqlash komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, u doimiy asosda xodimlarning kasbiy mahorat darajasini aniqlash bo‘yicha xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazadi.
Bugungi kunga qadar bank tizimida xodimlarning mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, ta’til vaqtida ta’tilni tashkil etish va salomatligini tiklash tizimi o‘ylab topilgan. Samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ish beruvchi, xodimlar va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida amalga oshiriladi.


Download 68.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling