Miopiya kasalligining asl sababi nima?
Download 30.69 Kb.
|
MIOPIYA
Tug‘ma miopiya
Miopiyaga uchragan ota-onalar kasallik nasldan naslga o‘tishini ko‘zda tutgan holda, ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan bolasini ham yilida bir marta oftalmologga ko‘rsatib turishlari lozim. Bu ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar albatta paydo bo‘ladi degani emas. Lekin kasallik xavfi 60-80 foizni tashkil qiladi. Tug‘ma miopiya juda xavfli bo‘lib bundan miyaga buzilgan, xira tasvirlar yetib boradi. Ya’ni, ko‘rish qobiliyati miya po‘stloq xujayralari – miyaning ko‘rish qobiliyatini barqarorlashtirib turadigan qismlari rivojlanmaydi. Agar boladagi bu muammolar vaqtida aniqlanmasa, keyinchalik u yaxshi ko‘rolmaydi, chunki miyaning tegishli qismi noto‘g‘ri rivojlangan bo‘ladi. Davolash o‘z vaqtida boshlansa genetik omil ta’sirini kamaytirib, bolaning hayotini ancha yengillashtirish mumkin. Ko‘p hollarda davo choralari ko‘rilsa, bola 6 yoshga qadar miopiya kasalligini yengib, ko‘rish qobiliyatini butunlay tiklab oladi. Kasallikni vaqtida aniqlash uchun bolaning ko‘rish qobiliyatini doimiy ravishda (ayniqsa bir yoshda, 3 yoshga to‘lganda, keyin esa har ikki yilda) tekshirib borish kerak. Ota-onaning yoshligida miopiya rivojlanishi kuzatilgan bo‘lsa yoki ularning ko‘rish qobiliyatida boshqa muammolar bo‘lganda bunday tekshiruvlar juda katta ahamiyatga ega. Miopiyada ham boshqa kasalliklardagi kabi iloji boricha avvalroq tashxis qo‘yish muhim. Lekin kichik yoshdagi bolalarga tashxis qo‘yish qiyin kechadi, chunki ular nima bezovta qilayotganini aniq tushuntirib bera olmaydilar. Unutmangki, agar kichkintoyning nigohi yaqinlari yuzida, o‘yinchoqlarida to‘xtamay, o‘ynab tursa, u yorug‘likdan qo‘rqsa, narsalarni ko‘ziga juda yaqin olib kelsa, doimo uydagi jihozlarga to‘qnashib yursa, albatta uni oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur. Bolaning injiqligi va xonada bir o‘zi qolishdan qo‘rqishi hollariga ham e’tibor berish kerak. Chunki bola yon-atrofdagi narsalarni yaxshi ko‘rmagani uchun qo‘rquv hissiga berilishi ham mumkin. Download 30.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling