MiqdoriNİ sali usulida aniqlash


Download 68.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi68.44 Kb.
#1637854


QONNİNG 
GEMOGLABİN 
MİQDORİNİ SALİ 
USULİDA ANİQLASH.



Qon —
odam
va umurtqali hayvonlarning qon aylanish
sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima;
hujayra
va
toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda
fiziologik funksiyalarining bajarilishini
taʼminlaydi.
Eritrotsitlarning
tarkibidagi gemoglobin Qonga
qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv
reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda
xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod
yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi
(nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq
moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni
tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini
chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning
gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, 
nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida
ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar
borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot
jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli
Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya
qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim
ahamiyatga ega.


Odamlarda 5,2 l cha qon 
boʻladi. Qonning suyuq
qism — plazma (55—
60 %) va shaklli
elementlar (40—45 %) 
dan tashkil topgan. 
Qonning shaklli ele-
mentlari qon yaratish
aʼzolarida ishlanadi; Qon
va qon yaratish
aʼzolari — Qon yaratish
sistemasini tashkil etadi


Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi
mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va
retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, 
kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.
Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.
Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. 
Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz
miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari
(glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan
oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, 
boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.
Qondagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning
parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, 
steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq
qavatidan Qonga qisman soʻriladi. Qon yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi
va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy
va xlor) ham bor. Qonning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa
masalalarni gematologiya fani oʻrganadi


Qonning tarkibi.Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, 
ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida
aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, 
pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli
elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan
iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, yaʼni qon plazmasi, 
ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, yaʼni shaklIi elementlaridir. Qon
umumiy hajmining 55-60 % ini qon plazmasi va 40-45 % ini shaklli
elementIar tashkil qiladi. Qonning oʻrtacha miqdori katta odamda 5 I 
boʻIib, u tana massasining oʻrtacha 7 % ini tashkil etadi. I kg tana
massasiga oʻrtacha 70 ml qon toʻgʻri keladi. Bolalarda har I kg tana
massasiga toʻgʻri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan
koʻproq boʻladi (5O-100 ml).
[1]
Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning
suyuq qismi boʻIib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida
oqsiIJar, yogʻlar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, 
antitelalar va erigan holdagi gazlar (
kislorod
, kmTIonat angidrid
kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90-92 % suv, 7¬8 % 
oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glyukoza, 0,8 % yogʻlar boʻladi. Plazma
kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, yaʼni pHi=7,4. Qon plazmasi
tarkibida or¬ganizmning hayoti — oʻsishi va rivojlanishi uchun zamr
barcha oziq moddalar boʻlib, ular ovqat hazm qilish organlaridan
qonga soʻriladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar
hujay ralarga oʻtadi va oʻzlashtiriladi.


■ Qon guruhlari 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili 
chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik
xossalariga koʻra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning
eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin
moddalari boʻlib, ularning har biri kimyoviy xossalariga koʻra ikki
turga boʻlinadi, yaʼni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. 
Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii 
belgiJi modda boʻlmasJigi kerak, yaʼni agglyutinogen A va
agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada
agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va
agglyutinin a boʻJishi mumkin. Agglyutinogen A va V boʻlgan
qonda agglyutininlar umuman boʻlmaydi. Aksincha, agglyutinin
ava {3boʻlgan qonda agglyutinogenlar umuman boʻlmaydi. Ana 
shunga koʻra, barcha odamlar qoni toʻrt guruhga boʻlinadi. I 
guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman boʻlmaydi
plazmada agglyutinin ava {3 boʻladi. Il guruh — eritrotsitlarda
agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 boʻladi. m guruh —
eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a boʻladi. IV 
guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A va B boʻlib, plazmada
agglyutinin umuman boʻlmaydi




■ Gemoglobin (gemo... va lot. globus — yer, kurra) —
odam, umurtqali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida
boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil
tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va
toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib
oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan
iborat. Gemoglobin kislorod bilan qoʻshilib, beqaror
birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi
birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida
Gemoglobin kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida
esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli
organizmda gemoglobinning tuzilishi turlicha. Sogʻlom
odamning 100 g qonida 13—16% gemoglobin bor. 
Ayollar qonidagi gemoglobin miqdori erkaklardagidan
kam boʻladi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob —
gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini
aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon



■ Gemoglobin (Hb) -
qizil qon 
tanachalari
(RBC yoki eritrotsit) 
tarkibidagi asosiy oqsil
boʻlib, kislorodni tashish
funksiyasini bajaradi.
[
Baʼzi
hayvonlarda
gemoglobin plazmadagi erkin
oqsil sifatida harakatlanadi, RBC 
tarkibiga kirmaydi. Odam
organizmida gemoglobin erkin
holatda boʻlsa, uning
3%i kapillarlar orqali to’qimalarg
a o’tadi oʻtadi
yoki buyrak glamerulyar aparati
orqali tashqariga chiqariladi. 
Shu sababli, odam
organizmidagi gemoglobin oʻz
vazifasini bajarish uchun RBC 
tarkibida boʻlishi


■ RBClar har 100ml da 34gr gemoglobin saqlash qobilyatiga
ega. Odatda, bu koʻrsatkichdan yuqori boʻlmaydi, sabab bu
koʻrsatkich gemoglobinning hujayrada hosil boʻlish metabolik
chegarasi hisoblanadi. Sogʻlom odamlarda Hb koʻrsatkichi
odatda maksimumga yaqin boʻladi, agar Hb sintezida
defitsitlar yuzaga keladigan boʻlsa, koʻrsatkich ham ancha
past boʻladi. Buning hisobiga RBC larning har biri Hb ga
toʻyinishi maqsadida hujayralar hajmi ham kichrayishi
mumkin. Sogʻlom erkaklarda gemoglobinning oʻrtacha
miqdori 145gr/l (130-160gr/l) ayollarda esa bu koʻrsatkich
130gr/l (120-140gr/l) boʻlishi mumkin. Qondagi
gemoglobinning umumiy miqdori 600-800 gr ni tashkil qiladi. 
Gemoglobinning eng yaxshi oʻrtacha miqdori 166,6gr/l 
hisoblanadi. Har bir gramm Hb 1,34ml kislarod tashishini
inobatga olsak, erkaklarda 100ml qon 20ml O2 tashisa


■ Gemoglobin miqdorini aniqlash — qondagi gemoglobin miqdori yuqorida bayon etilganidek, 
Salli gemometrida yoki FEK apparati yordamida aniqlanadi.
■ Salli gemometri uchta tik teshigi bo‘lgan shtativdan iborat. Ikki yoni- dagi teshiklarda har
ikki uchi ber- kitilgan shisha naychalar joylashgan bo‘lib, ularda solishtiriladigan stan- dart 
qo‘ng‘ir-sariq rangli eritma bor. Ba’zi gemometrlarda suyuqlik to‘l- dirilgan naychalar o‘rniga
qo‘ng‘ir- sariq rangli shisha tayoqchalar qo‘yil- gan bo‘ladi.Shtativ o‘rtasidagi teshikda dia-
metri standart eritmali naychalar diametriga teng bo‘lgan usti ochiq probirka qo‘yilgan, u 
gemoglobinni aniqlashi kerak bo‘lgan qonni quyish- ga mo‘ljallangan (5-rasm). Bu probirka
ikki qator darajaga bo‘lingan: bir tomondagi darajada pastdan 10 soni bilan boshlanib, 140 
soni bilan tugaydi, ikkinchi tomondagisi esa 2 g % sonidan boshlanib,g % soni bilan
tugaydi. Har ikki tomondagi darajalar ham bir xil balandlikka ega. Suyuqliklar rangi yaxshi
ko‘rinishi uchun shtativning orqa devoriga yorug‘likni tarqatib beruvchi sut rangli shisha 
plastinka o‘rnatilgan. Har bir gemometrga pipetka qo‘shib beriladi, bu pipetkani yuqori
uchida 20 mm
3
raqami yozilgan bo‘ladi.Ishlash qulay bo‘lishi uchun bu nayning yuqori
uchiga uchligi oynadan iborat rezina naycha kiydirilgan bo‘ladi.Qondagi gemoglobin miqdori
quyidagicha aniqlanadi: o‘rtadagi probirkaning o‘n raqamigacha xlorid kislotaning
detsinormal eritmasi qo‘yiladi, shundan so‘ng pipetkaning 20 mm
3
belgisigacha barmoqdan
qon so‘rib olinadi. Qon ustini havo pufaklarisiz ko‘r- satib o‘tilgan belgiga yetishi bilan, 
mushtukni og‘izdan chiqar- may, rezina nayni ikki barmoq bilan qisib turib, pipetkadagi qon
miqdori 20 mm
3
.ga to‘g‘ri kelish-kelmasligi yana tekshiriladi. Pipetkaning pastki qismidagi
qonni paxta bilan artib, uning uchini xlorid kislotaning detsinormal eritmasiga tushiriladi, bu
eritma ilgari gemometrning o‘rtasidagi naychada tayyorlangan bo‘ladi, pufakchalar hosil
bo‘lmasligi uchun qon unga asta-sekin puflab kiritiladi, so‘ng eritma aralashmasini bir necha
marta so‘rib olib, qaytadan probirkaga tushiriladi va shu yo‘l bilan olingan qonning
hammasi probirkaga quyiladi.



■ .Barcha gemoglobin gematin xloridga aylanishi uchun 10 minut kutib turiladi, keyin gemometr
ko‘tariladi va qon solinadigan probirkadagi suyuqlikning rangi standart eritma yoki bo‘yalgan
shisha tayoqchalar rangi bilan solishtirib ko‘riladi. Deyarli hamma vaqt qon eritmasining rangi
standart eritmalar rangidan to‘qroq bo‘ladi. Distillangan suv graduirovka qilinmagan pipetka
yordamida qon eritmasi solingan pipetkaga quyila boshlanadi va shisha tayoqcha bilan
aralashtirilib turiladi. Undagi suyuqlikning rangi standart probirkadagi suyuqlik rangiga
yetguncha aralashtirish ishi davom ettiriladi. Bundan so‘ng gemometrni ko‘zning to‘g‘risigacha
ko‘ta- rib, qon eritmasining pastki meniski qaysi darajada turgani aniqlanadi. O‘ng tomonidagi
tegishli son — foizini, chapdagisi esa gemoglobinning gramm foizini ko‘rsatadi.Gemoglobinni
aniq tekshirish uchun hozirgi vaqtda fotoelektro- kolorimetr va spektrofotometrlardan
foydalaniladi. Gemoglobinni fotoelektrokolorimetrda aniqlash uning ammiak, asetonsiangidrin
va boshqa moddalar bilan bo‘yalgan birikmalar hosil bo‘lishiga asoslangan.Hozirgi vaqtda klinik-
diagnostik laboratoriyalarida gemoglobin konsentratsiyasini aniqlash uchun gemoglobinsianid
usuliga asoslangan tayyor to‘plamlardan qo‘llanilmoqda. Har bir to‘plamda standart reaktiv
(nazorat) bor. Bundan tashqari, markaziy labo- ratoriya (masalan, viloyat kasalxonasining
laboratoriyasi) standart (nazorat) reaktivlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Standart
(nazorat) reaktivlar har safar bemor qoni tekshiruvlari o‘tkazil- ganda ishlatiladi.Sifatli nazorat
qilishning eng yaxshi usuli zarur reaktivlar yetarli miqdorda bo‘lganda bemor qonini bir vaqtning
o‘zida ikki usulda aniqlash hisoblanadi. Agar har ikkala usulda natijalar har xil bo‘lsa, bemor
qonini qayta tekshirish kerak.Gemoglobinni aniqlashning klinik-diagnostik ahamiyati: qonda
gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlikning asosiy labo- rator ko‘rsatkichlaridan
hisoblanadi. Gemoglobin miqdori kam- qonlik shakli va ifodalanganligiga qarab o‘zgaradi. 
Gemoglobin miqdori kamayganda, chuqur va to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak (eritrotsitlar
sonini aniqlash, rang ko‘rsatkichi, eritrotsitlar morfo- logiyasini o‘rganish).


Nafassiz hayot yo‘q. Bu kundek ravshan. Ammo inson organizmida shunday moddalar
borki, ularsiz nafasning o‘zi ham keraksizga aylanadi. Ulardan biri — gemoglobin.
Qon tarkibidagi oqsillar shunday ataladi. Uning asosiy vazifasi nafas olish jarayonida
qabul qilingan kislorod molekulalari bilan birlashib ularni qon tomirlari bo‘ylab tashib, 
organ va to‘qimalarga yetkazib berishdir.
Gemoglobinning ikkinchi, ammo birday muhim bo‘lgan vazifasi — kislorod yetkazib berish
jarayonida to‘qimalardagi karbonat angidrid gazini yig‘ib, teskari tomonga ya'ni o‘pkaga
tashish. Biz nafas olamiz va bizning organlarimiz hayotiy faoliyatni davom ettirishi uchun
zarur bo‘lgan kislorodni qabul qiladi. Biz nafas chiqaramiz va to‘qimalarda paydo bo‘lgan
karbonat angidrid gazini tozalaymiz. Gemoglobinlarsiz to‘laqonli nafas olish-qaytarish ishi
ilojsiz bo‘lib
qoladi
.


Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?
Agar ushbu oqsil miqdori kam bo‘lsa, Tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, 
miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning
ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga
(gemoglabin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la
boshlaydi:
• O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch
qolmagandek.
• Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz.
• Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz.
• Bosh aylanishi ko‘payadi.
• Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz).
• Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa
moyil rang paydo bo‘ladi.
• Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi.
• Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak
zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.


Gemoglobinni oshiradigan mahsulotlar:
Temirga boy
Birinchi navbatda ularni tez-tez iste’mol qilish kerak. Ushbu 
elementning yetishmasligi past gemoglobin darajasining eng 
keng tarqalgan sabablaridan biridir. Tavsiya etilgan temir 
moddasi erkaklar uchun 8 milligramm (19 yoshdan 50 
yoshgacha) va ayollar uchun 18 milligramm (19 yoshdan 50 
yoshgacha).
Buning uchun bargli sabzavotlar, jigar, tofu, ismaloq, tuxum, 
dukkaklilar, go‘sht, baliq, quritilgan mevalar kabi oziq-ovqatlarni 
iste’mol qilish muhimdir.
C vitaminiga boy
Temir organizm tomonidan to‘liq so‘rilmaydi, shuning uchun 
unga yordam beradigan muhit kerak. Bunda vitamin C katta rol 
o‘ynaydi. Apelsin, limon, bulg‘or qalampiri, pomidor, greypfrut, 
rezavor mevalarni ko‘proq iste’mol qilish kerak, chunki ular C 
vitaminiga juda boy.
Foliy kislota bilan
Foliy kislota qizil qon hujayralari shakllanishi uchun kerak. Uning 
yetishmasligi gemoglobin darajasining pasayishiga olib kelishi 
mumkin. Tez-tez yashil bargli sabzavotlar, ko‘katlar, quritilgan 
loviya, yeryong‘oq, banan, brokkoli, jigarni iste’mol qilish tavsiya 
etiladi.




Lavlagi

Lavlagi erkak va ayollarda qondagi gemoglobinni oshirishning mazali va arzon usuli
hisoblanadi. Unda nafaqat temir, balki foliy kislotasi, shuningdek, kaliy va sog‘lom kletchatka
ham mavjud. Sog‘lom qon miqdorini ta’minlash uchun muntazam ravishda lavlagi sharbatini
ichish mumkin.

Anor

Anor juda ko‘p kalsiy va temirni, shuningdek, oqsil, uglevod va kletchatkani o‘z ichiga oladi. 
Ayollarda gemoglobinni tez ko‘tarish va normal darajada ushlab turish sirlaridan biri anor
sharbatini har kuni ichishdir.

Xurmo

Bu quritilgan meva shirinliklardan voz kechmoqchi bo‘lganlar uchun foydalidir. Xurmo temir
manbai hisoblanadi. Biroq ko‘pchilik shifokorlar shakar miqdori yuqori bo‘lganligi sababli
diabetga chalinganlar uchun xurmoni tavsiya qilmaydi.

Dukkaklilar

Dukkaklilar (yasmiq, yeryong‘oq, no‘xat va loviya va boshqalar) ham kamqonlikni sezilarli
darajada yaxshilaydi. Ulardagi temir va foliy kislotasining yuqori miqdori qizil qon hujayralari
ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradi.



Anemiya (
yunoncha anemia; an inkor haima
— «qon»), kamqonlik — qonning
birlik hajmida eritrositlar soni va ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi
bilan ifodalanadigan holat.

«Anemiya» atamasi ma’lum kasallikni belgilab bermaydi, chunki u organizmning
turli xil patologiyalari alomatlaridan biri hisoblanadi. G
idriemiya
(psevdoanemiya
masalan homilador ayollarda) va bevosita anemiyani farqlay bilish kerak. 
Gidremiyada qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit va trombotitlar) 
hamda gemoglobinning mutlaq miqdori o’zgarmaydi, biroq qonning suyuq
qismi miqdori oshishi tufayli nisbiy ko’rsatkichlari pasayishi mumkin.



Qondagi gemoglobin miqdorini aniqlaydigan
mobil dastur yaratildi
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi qondagi gemoglobin
miqdorini bevosita aniqlash usulini ishlab chiqdi,
mualliflarining fikricha, ular yaratgan usul tahlil
o‘tkazish uchun zarur uskunalar mavjud bo‘lmagan
qashshoq mamlakatlarda qo‘l keladi.
“Gemoglobin miqdorini aniqlash uchun smartfonga
maxsus dasturni yuklab olib, ko‘rsatkich barmoq bilan
pastga tortilgan pastki qovoqni suratga olish kifoya. 
Dastur tasvirni qabul qilib, uni kompyuterga jo‘natadi. 
Kompyuter esa gemoglobin miqdorini spektral tahlil
yordamida aniqlaydi”, — deydi g‘oya mualliflari.
Qayd etilishicha, dastur keniyalik ko‘ngillilar ishtirokida
sinab ko‘rilgan. Ularning gemoglobin miqdori odatiy
laboratoriyada ham tekshirilgan.
“Yangi usul gemoglobin miqdorini aniqlashning
an’anaviy usullaridan farq qilmasligi aniqlandi”, —
deyiladi xabarda.
Ishlanma mualliflari ko‘plab kasalliklarning simptomi
bo‘lishi mumkin bo‘lgan anemiyani o‘z vaqtida
aniqlashga yordam berishga umid qilmoqda.


Sogʻlom organizmda gemoglobin 3 xil fiziologik birikma shaklida
boʻladi. 
1. Oʻziga O2 ni biriktirib oksigemoglobin HbO2 hosil qiladi va arterial qonda
boʻladi. 
2. O2 ni qayta
ajratgan deoksigemoglobin
3. Shuningdek vena qonida CO2 bilan birikkan korbogemoglobin


■ Polipeptidning aminokislata tarkibiga qarab, gemoglobin
zanjirining alfa, betta, gamma va delta (zeta va epsilon ham) 
zanjirlari farqlanadi. Voyaga yetgan odamda Gemoglobinning A turi
mavjud boʻlib, u 2ta alfa va 2ta betta zanjirlardan tarkib topadi. 
Yuqoridan koʻrib turganimizdek, gemoglobin zanjiri oʻz tarkibida
temir saqlovchi - gem prostetik guruhini ham saqlaydi. 1ta 
gemoglobin zanjirida 1ta temir atomi saqlansa, 1ta gemoglobin
molekulasida 4ta Fe atomi saqlanadi. Xuddi shu Fe atomlari (yaʼni
bir molekula gemoglobin) bir vaqtning oʻzida 4 molekula O2 ni
tashishi mumkin. Katta yoshdagi odamlarda Hb eng koʻp qismini
(>95%) A fraksiya – adultus Hb tashkil qiladi. <3.5% qismni
esa A2 fraksiya tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda F fraksiya
– fetal Hb (homila) ham uchraydi. Uning miqdori 2% dan
oshmaydi. Fetal gemoglobin, asosan, homila qonida boʻlib, tugʻilish
vaqtida uning miqdori 70-90% ni tashkil qiladi. F gemoglobinning
O2 ni biriktirish qobilyati A ga nisbatan ancha kuchli, shu sababli
homila qonida O2 ning tarangligi nisbatan past boʻlishiga
qaramasdan homila toʻqimalari gipoksiyaga uchramaydi. 
Shuningdek, homilaning dastlabgi gemoglobini – primitive 
Hb deyiladi va u gemopoez mezoblastik davrida uchraydi.

Download 68.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling