MiqdoriNİ sali usulida aniqlash
Download 68.44 Kb. Pdf ko'rish
|
QONNİNG GEMOGLABİN MİQDORİNİ SALİ USULİDA ANİQLASH. Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin Qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega. Odamlarda 5,2 l cha qon boʻladi. Qonning suyuq qism — plazma (55— 60 %) va shaklli elementlar (40—45 %) dan tashkil topgan. Qonning shaklli ele- mentlari qon yaratish aʼzolarida ishlanadi; Qon va qon yaratish aʼzolari — Qon yaratish sistemasini tashkil etadi Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi. Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat. Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi. Qondagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Qonga qisman soʻriladi. Qon yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Qonning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi Qonning tarkibi.Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, yaʼni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, yaʼni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60 % ini qon plazmasi va 40-45 % ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning oʻrtacha miqdori katta odamda 5 I boʻIib, u tana massasining oʻrtacha 7 % ini tashkil etadi. I kg tana massasiga oʻrtacha 70 ml qon toʻgʻri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga toʻgʻri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan koʻproq boʻladi (5O-100 ml). [1] Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi boʻIib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yogʻlar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar ( kislorod , kmTIonat angidrid kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90-92 % suv, 7¬8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glyukoza, 0,8 % yogʻlar boʻladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, yaʼni pHi=7,4. Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti — oʻsishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar boʻlib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga soʻriladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga oʻtadi va oʻzlashtiriladi. ■ Qon guruhlari 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga koʻra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari boʻlib, ularning har biri kimyoviy xossalariga koʻra ikki turga boʻlinadi, yaʼni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi modda boʻlmasJigi kerak, yaʼni agglyutinogen A va agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a boʻJishi mumkin. Agglyutinogen A va V boʻlgan qonda agglyutininlar umuman boʻlmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3boʻlgan qonda agglyutinogenlar umuman boʻlmaydi. Ana shunga koʻra, barcha odamlar qoni toʻrt guruhga boʻlinadi. I guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman boʻlmaydi plazmada agglyutinin ava {3 boʻladi. Il guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 boʻladi. m guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a boʻladi. IV guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A va B boʻlib, plazmada agglyutinin umuman boʻlmaydi ■ Gemoglobin (gemo... va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtqali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida Gemoglobin kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda gemoglobinning tuzilishi turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% gemoglobin bor. Ayollar qonidagi gemoglobin miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon ■ Gemoglobin (Hb) - qizil qon tanachalari (RBC yoki eritrotsit) tarkibidagi asosiy oqsil boʻlib, kislorodni tashish funksiyasini bajaradi. [ Baʼzi hayvonlarda gemoglobin plazmadagi erkin oqsil sifatida harakatlanadi, RBC tarkibiga kirmaydi. Odam organizmida gemoglobin erkin holatda boʻlsa, uning 3%i kapillarlar orqali to’qimalarg a o’tadi oʻtadi yoki buyrak glamerulyar aparati orqali tashqariga chiqariladi. Shu sababli, odam organizmidagi gemoglobin oʻz vazifasini bajarish uchun RBC tarkibida boʻlishi ■ RBClar har 100ml da 34gr gemoglobin saqlash qobilyatiga ega. Odatda, bu koʻrsatkichdan yuqori boʻlmaydi, sabab bu koʻrsatkich gemoglobinning hujayrada hosil boʻlish metabolik chegarasi hisoblanadi. Sogʻlom odamlarda Hb koʻrsatkichi odatda maksimumga yaqin boʻladi, agar Hb sintezida defitsitlar yuzaga keladigan boʻlsa, koʻrsatkich ham ancha past boʻladi. Buning hisobiga RBC larning har biri Hb ga toʻyinishi maqsadida hujayralar hajmi ham kichrayishi mumkin. Sogʻlom erkaklarda gemoglobinning oʻrtacha miqdori 145gr/l (130-160gr/l) ayollarda esa bu koʻrsatkich 130gr/l (120-140gr/l) boʻlishi mumkin. Qondagi gemoglobinning umumiy miqdori 600-800 gr ni tashkil qiladi. Gemoglobinning eng yaxshi oʻrtacha miqdori 166,6gr/l hisoblanadi. Har bir gramm Hb 1,34ml kislarod tashishini inobatga olsak, erkaklarda 100ml qon 20ml O2 tashisa ■ Gemoglobin miqdorini aniqlash — qondagi gemoglobin miqdori yuqorida bayon etilganidek, Salli gemometrida yoki FEK apparati yordamida aniqlanadi. ■ Salli gemometri uchta tik teshigi bo‘lgan shtativdan iborat. Ikki yoni- dagi teshiklarda har ikki uchi ber- kitilgan shisha naychalar joylashgan bo‘lib, ularda solishtiriladigan stan- dart qo‘ng‘ir-sariq rangli eritma bor. Ba’zi gemometrlarda suyuqlik to‘l- dirilgan naychalar o‘rniga qo‘ng‘ir- sariq rangli shisha tayoqchalar qo‘yil- gan bo‘ladi.Shtativ o‘rtasidagi teshikda dia- metri standart eritmali naychalar diametriga teng bo‘lgan usti ochiq probirka qo‘yilgan, u gemoglobinni aniqlashi kerak bo‘lgan qonni quyish- ga mo‘ljallangan (5-rasm). Bu probirka ikki qator darajaga bo‘lingan: bir tomondagi darajada pastdan 10 soni bilan boshlanib, 140 soni bilan tugaydi, ikkinchi tomondagisi esa 2 g % sonidan boshlanib,g % soni bilan tugaydi. Har ikki tomondagi darajalar ham bir xil balandlikka ega. Suyuqliklar rangi yaxshi ko‘rinishi uchun shtativning orqa devoriga yorug‘likni tarqatib beruvchi sut rangli shisha plastinka o‘rnatilgan. Har bir gemometrga pipetka qo‘shib beriladi, bu pipetkani yuqori uchida 20 mm 3 raqami yozilgan bo‘ladi.Ishlash qulay bo‘lishi uchun bu nayning yuqori uchiga uchligi oynadan iborat rezina naycha kiydirilgan bo‘ladi.Qondagi gemoglobin miqdori quyidagicha aniqlanadi: o‘rtadagi probirkaning o‘n raqamigacha xlorid kislotaning detsinormal eritmasi qo‘yiladi, shundan so‘ng pipetkaning 20 mm 3 belgisigacha barmoqdan qon so‘rib olinadi. Qon ustini havo pufaklarisiz ko‘r- satib o‘tilgan belgiga yetishi bilan, mushtukni og‘izdan chiqar- may, rezina nayni ikki barmoq bilan qisib turib, pipetkadagi qon miqdori 20 mm 3 .ga to‘g‘ri kelish-kelmasligi yana tekshiriladi. Pipetkaning pastki qismidagi qonni paxta bilan artib, uning uchini xlorid kislotaning detsinormal eritmasiga tushiriladi, bu eritma ilgari gemometrning o‘rtasidagi naychada tayyorlangan bo‘ladi, pufakchalar hosil bo‘lmasligi uchun qon unga asta-sekin puflab kiritiladi, so‘ng eritma aralashmasini bir necha marta so‘rib olib, qaytadan probirkaga tushiriladi va shu yo‘l bilan olingan qonning hammasi probirkaga quyiladi. ■ .Barcha gemoglobin gematin xloridga aylanishi uchun 10 minut kutib turiladi, keyin gemometr ko‘tariladi va qon solinadigan probirkadagi suyuqlikning rangi standart eritma yoki bo‘yalgan shisha tayoqchalar rangi bilan solishtirib ko‘riladi. Deyarli hamma vaqt qon eritmasining rangi standart eritmalar rangidan to‘qroq bo‘ladi. Distillangan suv graduirovka qilinmagan pipetka yordamida qon eritmasi solingan pipetkaga quyila boshlanadi va shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi. Undagi suyuqlikning rangi standart probirkadagi suyuqlik rangiga yetguncha aralashtirish ishi davom ettiriladi. Bundan so‘ng gemometrni ko‘zning to‘g‘risigacha ko‘ta- rib, qon eritmasining pastki meniski qaysi darajada turgani aniqlanadi. O‘ng tomonidagi tegishli son — foizini, chapdagisi esa gemoglobinning gramm foizini ko‘rsatadi.Gemoglobinni aniq tekshirish uchun hozirgi vaqtda fotoelektro- kolorimetr va spektrofotometrlardan foydalaniladi. Gemoglobinni fotoelektrokolorimetrda aniqlash uning ammiak, asetonsiangidrin va boshqa moddalar bilan bo‘yalgan birikmalar hosil bo‘lishiga asoslangan.Hozirgi vaqtda klinik- diagnostik laboratoriyalarida gemoglobin konsentratsiyasini aniqlash uchun gemoglobinsianid usuliga asoslangan tayyor to‘plamlardan qo‘llanilmoqda. Har bir to‘plamda standart reaktiv (nazorat) bor. Bundan tashqari, markaziy labo- ratoriya (masalan, viloyat kasalxonasining laboratoriyasi) standart (nazorat) reaktivlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Standart (nazorat) reaktivlar har safar bemor qoni tekshiruvlari o‘tkazil- ganda ishlatiladi.Sifatli nazorat qilishning eng yaxshi usuli zarur reaktivlar yetarli miqdorda bo‘lganda bemor qonini bir vaqtning o‘zida ikki usulda aniqlash hisoblanadi. Agar har ikkala usulda natijalar har xil bo‘lsa, bemor qonini qayta tekshirish kerak.Gemoglobinni aniqlashning klinik-diagnostik ahamiyati: qonda gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlikning asosiy labo- rator ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Gemoglobin miqdori kam- qonlik shakli va ifodalanganligiga qarab o‘zgaradi. Gemoglobin miqdori kamayganda, chuqur va to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak (eritrotsitlar sonini aniqlash, rang ko‘rsatkichi, eritrotsitlar morfo- logiyasini o‘rganish). Nafassiz hayot yo‘q. Bu kundek ravshan. Ammo inson organizmida shunday moddalar borki, ularsiz nafasning o‘zi ham keraksizga aylanadi. Ulardan biri — gemoglobin. Qon tarkibidagi oqsillar shunday ataladi. Uning asosiy vazifasi nafas olish jarayonida qabul qilingan kislorod molekulalari bilan birlashib ularni qon tomirlari bo‘ylab tashib, organ va to‘qimalarga yetkazib berishdir. Gemoglobinning ikkinchi, ammo birday muhim bo‘lgan vazifasi — kislorod yetkazib berish jarayonida to‘qimalardagi karbonat angidrid gazini yig‘ib, teskari tomonga ya'ni o‘pkaga tashish. Biz nafas olamiz va bizning organlarimiz hayotiy faoliyatni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni qabul qiladi. Biz nafas chiqaramiz va to‘qimalarda paydo bo‘lgan karbonat angidrid gazini tozalaymiz. Gemoglobinlarsiz to‘laqonli nafas olish-qaytarish ishi ilojsiz bo‘lib qoladi . Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin? Agar ushbu oqsil miqdori kam bo‘lsa, Tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga (gemoglabin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la boshlaydi: • O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch qolmagandek. • Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz. • Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz. • Bosh aylanishi ko‘payadi. • Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz). • Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo bo‘ladi. • Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi. • Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi. Gemoglobinni oshiradigan mahsulotlar: Temirga boy Birinchi navbatda ularni tez-tez iste’mol qilish kerak. Ushbu elementning yetishmasligi past gemoglobin darajasining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Tavsiya etilgan temir moddasi erkaklar uchun 8 milligramm (19 yoshdan 50 yoshgacha) va ayollar uchun 18 milligramm (19 yoshdan 50 yoshgacha). Buning uchun bargli sabzavotlar, jigar, tofu, ismaloq, tuxum, dukkaklilar, go‘sht, baliq, quritilgan mevalar kabi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish muhimdir. C vitaminiga boy Temir organizm tomonidan to‘liq so‘rilmaydi, shuning uchun unga yordam beradigan muhit kerak. Bunda vitamin C katta rol o‘ynaydi. Apelsin, limon, bulg‘or qalampiri, pomidor, greypfrut, rezavor mevalarni ko‘proq iste’mol qilish kerak, chunki ular C vitaminiga juda boy. Foliy kislota bilan Foliy kislota qizil qon hujayralari shakllanishi uchun kerak. Uning yetishmasligi gemoglobin darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Tez-tez yashil bargli sabzavotlar, ko‘katlar, quritilgan loviya, yeryong‘oq, banan, brokkoli, jigarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. ■ Lavlagi ■ Lavlagi erkak va ayollarda qondagi gemoglobinni oshirishning mazali va arzon usuli hisoblanadi. Unda nafaqat temir, balki foliy kislotasi, shuningdek, kaliy va sog‘lom kletchatka ham mavjud. Sog‘lom qon miqdorini ta’minlash uchun muntazam ravishda lavlagi sharbatini ichish mumkin. ■ Anor ■ Anor juda ko‘p kalsiy va temirni, shuningdek, oqsil, uglevod va kletchatkani o‘z ichiga oladi. Ayollarda gemoglobinni tez ko‘tarish va normal darajada ushlab turish sirlaridan biri anor sharbatini har kuni ichishdir. ■ Xurmo ■ Bu quritilgan meva shirinliklardan voz kechmoqchi bo‘lganlar uchun foydalidir. Xurmo temir manbai hisoblanadi. Biroq ko‘pchilik shifokorlar shakar miqdori yuqori bo‘lganligi sababli diabetga chalinganlar uchun xurmoni tavsiya qilmaydi. ■ Dukkaklilar ■ Dukkaklilar (yasmiq, yeryong‘oq, no‘xat va loviya va boshqalar) ham kamqonlikni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ulardagi temir va foliy kislotasining yuqori miqdori qizil qon hujayralari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradi. ■ Anemiya ( yunoncha anemia; an inkor haima — «qon»), kamqonlik — qonning birlik hajmida eritrositlar soni va ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi bilan ifodalanadigan holat. ■ «Anemiya» atamasi ma’lum kasallikni belgilab bermaydi, chunki u organizmning turli xil patologiyalari alomatlaridan biri hisoblanadi. G idriemiya (psevdoanemiya masalan homilador ayollarda) va bevosita anemiyani farqlay bilish kerak. Gidremiyada qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit va trombotitlar) hamda gemoglobinning mutlaq miqdori o’zgarmaydi, biroq qonning suyuq qismi miqdori oshishi tufayli nisbiy ko’rsatkichlari pasayishi mumkin. ■ Qondagi gemoglobin miqdorini aniqlaydigan mobil dastur yaratildi Xalqaro tadqiqotchilar guruhi qondagi gemoglobin miqdorini bevosita aniqlash usulini ishlab chiqdi, mualliflarining fikricha, ular yaratgan usul tahlil o‘tkazish uchun zarur uskunalar mavjud bo‘lmagan qashshoq mamlakatlarda qo‘l keladi. “Gemoglobin miqdorini aniqlash uchun smartfonga maxsus dasturni yuklab olib, ko‘rsatkich barmoq bilan pastga tortilgan pastki qovoqni suratga olish kifoya. Dastur tasvirni qabul qilib, uni kompyuterga jo‘natadi. Kompyuter esa gemoglobin miqdorini spektral tahlil yordamida aniqlaydi”, — deydi g‘oya mualliflari. Qayd etilishicha, dastur keniyalik ko‘ngillilar ishtirokida sinab ko‘rilgan. Ularning gemoglobin miqdori odatiy laboratoriyada ham tekshirilgan. “Yangi usul gemoglobin miqdorini aniqlashning an’anaviy usullaridan farq qilmasligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda. Ishlanma mualliflari ko‘plab kasalliklarning simptomi bo‘lishi mumkin bo‘lgan anemiyani o‘z vaqtida aniqlashga yordam berishga umid qilmoqda. Sogʻlom organizmda gemoglobin 3 xil fiziologik birikma shaklida boʻladi. 1. Oʻziga O2 ni biriktirib oksigemoglobin HbO2 hosil qiladi va arterial qonda boʻladi. 2. O2 ni qayta ajratgan deoksigemoglobin 3. Shuningdek vena qonida CO2 bilan birikkan korbogemoglobin ■ Polipeptidning aminokislata tarkibiga qarab, gemoglobin zanjirining alfa, betta, gamma va delta (zeta va epsilon ham) zanjirlari farqlanadi. Voyaga yetgan odamda Gemoglobinning A turi mavjud boʻlib, u 2ta alfa va 2ta betta zanjirlardan tarkib topadi. Yuqoridan koʻrib turganimizdek, gemoglobin zanjiri oʻz tarkibida temir saqlovchi - gem prostetik guruhini ham saqlaydi. 1ta gemoglobin zanjirida 1ta temir atomi saqlansa, 1ta gemoglobin molekulasida 4ta Fe atomi saqlanadi. Xuddi shu Fe atomlari (yaʼni bir molekula gemoglobin) bir vaqtning oʻzida 4 molekula O2 ni tashishi mumkin. Katta yoshdagi odamlarda Hb eng koʻp qismini (>95%) A fraksiya – adultus Hb tashkil qiladi. <3.5% qismni esa A2 fraksiya tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda F fraksiya – fetal Hb (homila) ham uchraydi. Uning miqdori 2% dan oshmaydi. Fetal gemoglobin, asosan, homila qonida boʻlib, tugʻilish vaqtida uning miqdori 70-90% ni tashkil qiladi. F gemoglobinning O2 ni biriktirish qobilyati A ga nisbatan ancha kuchli, shu sababli homila qonida O2 ning tarangligi nisbatan past boʻlishiga qaramasdan homila toʻqimalari gipoksiyaga uchramaydi. Shuningdek, homilaning dastlabgi gemoglobini – primitive Hb deyiladi va u gemopoez mezoblastik davrida uchraydi. Download 68.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling