Mirsalimova Noilaning media saodxonlik ca axborot tehnalogiyalari fanidan mustaqil ta’limi. - Anjuman O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atmizga bo‘lgan hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli halqlar o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini halqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilgan..
- Anjuman 2018 yildan xar ikki yilda bir marta Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, O‘zbekiston Respulikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi.
- Xalqaro maqom san’ati anjumaniga musiqiy jamoalar (7 kishidan oshmagan tarkibda), yakkaxon xonanda va sozandalar, musiqashunos olimlar, matbuot xodimlari, Festival direktorlari, musiqa menejerlari taklif etiladilar.
- Shuningdek maqom san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va fahriy mehmonlar Tashkilotchilar taklifi asosida ishtirok etishlari mumkin.
- Anjumanda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2018-yil 1-iyulga qadar Tashkiliy qo‘mita veb sahifasidagi – www.maqomforum.uz – maxsus so‘rovnoma orqali o‘z materiallari va ijro dasturlarini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishlari lozim.
- Tashkiliy qo‘mita Anjumanga taklif etiladigan ishtirokchilar ro‘yhatini 20-iyulga qadar e’lon qiladi.
- Anjuman ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishlari, O‘zbekistondagi transport, ovqatlanish, yashash kabi xarajatlarni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga oladi.
Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san'ati anjumani ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan xonanda-yu sozandalar, san'atshunos olimlar, mutaxassislar ishtirok etmoqda. O‘zA muxbiri anjumanning ayrim ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. O‘zbekistonda ilk bor bo‘lishimga qaramay, taassurotlarim bir dunyo. Qadimiy shaharda saqlanib qolgan qadimiy obidalar, yodgorliklar xalqingiz tarixi uzoq asrlarga borib taqalishidan darak beradi. Mamlakatingizda san'atning an'anaviy turlariga alohida e'tibor bilan qaralishi tahsinga loyiq. Xususan, anjumanning ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etilgani ham fikrimga misol bo‘la oladi. Tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun barcha zarur tayyorgarlik ko‘rilgan. Ispaniyada ham mumtoz san'at turlari, ashula va boshqa an'analar bilan bog‘liq festivallar o‘tkaziladi. Kelgusida bu kabi an'analarni hamkorlikda davom ettirish, tajriba almashish xalqlarimizni ma'naviy yaqinlikda, ezgu orzu-intilishlar ruhida birlashtirishiga ishonaman - Shashmaqom o‘zbek-tojik xalqlarining mumtoz musiqiy merosi hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda mumtoz san'atlar, ayniqsa, maqom san'atini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
- Bugun Shahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazilmoqda. Dunyoning qator davlatlaridan ijodkorlar, mumtoz qo‘shiq ixlosmandlari, san'atshunos olimlar tashrif buyurgan. Bularning bari maqom san'atining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
- Muhtasham Oqsaroy maydonida maqom san'ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ustozlar ijro etgan ashulalardan bahramand bo‘ldik. Aytish mumkinki, Xalqaro maqom san'ati anjumani misolida ustozlar orzusi, ularning avlodlar ma'naviy kamoloti yo‘lidagi ezgu intilishlari ro‘yobga chiqmoqda.
- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 6 aprelda imzolangan “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 6 — 10 sentyabr kunlari yurtimiz ahli va mehmonlari ushbu nufuzli tadbirning guvohi boʻlishadi. Ayni damda esa anjuman oʻtkaziladigan manzil — Shahrisabz maqom sanʼati shukuhi bilan yashamoqda.
- Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgan Oqsaroyni ziyorat qilib, Shahrisabz qadimiy merosimiz boʻlgan maqomlarni dunyoga taratish uchun eng maqbul joy ekanligini taʼkidlagandi. Zero, “Shashmaqom” dunyoga kelgan oʻsha davr aynan Amir Temur davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bogʻliq.
- Buyuk bobomiz davrida musiqa sanʼati jadal rivojlanib, chinakam uygʻonish davrini boshdan kechirganligi, sozandalik va xonandalik, musiqa ilmi hamda bastakorlik kamol topganligi haqida koʻplab manbalar mavjud. Ularda taʼkidlanishicha, XVII-XVIII asrlarga kelib, Shahrisabzda buxorolik va samarqandlik sanʼat ustalari hamkorligida “Shashmaqom” taronalariga raqsga tushadigan raqqoslar hamda sozandalar guruhlari tuzilgan.
- Anjuman munosabati bilan koʻplab mamlakatlardan hofizu sozandalar, sayyohlar va boshqa mehmonlar Shahrisabzga tashrif buyurmoqda. Bu esa dunyo miqyosida ushbu sanʼat hamda yurtimizga boʻlgan qiziquvchilar safining oshib borayotganini bildiradi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, xorijiy davlatlardan 22 nafar musiqashunos olim, 29 yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoa, 21 nafar mutaxassis hamda faxriy mehmon sanʼat bayramida qatnashish istagini bildirgan.
Etiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |