Statistik‐ matematik metodlar. O’qitish metodikasi bo’yicha olib
borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish
maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga
keltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega.
Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi.
Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan
pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin.
Qiyosiy usul. Mazkur usul yordamida fandagi va maktab
geografiya‐sidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan
metodlar, o’quv vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai
nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy
va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi.
Tarixiy usul. Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik
muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Bundan tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini
ham ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |