34
Geografiya ta’limi xozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:
‐umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;
‐akademik litsey va kasb‐hunar kollejlarida geografiya ta’limi;
‐oliy geografiya ta’limi;
‐Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;
‐Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.
Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri
tabiiy va iqtisodiy geografiyani alohida – alohida o’rganishdir. Bu esa
umumta’lim
maktablari
geografiyasida
tabiiy
va
iqtisodiy
geografiyaning asoslarini to’la aks ettirishga imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga
ega. Bunda asta‐sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga qarab
murakkablashib boradi, qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi
ma’lumotlar ilgari o’tilgan ma’lumotlar asosida beriladi. Bu esa
o’quvchilarni yangi ma’lumotlarni umuman darsni yaxshi va to’la
o’zlashtirishga imkon beradi.
Geografiya predmetining ayrim kurslarini o’rganish tartibi
quyidagidan iborat:
‐IV sinf – tabiatshunoslik (35 soat)
‐V sinf – tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (36 soat)
‐VI sinf – materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (64 soat)
‐VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiy geografiyasi (70 soat)
‐VIII sinf – O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (68 soat)
‐IX sinf – Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (68 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: