Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
4.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash Pedogogik texnologiyalarni tushunishni muhim jihatlaridan biri quyidagilardir: a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi; b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi. Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini oladi. Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining maqsadi ishlab chiqiladi. So’ngra mazkur fanning har bir o’quv predmeti uchun, ma’lum bir predmetlarning bo’limlari, mavzulari va alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi. O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyor‐ lash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203‐sonli qarorida ifodalangan. Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarurligi ko’rsatib o’tilgan. Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga sharhlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni 49 shakillantirish, kartalardan moxirona foydalanishni o’rgatish, tabiat bilan jamiyat munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k. Geografiya fani bo’yicha ta’lim standarti ikki qismdan iborat: a) ta’lim mazmuning majburiy minimumi; b) bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar. «Ta’lim mazmunining majburiy minimumi» qo’yidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilgan: a) geografiyaning nazariy asoslari; b) geografiyaning tadqiqot metodlari; v)tabiiy va sotsial‐iqtisodiy ob’ektlar; g) hodisalar va jarayonlar; d) olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatda ifodalanishi; ye)hudud geografik tavsifining tuzilishi. «Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» 5 ta yo’nalishlarda ishlab chiqilgan: a) ayta (ko’rsata) olish; b) aniqlay (o’lchay) olish; v) tasvirlay olish; g)tushuntira olish; d) bashorat qila olish (P.Musaev, A.Baxromov, 1999). Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida ishlab chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatida o’qituvchilarni maqsadi o’qitish o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 2002). B.A.Farberman, S.Ziyamuhammedov va boshqalarning fikricha o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun undan aniq ta’lim maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun vazifalarni shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar ishlatiladi. Fa’ellar o’quvchilarni o’quv faoliyatini aks ettiradi, masalan aniq faktlarni biladi; qoidalarni biladi; so’z ifodalagan ma’lumotlarni matematik jixatdan ifodalay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi va h.k. O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va o’lchanadigan, o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim. Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy usuli‐ bu aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan foydalanishdir. 50 O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan iborat: o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi‐xususiy maqsadi‐o’xshash ta’lim maqsadi. Ammo ba’zi hollarda o’xshash ta’lim maqsadlarini shakllantirishda qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida umumiyroq maqsadlarni shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni aniqlashtirish mumkin. Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab chiqilgan umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi (3‐jadval). Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini ishlab chiqishda geografiya faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling