Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish.
Geogra‐fiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’min‐lanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakllantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash, qo’shimcha ada‐biyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy‐siyosiy, ahloqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish. Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy‐ siyosiy jihatdan tarbiyalashga imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oya‐sini shaklantirishga, geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning 70 erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta samara beradi. Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsad‐lari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim. Darsni maqsadi va vazifalariga misollar keltiramiz. “O’rta Osiyoning relefi va foydali qazilmalari” mav‐zusida quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relef shakllarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relef shakllari haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relef shakllarini hosil bo’lishida shamolni o’rni va ahamiyatini ochib berish; relefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; karta asosida relefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom ettirish (Dushina, 1985) Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling