Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Amaliy geografiya darslarini rejalashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuli rejalashtirish
5.3. Amaliy geografiya darslarini rejalashtirish
Amaliy geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: mavzuli va dars rejasi, darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashi shuncha tez va oson bo’ladi. Mavzuli rejalashtirish. Mavzuli rejalashtirishda ma’lum bir geogra‐ fiya predmeti bo’limlari bo’yicha o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o’qituvchini bilimlar tizimini shakl‐lantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rejalash‐tirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: a) ma’lum bir kurs bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni ham‐korlikda faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda mavzuli rejalar soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan holda 3‐4 yil davomida foydalanishga mo’jal‐langan bo’ladi. Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati ulardagi bilimlarni murakkablashib borishidir. Shu munosabat bilan har bir Amaliy geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllan‐ 76 tirishda alahida bosqich bo’lmog’i lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha, bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim deb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir‐biri bilan chambarchas bog’langan. Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material o’rganilishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish. Mavzuli rejalatirishda quyidagi ma’lumotlar aks etish lozim: dars mavzusi; dars turi; ta’limiy maqsadi; tarbiyaviy maqsadi; qo’llaniladigan o’qitish metodi; darsning tuzulishi; dars jihozi; tayanch tushunchalar; predmetlararo aloqalar; ichki predmetlararo aloqalar. (5‐jadval). Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling