Mirzaqayumova naimaning


Download 0.69 Mb.
bet1/2
Sana23.01.2020
Hajmi0.69 Mb.
  1   2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Chortoq tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli

48-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi

MIRZAQAYUMOVA NAIMANING

Giyohvandlik - asr vabosi” mavzusida yozgan



bir soatlik






Ma’naviyat soati 10-A
Mavzu: Giyohvandlik - asr vabosi
Darsning maqsadi: O’quvchilarga giyohvandlik asr vabosi ekanligini nazariy ma’lumotlar asosida tushuntirish

a) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga sog’lom turmush tarzi giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berish
b) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni sog’lom turmush tarziga, insondagi ijobiy fazilatlarni, sog’likni qadriga yetishni o’rgatish.
v) Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda ahloqiy go’zallik, ma’naviy barkamollik kabi hislatlarni rivojlantirish.
Darsning turi: yangi tushunchalarni berish, bilimlarni shakllantirish.
Darsning usuli: noan’anaviy, trening mashg’uloti, klaster,
Darsning jihozi: dars ishlanma, mavzuga oid film, slayd, rasmlar, barkamollik daraxti, tarqatma, klaster
Darsning borishi:

TASHKILIY QISM:

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash

v) xona holatini nazorat qilish



Haliyam kech emas, hali bor fursat,

Axir vujuddamas,qalbdadir quvvat,

Laxzada o’zingni o’zingga ko’rsat,

Extimol topilmas ertaga bu vaqt .

Darhaqiqat, aziz o’quvchilar shoir aytganidek vaqtning qadriga yetishimiz kerak.


Bejizga aytilmagan: Yoshlikda olingan bilim,

Toshga o’yilgan naqshdir.


Darsning shiori: Ma’naviy barkamollik – insoniylik ziynatidir.
O’quvchilarimizni ikki guruhga ajratamiz.
Ular bugun 1-guruh - “Sog’lom avlod”

2- guruh - “Kamolot”

bo’lib bir-birlari bilan bellashadilar.



O’tilgan mavzuni takrorlash.

Barkamollik daraxtidan guruhlarga savollar tarqatiladi


Savol: Harakatlar strategiyasi nechta yo`nalishdan iborat?
Javob: 5 ta yo`nalishdan iborat
Savol: O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi 30-sonli buyrug’i qachon qabul qilingan
Javob: 2014-yil 19- fevralda qabul qilingan
Savol: Harakatlar strategiyasi qaysi yillarga mo`ljallangan Javob: 2017-2021
Savol: Ahloq-odob qoidalari nechta bob, nechta qoidadan iborat

Javob: 9ta bob,33ta qoidadan iborat


Savol : Vazrlar Mahkamasining 360-sonli qarorini nomini ayting.

Javob : Vazrlar Maxkamasining 360- sonli qarori «Voyaga yetmaganlar bo’yicha komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish ular o’tasida jinoyatchilikni oldini olish chora tadbirlari to’g’risida»


Savol : I.A.Karimovning ulug’ mutaffakkir Alisher Navoiyga bergan tarifini ayting

Javob: Agar biz ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutaffakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.


O’quvchilar ZiyoNet tarmog’idan olingan yangiliklardan aytib o’tadilar.
YANGI MAVZU BAYONI:
Mavzu: Giyohvandlik- asr vabosi.

R e j a :

  1. Zararli odatlar ularning kelib chiqishi.

  2. Giyohvandlikning salbiy oqibatlari.

  3. Sog’lom turmush tarzi haqida.

O’qituvchi: Zararli odatlar deganimizda biz siprtli ichimliklarni ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand va toksik moddalarni iste’mol qilish kabi odatlarni tushunamiz. “Giyohvandlik “atamasi gerkcha “narko”-bog’lanish,”mania”aqlsizlik degan ma’no kelib chiqqan.

Giyohvandlik- bu moddalar ro’yhatiga kiruvchi moddalarni doimiy iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan ,bu moddalarga ruhiy,ba’zi hollarda jismoniy tobelikninamoyon qiluvchi kasallik.

Giyohvand moddalar ichiladi, chekiladi, hidlanadi va qon tomirga yuboriladi.

O’smirlik davrida giyohvand moddalarni tinimsiz iste’mol qilish kishini ng o’z-o’zini hurmat qilishga atrofdagilar bilan munosabatlariga, qobiliyatiga, kelajakdagi rejalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


So’ngra o’quvchilar ishtirokida sahna ko’rinish ko’rsatib o’tiladi.
Yonboshlab yotgan ota:
Ota: Asror, menga qara. Nima qilyapsan?

Asror: Dada men dars tayyorlayapman.

Ota: Nima o’qib olim bo’lasanmi? Mana pulni olib, aroq va sigaret olib kel!

Asror: Doim shunaqa, dars qilishga ham qo’yishmaydi. Qani men ham chekib ko’rsammikin. Qanday bo’lar ekan.


To’xtang! Siz bu Siz nafaqat o’zingizni balki boshqa insonlarning ham hayotiga xavf tug’dirmoqdasiz. Bu borada “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiyada shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqo’sib kelayotgan yosh avlodni so’g’lom turmush tarzida o’sishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday hatti harakatlar ta’qiqlanadi.
Giyohvand moddalar qabul qilishning bir nech xil ko’rinishi bo’ladi:

  • Jismoniy oqibatlar

  • Iqtisodiy oqibatlar

  • Ijtimoiy oqibatlar

  • Huquqiy oqibatlar

  • Ruhiy oqibatlar

Bu yo’lgabilmagan holda kirib qolish mumkin.

Kimningdir “ta’tib ko’ring “ deb bergan taklifiga “yo’q” deb javob bering.

Giyohvandning o’rtacha umr ko’rish muddati 7 yil o’ylab ko’ring ruhiy va jismoniy qiynoqlarga to’la 7yil sizga kerakmi?



KLASTER TOPSHIRIG’INI BAJARISH




Giyohvand insonni asabi notinch,yurak faoliyati tez ishlaydi bo’g’inlarda og’riq, tobelik holatlari bo’ladi.


Mana shu o’quvchi giyohvandlik botg’og’iga botmasdan,komilinson bo’lishi uchun nima ish qilishi kerak.

O’quvchilar bilan “Komil inson”trening mashg’uloti o’tkaziladi


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling