Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети тарих факултети Архившунослик йўналиши


Download 36.63 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi36.63 Kb.
#1556880
  1   2
Bog'liq
Худайқулов Шербек МУС.ИШ ТАРБИЯ



МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ
Тарих факултети Архившунослик йўналиши

“Тарбия” фанидан



МУСТАҚИЛ ИШ

  1. Мавзу: “Инсон қалбидп ватанпарлик ҳис-туйғуларни шаклантиришда тарбиянинг ўрни ва аҳамияти”


Топширувчи: 2-курс сиртқи тавсия этилган гуруҳ талабаси Худайқулов Шербек
Қабул қилувчи: Акрамова Фазилат.

Reja:



  1. 1. Vatanparvarlik insonparvarlik tushunchalari ularning mohiyati.

2. Bilimdonlik, do`stlikka sadoqatlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik-ma`naviy fazilat.
3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod, poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.

1.Vatanparvarlik insonparvarlik tushunchalari ularning mohiyati.


Vatanparvarlik xaqida so`z yuritish dan avval Vatan tushunchasiga izoh berish maqsadga muvofiq. Vatan aslida arabcha so`z bo`lib, ona yurt ma`nosini anglatadi, shu ma`noda olib qaraydigan bo`lsak O`zbekiston-o`zbek xalqining Vatani-muqaddas sajdagohidir:
Dunyo bo`ldi chamanimanim
O`zbekiston Vatanim manim.
Vatan- bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni to`qilgan muqaddas dargohdir. Vatan-bu ajdodlar maskani el yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf odatlari, qadriyatlari chinakmiga ishlanib, kamol topib boradiga zamindir.
Vatan deganda hamisha o`zimiz tug`ilib o`sgan, ko`z ochib ko`rgan, ta`lim tarbiya olib voyaga yetgan, necha-necha ajdodlarimiz yashab o`tgan, ularning aql- idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko`z oldimiz ga keladi.
Vatan ona kabi aziz va muqaddasdir. Vatan insonga baxt iqbol beradigan zamindir. A.Avloniy aytganidek: “Har bir kishining tug`ilib o`sgan shahar va mamalkatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug`ilgan, o`sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz Turkistonliklar o`z Vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar Arbistonlarini, qumlik issiq cho`llarini, eskimoslar Shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik yerlarni va boshqa yerlarni ziyoda suyarlar. Agar suymaslar edi, havosi yaxshi Turonlik oson yerlarga o`z Vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”.
Vatan- bu xalqning o`tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan- muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to`qilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi mazil, ma`naviy kamolot va fuqorolik maydoni,hayot maktabi, farovonlik va baxt – saodat o`chog`idir.
Inson uchun na davlat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik-inson uchun katta baxtsizlikdir.
Inson istagan joyda bir parcha nongaqornini to`yg`azishi mumkin. Lekin Vatanning o`rnini hech narsa bosolmaydi. Vatanda yashash haqiqiy baxtdir
Mustaqillik tufayli biz o`zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan eng oliy ne`matidir. Vatani mustaqil xalqning o`zi ham mustaqil bo`ladi. Yurti ozod va erkin odamning erki o`z qo`lida bo`ladi.
Milliy mustaqillik - xalqimizda ayniqsa o`sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizni vatanparvarlik tuyg`ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirda vatanparvarlik o`zining qanday qirralari bilan namoyon bo`layotir. Vatanparvarlikning mohiyati nimalarda, qanday amaliy ishlar faoliyatida namoyon bo`ladi. umuman vatanparvarlik nima, uni qanday tushunmoq kerak, u haqda donishmandlar nima deganlar. Quyida ana shular haqida bahs yuritmoqchimiz. Avvalo, hozirgi o`zbek vatanparvarligi ota-bobolarimiz yaratuvchanlik ishining vosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk O`zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo`shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko`rinishidir. Vatanga munosib farzand bo`lish, uning yeri, suvi, eli bilan chambarchas bog`liq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko`rinishi, qirrasi.
Vatanparvarlikning eng oliy tuyg`u sifatida o`tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o`zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba`zilarini eslab o`tamiz.
Sitseron (Rumo notig`i va faylasufi). Bizga ota-onalar,bolalar, yaqin xesh-aqrobalar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” degan so`zda mujasamlashgan. Vatanga nafi teggudek bo`lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasuf). Ma`rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo`lida qurbon bo`lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o`z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o`z Vataniga dahldor bo`lmasa, u insoniyatga ham dahldor emas.
Gyugo (franso`zadibi). O`z Vataniga dog`- tushurish uni sotish degan so`z.
Vatan tuyg`usi bo`lgan kishidagina vatanparvarlik jo`sh uradi. Prezidentimiz I A Karimov aytganidek: “Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug`iladi. YA`ni, inson o`zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo`lgan muhabbat tuyg`usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo`lsa, tug`ilib o`sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi”.
Vatanparvarlik deganda esa yana quyidagilarni anglash joiz:
-o`z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan fahrlanish:
-qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma`naviy me`roslarni ko`z qorachig`iday asrash va avlodlarga taqdim etish:
-xalqimizning, ajdodlarimizning go`zal va ma`noli urf-odatlar, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish, ularni davom ettirish:
-ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularni ulug` ishlari, ijodlari bilan fahrlanish, ularni ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo`lish:
-shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan fahrlanish:
-turon zaminni himoya qilib, tomirdan ohirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo`lgan qahramonlarni yod etish:
-asrimizning 20-50 yillari va nihoyat 80- yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag`onlarda qamoq va surgin a`zoblarni boshdan kechirgan va halok bo`lgan minglab millatmiz gullarini unutmaslik:
-bu aziz va go`zal vatanimizda yuksak e`tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo`lishdir
Vatanparvarlik hammamizning o`z ishimizga mas`uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko`z qorachig`iday asrash, boyliklariga boylik qo`shishga o`z ulushimizni qo`shish uni fan cho`qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so`z bilan aytganda o`z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo`shish:
-ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir.
-vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o`ringa qo`yishdir.
Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg`undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanpavrvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o`zbek xalqi milliy ruhiyatning ajralmas fazilatidir. U purma`no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko`zga tashlanadi. Qur`oni Karim insonparvarlik g`oyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari g`oyalarga boy xikmatlar majmuasidir. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o`zaro ko`maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg`usiga sherik bo`lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko`rinadi. O`zbek xalqi doimo u insoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Horazmiy, Al-Beruni, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, A Navoiy, Ogahiy, asarlardagi g`oyalar -insonparvarlik ruhi bilan ajarlib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g`amxo`rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan bepavolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi g`am yemaslik tarafli inson uchun tamomila yotdir.
Prezidentimiz va O`zbekiston davlatning eng ulug`vor va insonparvarlik g`oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug`ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo`g`rilgan. O`z millatiga sadoqatli bo`lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik u har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O`z millatini sevmagan o`zini ham, vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarilik o`z millatini boshqa millatlardan ustun qo`yish kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyg`udir. Millatparvarlik o`z millatining birligini mustahkamlash, o`z tili, urf-odatlari, an`analarini rivojlantirish, qadriyatlar va me`roslarini ko`z qorachig`iday asrash o`z millatini kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql zakovat salohiyatni rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo`lida fidoiy bo`lishdir. Milliy o`zlikni anglashni muhim omili bo`lgan millatparvarlik tuyg`usini shakllantirishda yaqin o`tmishda millatimiz manfaatlarini ko`zlab millatparvarlikning yorqin namunasini ko`rsatgan millatimizinng sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo`jayev, A. Ikromov, A. Qodirov, U. Nosir, A. Fitrat, I. Mo`minov, H. Abdullayev, Sh. Rashidov kabilarni nomlari millatparvarlikni o`zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jaxon uzra ko`z-ko`z qilishda o`zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasida ulkan kadrlar yetishib chiqishiga jonbozlik ko`rsatdi. Boshqa birlari esa yurtimizdan tashib ketilgan hom ashyoni o`rnini to`lg`azish uchun markazdan ko`proq texnika, texnolgiya fan yutuqlarini, mablag`larini olib kelish yo`lida faoliyat ko`rsatdi. Bugun Mustaqil O`zbekistonni jaxonda o`z munosib o`rnini topishi, millatimizning qadr-qimmatini joyiga qo`yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo`lida faoliyat ko`rsatayotgan O`zbekiston respublikasi prezidenti I. A. Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o`rin olgan.
Bilimdonlik, do`stlikka sadoqatlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik - ma`naviy fazilat.
3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.
Mazkur masala yechimi ko`p qirrali. Qo`yilgan masalani har kim o`z ma`anaviy dunyosi o`lchami bilan o`lchab, shunga yarasha hatti - harakat qiladi. Insoning chin ma`nodagi insonligi - uning iymoni, diyonati, mehr - oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o`lchanadi. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo`ladi. Biz bu o`rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo`lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz. Agar biz iymon tushunchasining mohiyatini to`g`ri anglab tushunib olsak, iymonni izohlovchisi bo`lgan diyonat, mehr oqibat, poklik va halollik kamtarlikning ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat iymonli kishilargina poklik va halollik diyonat, ezgulik, mehr - oqibat yo`lida bo`ladilar. Shuning uchun ham mazkur masalada iymon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Ma`naviy - axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda iymonning o`rni yo`q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya`ni iymon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma`naviyatining, axloqning o`q ildizi, poydevori, negizidir. Iymondan mahrum kimsaning aqli nechog`li o`tkir, irodasi naqadar cho`ng bo`lmasin va shular tufayli o`zligidan qanchalik mag`rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz odam na Allohdan qo`rqadi va bandalaridan uyaladi, u nafsining itoatkor quli bo`lib, har qanday razolat va paskashliklardan qaytmaydi, Alloh hammamizni shunday asrasin. Buning uchun iymon yo`lini tutishimiz lozim.
Hamma dinlarda iymonga alohida e`tibor beriladi. Iymon barcha dinlarni ustuni sanaladi. Chunonchi zardushtiylik iymoni uch tayanchiga: niyat-fikrning sofligiga, so`zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi.
Islom ta`limotiga ko`ra, iymon mohiyatini Qur`oni Karimning quyidagi surasi ochib beradi: “Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rosulihi val yavmal oxiri va qodari hayrihi va sharrihi minalloshhi taolo val ba`si ba`dal mavt haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Mazkur suraning ma`nosi esa taxminan shunday: “Chin ko`nglim ila iymon keltirdim: Allohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning kitoblariga va uning payg`ambarlariga ham bu dunyo yo`q bo`lib oxirat kuni bo`lmog`iga va qadarga, ya`ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi ilohi taolodan bo`lmoqligiga va o`lgandan so`ng qabrdan tirilib va bo`larning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik berurman, albatta Allohdan o`zga hech ma`bud yo`qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad Allohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o`rgatmoq uchun yuborgan payg`ambaridur”.
Hozirgi kunda Yer yuzida diniy iymonning bir talay turlari bo`lib, jaxon ahllari aro keng taralgani to`rttadir: buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, isloimiy iymon. Bu iymon turlari mazmun jihatdan farqlansada, ammo mohiyatan birdir. U ham bo`lsa, biron-bir narsa va g`oyani benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va xulq-atvorda ana shu e`tiqodan kelib chiqib, xatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi sifatida namoyon bo`ladi.
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so`ngi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to`plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an`analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o`zagi odamiylikdan iborat bo`lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g`oyat turli tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o`tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e`zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo`ladi.
Iymonli bo`lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo`lishidir. Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyg`usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe`l atvori uchun avvalo o`zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma`naviy ma`suliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq adolatsiz ishlardan g`azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi: o`z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo`lsa, yomon tomonlaridan norozi bo`lib, ruhan eziladi, vijdon azobidan og`irroq jazo yo`q. Shuning uchun xalqimizdan vijdon azobi go`r azobi degan maqol bor. Bu maqolning tagida chuqur ma`no yotadi.
Mehr-shafqatlilik ham iymonning belgilaridan biridir Yuqoridagilar kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda yetim-yesir, qarovsiz qolgan qariyalar, g`ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish tuyg`usi, desak bo`ladi. Bizning mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va hech kimi yo`q qariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko`rsatayotir.
Halollikning yanada kengroq ma`nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o`zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do`stlar o`rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo`ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo`ladi, ko`ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu- yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir”.
Hayot, asosan oiladan boshlanadi. O`zbek xalqida “qush uyasida ko`rganini qiladi”, degan naql bor. Demak, ota-ona pok va halol bo`lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi yaxshi fe`l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo`lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlarning uning iymoniga, ya`ni pokligi va halolligiga bog`liq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo`ldan adashtirmoqchi, noshar`iy yo`llarga solmoqchi, halollik, poklik yo`lidan urmoqchi bo`lib qalbida g`ulg`ula uyg`otishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo`ldan ozdirmoqchi bo`lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo`lib yuradi. Ozgina iymon yo`lidan toyilishga moyillik bo`lsa, o`sha yerda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko`taradi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo`lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tish davrida nihoyatda zarur.
Kamtarlik-inson ichki ma`naviy dunyosining namoyon bo`lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo`lmasa ming harakat qilmasin, baribir, odamlarga ko`ziga kamtar bo`lib ko`rina olmaydi.
Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, shar-hayo, kamtarlik, ko`yingki insonni bezovchi go`zal xulq-odob, axloq tark etmasin.

Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling