Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet


Navoiy viloyatining qadimiy an’analari


Download 37.11 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1310939
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Utayev Shahzodjon 1 (2)1 (1)

Navoiy viloyatining qadimiy an’analari. Oʻzbekiston Respublikasida Nikoh toʻyilarida milliylikni saklagan holda dab-dababozlikka berilmay, isrofgarchiliksiz, ixcham oʻtkazishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilingan5.

Kuyovnavkar, kuyov joʻralar nikoh toʻyida kuyov bilan birga kelinnikiga boruvchi yigitlar, kuyovning doʻstlari, tengqurlari. Ular dastlab kuyovning uyida toʻplanadilar. Yigitlar to kelinnikiga borguncha kelin eshigi oldida, hovlisida ashula va oʻyin qiladilar (aksari karnay-surnay bilan boriladi). Kuyovlar kuyovni oʻrtaga olib, kelin uyida ziyofat dasturxoni tuzab qoʻyilgan xonaga kiradilar. Kuyovlarga ziyofat beriladi, ularga quyuq-suyuq taomlar tortiladi. Ziyofatdan soʻng kuyovlar kuyovga kelin tomondan berilgan sarponi kiydiradilar. Ular toʻy tantanalarini davom



5 https://uz.m.wikipedia.org.
ettirish uchun toʻyxonaga qaytadilar. Respublikamizning jan. viloyatlarida ziyofatdan soʻng, kuyov bilan kelinni chimildiqqa qirgʻizish uchun 2-3 ta yigit qoldirib tarqaladilar. Navoiyning ayrim joylarida kuyov va kuyovlarlar toʻy kuni emas, toʻydan soʻng kelinning ota-onasinikiga boradi. Respublikamizning turli tumanlarida kerakli rasm-rusumlari oʻziga xos shakllarda saqlanib kelmoqda. Chorlash, chaqiriq Turkiston xalklarida nikoh toʻyidan soʻng kelin yoki kuyov sharafiga har ikki kuda uyida oʻtkaziladigan 1chaqiriq, ziyofat, marosim. Oʻzbeklarda kelin. Chorlash (chorlar) toʻydan keyin bir hafta ichida kelinning oʻz otaonasinikiga kuyovning yaqin qarindoshlari, qoʻniqoʻshnilari bilan mehmon boʻlib borishidir (erkaklar ishtirok etmaydi). Bunda kuyovning onasi qudasinikiga har xil sovgʻalar, milliy taomlar, shirinlik va boshqa keltiradi. Kelinning onasi ziyo fat tugagach, ayol kudalarga sovgʻa, qiziga esa boshoyoq sarpo qoʻyadi. Chorlash bilan qudalarning rasmiy qarindoshchiligi boshlangan.

    1. Navoiy viloyatining urf odatlari: Kuyov chorlash(chaqiriqda) bir farzand koʻrgunga qadar kuyov yaqin qarindosh urugʻlari, mahalladagi eʼtiborli kishilar, doʻstlari (faqat erkaklar) bilan qaynatasinikiga boradi. Kuyovning qaynatasi oʻz imkoniyatiga yarasha kuyoviga va uning qarindoshlariga sovgʻalar beradi. Hozirda chorlash marosimi yoʻqolib bormoqda6.

Betochar - yuz ochar, yuz koʻrar - Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbek xalqida keng tarqalgan, nikoh toʻyi bilan bogʻliq marosimlardan biri. Betochar marosimini oʻtkazish tartibi har yerda har xil boʻlishi mumkin. Koʻp joylarda bu marosim kelin tushgan kunning ertasiga, kelin salomayan keyin, ayrim yerlarda (kuyov tomonning imkoniyatiga qarab) 2-3 kundan soʻng oʻtkazilgan. Betochar kuni kelinga sarpo kiydirib, taqinchoklarni taqib, yasanib, betiga oq matodan parda tutib, yanga uni eshik oldiga yoki hovli sahniga olib chiqadi. Kelinning betini odat



6 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
boʻyicha kuyovga yaqin qarindosh, 5-6 yoshli oʻgʻil bola ochadi. Buning uchun mevali daraxtdan olingan paxta oʻralgan xivich (serfarzand boʻlishini niyat qilib) bilan. ayrim yerlarda paxta oʻralgan choʻmichning dastasi(baxtli boʻlsin, qoʻlidan choʻmich arimasin deb tilak qilib) bilan kelinning betidagi parda olinadi. Kelinning betini birinchi boʻlib kuyovning onasi koʻradi. Kelin bilan koʻrishganda qaynona kelinining boshiga ikkita non (rizqli boʻlsin deb) qoʻyib, soʻngra uni burdalab marosim ishtirokchilariga (sizlar ham toʻy koʻringlar degan maʼnoda) ulashadi. Kelinning betini ochganda qoʻllangan paxtani ham qizlar talashib oladilar, undan ip qilib, sochlarining uchiga (niyat qilib) ulab yuradilar. Kuyovning onasidan keyin kuyovning otasi, togʻasi, bulardan keyin boshqa qarindoshlar birinketin kelib koʻrishib koʻrmana topshiradilar. Oʻz navbatida kelin tomon ham ularga koʻrmana berganlar. Bolalarga kelin tomon yongʻoq, mayiz, turshak va turli shirinliklar ulashadilar. Kelin koʻrdi, kelin koʻrish- turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda yangi kelinchakni koʻrish odati. Nikoh toʻyining ertasiga oʻtkaziladigan "bet ochar" marosimidan boshlab bir yilgacha davom etadi. Kuyovning qarindoshlari, tanishlari, qoʻni-qoʻshnilari va boshqa K. k.ga keladilar. Kelin ularni salom (taʼzim) qilib kutib oladi, dasturxon yozib, roʻmol, dastroʻmol sovgʻa qiladi (yana q. Koʻrmana). Mahalla (qishloq) qiz-juvonlari, yangi tushgan kelinnikiga hayit kunlari tashrif buyurishlari ham K. k. deb ataladi. Kelinning xonasi sep va sarpolar bilan bezatiladi, dasturxon tuzab qoʻyiladi. Odat boʻyicha kelinning ota-onasi hayit arafasida qizi va kuyoviga sarpo va dasturxon (turli taomlar) yuboradi. Mahalla (qishloq) qiz- juvonlari kelinchakni koʻrish uchun toʻda-toʻda boʻlib keladilar. Kelin yasangan holda, yuziga toʻr tutib, kelganlarga salom qiladi, soʻng choy uzatadi. K. k.ga kelganlar kelinning sarpo va seplarini tomosha qiladilar, bir oz oʻtirgach, kelinga baxtli turmush tilab qaytadilar. K. k. odati Fargʻona vodiysi va Xorazmda tarqalmagan. Ularda kelinni kelin tushdidan 3 kun oʻtgach, kelinning ona yoki opa- singillari borib, hol-ahvol soʻrab qaytadilar. Kuyov ko’rdi oʻzbek xalqi orasida
qadim zamonlardan beri davom etib kelgan. Kelin salom nikoh toʻyi marosimlaridan. Kelin salom turkiy va boshqa xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Kelin tushgan kunning ertasiga ertalab kuyovning ota-onasi va yaqinlariga hurmat yuzasidan oʻtkaziladi. Mahallaning dasturxonchisi yoki kelin salomni boshqaruvchi kelinni yasantirib, yuziga parda yopgan holda hovliga olib chiqadi, qiziq gaplar, hikmatli soʻzlar, baytlar bilan kelin yoniga keluvchilarga murojaat qilgan. Kelin jim turgancha gap kimga qaratilgan boʻlsa, oʻshanga qarab taʼzim qilgan. Baland ovoz bilan birinchi boʻlib, qaynota, soʻng qaynona nomini aytib kelin salom deydi. Kelin salom kuyov ota-onasidan boshlanib, oiladagi eng kichik bolalargacha, qoʻniqoʻshnilarga ham bagʻishlangan. Kelin taʼzim bilan egilib qaynota va qaynonasiga salom qiladi, ular salom javobini berib, kelinning boshiga koʻrmana qoʻyadilar. Soʻng kuyovning akaukalari qarindosh va yaqinlari navbat bilan kelib, dasturxonchi qoʻliga koʻrmana (odatda pul, mato, roʻmol va boshqa) beradilar. Dasturxonchi ularga kelin nomidan turli sovgʻalar (kiyimlik, roʻmol, belbogʻ va b.) topshiradi7.
Tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligi samaradorligi ko’p jihatdan xalqimizning boy, milliy manaviy merosining tarixiy ildizlarini o’rganishga bog’liq. Har bir xalqning ijtimoiy manaviy xayotda azaliy urf odat, marosim, analar tarzida o’ziga hos boir qadiryat meros sifatida namoyon bo’lib avloddan avlodga yetib keladi. O’zbek millatiga hosligi uning manaviy madaniyatini shakillantirishda milliy qadryatlarning o’rni muhimdir.

  • Milliy qadryat haqida tushuncha berish.

  • Ajdodlarimiz qoldirgan manaviy moddiy boyliklar

  • Xalq og’izaki ijodiyoti






7 Boʻriyev O., Shoymardonov I., Nasriddinov K,., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.

  • Urf-odat va ularning tarbiyaviy ahamiyati

Milliy qadryat millat uchun muhim ahamyatga ega bolgan etnik jihatdan va hususiyatlari bilan bog’liq qadryat shakllari mavjud. Milliy qadryatlar murakkab ijtimoiy ruxiy hodisa bo’lib millatning tili, madaniyati tarixi urf-odatlari analarini jamiki moddiy va manaviy boyliklarini iqtisodiy ijtimoiy siyosiy hayotning barcha tomonlaridir. Tabiyaviy ishlar mazmunida milliy qadryatlarning quydagi bosqichlaridan ketma ket foydalanish mumkun.




    1. Download 37.11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling