139
tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy
munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning
asl mohiyati chuqur his
qilingan va anglangandagina e'tiqodga aylanadi.
МАVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:
1.
Tarbiya metodi, usuli va vositasi tushunchalariga ta'rif bering.
2.
Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.
3.
Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.
4.
Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish
metodlarini misollar asosida tushuntiring.
5.
Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlarini qo‘shimcha
manbalardan o‘qib to‘ldiring.
6. O‘quv-tarbiya vaziyatlarining ahamiyati nimada?
8.
«Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi» deganda nimani tushunasi?
9.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining
hozirgi kundagi
ahamiyati qanday?
10.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi?
Nazariy dalillarga tayangan holda quyidagi mavzularda 5 minutlik esse
yozing:
1.
Har tomonlama barkamol, malakali mutaxassis
kadrlarni tayyorlashda
jamiyatimizda qabul qilinayotgan islohotlar
2.
Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.
3.
Yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasi.
4.
Mas'uliyat, iymon, vijdon, adolat tushunchalarining
mutaxassis
faoliyatidagi o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: