Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
REJA: 
 
1.Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida 
2.Zamonaviy ta'lim paradigmalari 
3. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari 
4. Ta'lim tamoyillari 
 
Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning 
asosiy kategoriyalari, ta'lim paradigmalari, ta'lim qoninuyatlari, ta'lim 
tamoyillari.
 
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Globallashuv sari 
borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez 
moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili 


162 
hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim 
tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari 
mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy 
o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita 
bog‘liqdir
Didaktika- (yunon tilida: «didaske»-”o‘qitaman, o‘rgataman”) pedagogika 
nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy 
qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta'lim 
nazariyasi» ma'nosini anglatadi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571–1635) fanga kiritgan, deb 
hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va metodologik asoslarini 
tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari 
ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida 
«Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma 
narsaga o‘rgatish san'ati» deb tushuntirdi. 
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning 
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu 
jarayonlarning 
tahliliga 
e'tibor 
qarataylik. 
Ta'limda 
o‘qituvchining 
boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining 
boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy 
aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni 
egallashni shart qilib qo‘yadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling