Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


«Alpomish» dostonining so’ng qismidan


Download 390.19 Kb.
bet14/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

«Alpomish» dostonining so’ng qismidan
(Qo’ng’irot bo’yi o’zbek baxshilaridan Berdi baxshi tomonidan
aytilib o’rtoq Alav(iy) tomonidan yozilgan dostondan olindi)

Alpomishning Qalmoq begi qizi Tavka oyimning


yordami bilan Qalmoq zindonidan qutilishi
Kampir aytdi: Qora tovdan tosh olib kelib tashla, ostida u o’lub qoladi, dedi. Bu xabardi eshitib, Tavka oyim Alpomishding oldig’a kelib bir so’ylab turgani:
Eli boyding qo’nar jeri kirdi,
Qilmasa, poshsholik hamri kiyindi,
Ol o’zbak o’lding toshding ostida,
Otam bo’lsa, odamlarin buyirdi.
Otqa urding takaldirik jugandi,
Minib eding chiltan boqqan chubordi,
Ol, o’zbak o’lding toshning ostida,
Otam bo’(l)sa, elini toshqa jubardi!..
Tangnayda so’ylaydi qizil tillarim
Xudaya qirilsin Kashal ellarim!
Kokilingga banda bo’lay mulla Hakim,
Endi qanday bo’la ko’rgan kunlarim!
Oralab bog’lardi tergali keldim,
Mulla Hakim juzingdi ko’rgali keldim,
Ol o’zbek o’lding toshning ostida.
Ammo sizga xabar bergali keldim!

Shunda Alpomish so’radi: “Mening Boychubor otim bormi, yo’qmi?”— dedi. “Otingiz tirik”,- dedi. “Tirik bo’lsa. Mening telpagimdi olib borib bir iskat”, - dedi. “Otingizdin boshini to’qson tuya zanjir- minan boylab o’rab tashlagan, oyog’iga to’rtta deyirman toshin qoqib tashlag’an”, - dedi Tovka oyim. Alpomish: “Mayli”, - dedi. Tovka oyim telpagdi olib borib Boychuborga iskatib edi, Boychubor quvonib, to’qson tuya zanjirdi cherik jibday uzub tashladi, to’rtta teyirman toshin bir-biriga urub sindirib tashladi....


Boychubor iskab-iskab zindonga kelib, Alpomishqa quyrug’in solib bir so’z degani:

Dushman minib meni cho’lda jilasin,


Bizday g’arib hech bandani qilmasin,
Jenging minan o’rab quyrig’im ushta,
Qil quyrug’im nazik qo’ling qiymasin!
Dushman kelib, mening qonim sochmasin,
Menday g’arib aqlidan shoshmasin,
Jenging minan o’rab ushta quyrug’im,
Qil quyrug’im nazik qo’ling kesmasin!
Hech bandani bizday g’arib etmasin,
Toshqa ketgan Kopir tog’i jetmasin,
Jengingminan o’rab quyrug’im ushta,
Qil quyrug’im qo’llaringg’a botmasin!
Alpday qomati joyday egildi,
Bor g’ayrati to’rt oyoqqa jig’ildi,
Odamdan aqlli Boychubor hayvon,
Masali quyonday bo’b bugildi!
Chiday olmay jonvor qattiq kishnadi,
. Dunyodagi bor g’ayratti boshladi.
Xudo madat berdi Boychuvor otqa,
Alpomishdi chordan olib tashqari!
Chordan chig’ib qildi beglar g’ayratdi,
Rustamday savlatli Ali g’ayratli,
Shoymardon nazar qildi beklarga,
Xudo berdi anga keskir po’latti!
Ko’p shukur ayladi qodir Ollog’a,
Ko’p tasanno aylang Hakim mullog’a,
G’ayrati keb mindi otding beliga,
O’zin tortib ketdi darrov panag’a!
Chordan chiqdi mulla Hakimday shoboz,
Qalmoqlar keldi, deb qildilar ovoz!
Tavkaoyim chiqqanini ko’rdi-da,
Xudog’a aydadi ikki rakat namoz!

Shunda Alpomish tovdan Qotircha (Xatirchi emasmi?)ning cho’liga tushdi. Shu cho’lda qarindoshi Qaldirg’och tuya boqib jurar edi. Qaldirg’och jeti jildan beri hech kimga ko’rinmas edi uyolib. Ust-boshi jirtiq edi. Alpomishg’a ota bir qora nordi inchi qib bergan edi. Shul nor, Alpomishding isini bilib, cho’lga qarab jelib jo’nadi. Ilgari jotsa, turolmas edi, birday bo’zlar edi.


Qaldirg’och qaytara olmadi, ketib qoldi. Qaldirg’och tuyaga jeta olmasdan, bir so’z degani:
Hala, hala, biy soyibding tuyasi,
Bosh jorilsa, chig’ar martting miyasi,
Kelarmikin jayrog’urding egasi.
Halaya, harava,
Ortingda qoldi galayo,
Bo’lding boshimga balayo!
Xalqimdin aytib zor jilayman tuyaga,
Tuyani jayaman turli giyaga,
Tuya boqib Qotirchaning cho’lida,
Qornim ochsa jugiraman cheyaga!
Halaya, harava,
Ortingda qoldi galayo
Bo’lding boshimg’a balayo!
Holimdi aytib zor jiladim bir g’ozg’a,
Salom degin, dedim Alpon shovvozg’a,
Tuya boqib Qotirchaning cho’lida,
Qish kunida jotolmayman ayozg’a!!!.
Halaya, harava,
Ortingda qoldi galayo,
Bo’lding boshimga balayo!

IKKINCHI BO’LIM


FEODALLIK DAVRI ADABIYOTINING NAMUNALARI


VIII ASRDAN ISLOMIY ADABIYOTG’ACHA
Qabilachiliq davrida boshlangan doston adabiyotining feodalliq davrida ham kengayib, badiiy kamchiliklarini to’ldirib, tugallanib davom qilg’ani ma’lum. Bu davrning dostonlari voqealarni har vaqt katta feodallar tegrasida yurg’uzib, shu munosabat bilan ularni maxtaydirlar. Bunday dostonlarning eng burungisi “Hiyun g’u” atalg’an buyuk turk feodallig’ining surilishig’a oyid deb chamalangan “O’g’uz dos-toni”dir. Buning asli bukun yo’qdir. Mashhur tarix olimi Rashididdinning “Jome’ al-tavorix” (“Jome’u-t-tavorix") atalg’an forsiy tarixda buning tarjimasi bo’lg’ani kabi undan foydalanib yozilg’an Abulg’oziyning “Shajarai turk” (“Shajarayi turkiy”)sida ham bordir.
Bu dostonning uyg’urcha bir nusxasi mashhur turkshunos Radlo’f tomonidan nashr etilgan bo’lsa ham mening qo’limda bo’lmag’ani uchun bu kitobning birinchi tab’iga kirgiza olmadim. Shuning uchun bu haqda to’xtash ham lozim bo’lmadi.
Bu davrning bizga eson-omon kelgan eng burung’i namunasi Yenisoy, O’rxunda topilgan tosh bitiklardirkim, eng muhimlari milodiy oltinchi asrda ulug’ bir davlat qurg’an Tukyu turklarning sakkizinchi asrdagi xonlari Bilka qoon bilan uning inisi Kultakinning yodnomalaridir. Men bu kitobda feodalliq davrining birinchi namunasi etib, “Kultakin” yodnomasidan bir bo’lagini xulosa qilib oldim.
Yana bu davrning adabiy namunalaridan “Devoni lug’ati(t) turk"ning bizga bergani “Afrosiyob” marsiyasi va bir ko’p urush maydonlarig’a ham yoz, qishg’a oyid tasviriy parchalardir. Men bulardan Afrosiyob marsiyasi bilan bahorni tasvir qilg’uchi bir parchani ikkinchi, uchinchi namuna qilib ko’chirdim. “Devoni lug’at”ning bizga bergan parchalaridan hech biri tugal bir doston emas. Har biri ayrim bir dostonning bir bo’lagi yo hammasi bir dostonning ayrim, ayrim parchalaridir.
Bu davrga oid o’laroq dostonlarning nisbatan burungiroq namu¬nasi Berlin qirol(lik) kutubxonasidan fo’to’g’rof bilan ko’chirilib, Turkiyada bostirilg’an “Kitob Dada Qo’rqut” (“Kitobi Dada Qo’rqut”)dir. Bu kitob o’n ikki hikoya bo’lib, tizma, sochma (nazm, nasr) aralashdir. Bu asar nuqul feodalliq davrida yaratilg’an, undagi voqealar "Boyundur”1 otli ulug’ feodalning tegrasida unga tobe bo’lg’an kichkina beklar mayda feodallar tomonidan yurg’iziladir. Dada Qo’rqut esa bir qalandar, bir avliyo tusida bo’lib, voqea qahramonlari bo’lg’an mayda feodallarg’a yordamchi vazifasini o’tab yuradir. O’tkan bo’limdagi “Alpomish” dostonidag’i "Ali Shohimardon”g’a yuklangan vazifa aslida shul Dada Qo’rqutning vazifasidir. “Kitobi Dada Qo’rnut”ning yozuv doirasig’a qachon kirgani aniq ma’lum emas. Biroq, ba’zi olimlar tomonidan milodiy XV asrdan burunroq yozilg’an bo’lsa kerak, deb gumon qilinadir. Bu kitob usmonli, ozariy shevalarining onasi bo’lg’an o’g’uz turkchasida yozilg’an, shuning uchun bizning o’zbekcha, chig’atoychadan uzoqroq turadir. Biroq, masalaning diqqat etarlik tomoni bu kitobdaki o’n ikki hikoyaning ba’zilarining bizda ham borlig’idir: Mening “O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi” otli kitobchamda bir musiqiy risolasidan ko’chirganim afsona “Kitobi Dada Qo’rnut”ning ikkinchi hikoyasi bo’lg’an “Salur qozon” hikoyasining xuddi o’zidir. Qo’lingizdag’i kitobning birinchi bo’limidag’i “Alpomish” dostonining boshlang’ichi “Kitobi Dada Qo’rqut”dag’i birinchi hikoyaning boshlang’ichi bilan bir shaklda bo’lgani kabi “Alpomish” dosto¬nining oxirg’i qismi (ya’ni Alpomishning Qalmoq zindonidan qutilib eliga qaytishi) ham “Kitobi Dada Qo’rqut”dag’i uchinchi hikoya: “Boybo’ra o’g’li berk” hikoyasiga juda o’xshaydir. Aynuqsa, bizning Alpomish onasining "Boybo’ra" bo’lib, “Dada Qo’rqut”dagi “Berk” otasining ham “Bo’ra — Boybo’ra – Qombo’ra” bo’lishi bu o’xshashliqni kuchaytiradir. Mana shu o’xshashliqni nazarga olib, “Kitobi Dada Qo’rqut”ning birinchi ham uchinchi hikoyalarini qisqartibroq oldim-da, bu ki-tobning to’rtinchi ham beshinchi namunalarida o’runlashtirdim.
Feodalliq davrida adabiyot borg’an sayin kengayadir va sinfiy ruh oladir. Doston adabiyotidan boshqa feodalliq mafkurasini ko’pchilik aro tarqatmoq ham feodalliq qurilishini berkitmak (mustahkam qilmoq) uchun bir qator ta’limiy asarlar maydong’a chiqadir. Yolg’uzg’ina feodallar, oqsuyaklar uchun yozilgan, mahkum sinflar uchun-da, ularni yoqlamoq, ularni ovutmoq uchun ham ba’zi asarlar yaratiladir. Munday asarlarning ham nisbatan burung’ilarini bizga yana “Devoni lug’ati(t) turk” beradir. “Devoni lug’at”da bir ko’p uzun vaznli tizmalar borkim, hammasi deyarli[k] ta’limiy yo’sunda yozilg’andir. Bu parchalarning hammasini birdan olib tekshirganda u zamongi “bilka”lar (hakim - donolar) xalqni idora qilish uchun feodallarg’a har kim bilan kulib gapirishni, ochiq yuzli, yaxshi xulqli bo’lishni, saxiy bo’lib mol-tovar bag’ishlab (ya’ni in’om, ehson qilib) turishni, bilim o’rganishni, bilim-
lilarga hurmat ko’rsatishni nasihat yo’sunli buyurg’anlar. "Mol yig’, mol, tovari bo’lmag’an kishi bekligga yaramaydir; mol, tovaringdan tiriklikda foydalan; o’zing go’rga kirgach, ular boshqalarg’a qoladir; el, ulus qovoqlari soling’an, muhabbatsiz baxillarga qaramaydir; yovni kichik ko’rma; unga qarshi turishga har vaqt tayyor bo’l; Xudog’a ibodat qil; o’yun-kulgiga berilma...” deb nasihatlar qilg’anlar. Oltinchi na¬muna qilib olganim parchalar “Devoni lug’at”dagi mana shul ta’limiy asarlarning oz bir qismidir.


Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling