Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet3/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Hamidulla BOLTABOYEV
filologiya fanlari doktori, professor
Orzigul Hamroyeva
O’zMU tadqiqotchisi
TUZGUVCHIDAN BIR-IKKI SO’Z
O’zbekiston Maorif komissarligi yonidagi ilmiy markazning amri bilan tuzilgan bu kitob “O’zbek adabiyoti namunalari”ning birinchi jildidir. Albatta, siz “Qani bunda o’zbek adabiyoti?! "deb so’raysiz. Ma’lumki, bizning o’lkaning o’zbek o’lkasi atalishi XVI asr boshlarida o’zbek [qavmidan] Shayboniyxonning temuriylarni yengib hukumatni olganidan, ya’ni o’zbeklarning siyosiy ustunliklardan keyin bo’lgan. Holbuki, O’rta Osiyoda turklarning juda ko’pdan beri yashamoqda ekanlarini bilmagan yo’q. Burungi Xorazm madaniyatining turklarniki bo’lgani kabi ixtilofli nustalarni1 nazarga olmaganimizda ham tukyular, qoraxoniylar, qora xitoylar, chig’atoylar davrlariga oid tarixiy yozuvlar bu masalaning izohi uchun yetarlidir. Qadim zamonlardan beri O’rta Osiyoda yashagan bu xalqning, albatta, adabiyoti bor edi. Mana shu adabiyot bora-bora o’sa-o’sa qo’shnilaridan foydalanmoq bilan birga taraqqiyning yuqori bosqichlariga chiqdi va Chig’atoy bolalarining hokimliklari munosabati «Chig’atoy adabiyoti» ataganimiz shaklga kira oldi. O’zbek hokimiyatidan keyin ham shu adabiyot davom qila-qila jadidizm adabiyotigacha keldi. Shuning uchun O’rta Osiyo turk adabiyotining O’zbek siyosiy ustunligidan burungi davrini, ayniqsa, Chig’atoy adabiyotini bir yoqda qo’yib adabiy tariximizga yondashmoq ko’p-da to’gri bo’lub chiqmaydir. Mana bu kitobni tartib qilganda bizning nuqtai nazarimiz shu bo’ldi.
Biz o’zbeklarning, umuman, O’rta Osiyo turklarining tarixiga oid arabiy, forsiy, turkiy tillarda bir ko’p asar yozilgan. Biroq, bu asarlar bizning siyosiy harakatlarimizni tor bir ramkadagina ko’rsatmoqdan boshqa ishga oz yaramoqdadir. Xalqimizning, o’lkamizning ijtimoiy, iqtisodiy hollarig’a oid xabarlarni bu asarlardan istab tonish juda qiyindir, ba’zan mumkin ham bo’lmaydir, chunki yo’qdir. Adabiy tariximizni tekshirish esa, mana shu kam- chiliklarini to’ldirishga katta yordam qiladir. Feodallarning, umuman, hokim sinfning omma bilan munosabatlarini, ommaga qarashlarini, ziyolilar, shoirlarning hokim sinfga munosabatlarini, kambag’al ommasini hokim sinf foydasiga qarab qanday ovutganlarini, aldaganlarini, hokim sinfning kayf-safoni (Boburcha aytganda, aysh va fisqni) qaysi darajalargi chiqarganlarini – yolg’uz adabiyot tariximizda ko’rush mumkindir.
Bundan boshqa tarixiy san’atkorlarimizni tekshirish, ular¬ning tajribalaridan ko’rmoq, istaganimiz proletar adabiyoti uchun foydalanish ham keraksiz bir harakat bo’lmaydir. Mana shu qisqagina izohot bu kitobni qanday tilak bilan tartib qilganimizni bildirgan bo’lsa kerak.
Kitobning bu jildi XVI asrgacha, ya’ni o’zbek hokimiyatigacha bo’lgan adabiyotimizning muhim bir qismidagi namunalar beradir. O’zbek hokimiyatidan boshlab jadidizmgacha, jadidizm ham inqilobdan so’nggi adabiyotimizning namunalari kitobning ikkinchi jildini tashkil etgusidir.
Ma’lumdirki, bizning klassik adabiyotimizda tizim usuli aruzdir. Aruz esa arabcha-forscha kabi maddli (uzun cho’zgili) tillarga qaratib tuzulgan va shunga ko’ra inkishof etilkandir. Bizning tilda madd bo’lmasa ham Aruz vaznining talabiga ko’ra, bir ko’p cho’zgilarni uzatib (maddli qilib) o’qush majburiyati bor. Bizning tilda bo’lmagan bu maddlar bizda uzun ost (o’ - i) bilan uzun o’tru (i - v) bo’lsa ham boshqalari yo’qdir. Men bu maddlarni yozmoq uchun o’z imlomizdagi ikki uzun cho’zgini oldim. Qolganlari uchun (') shaklini qo’ya bordim:

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling